5-Mavzu: Auditorlik riski (tavkkalchilig) Reja
Auditorlik riskini aniqlash modeli
Download 27.57 Kb.
|
5-Mavzu Auditorlik riski (tavkkalchilig) Reja-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- DAR = IR x CR x DR
- ARMT = IXR x NR x AR Ichki xo‘jalik riski
5.3. Auditorlik riskini aniqlash modeli
Yuqorida bayon etilganidek, auditorlik risklarining maqbul to‘plami bir qancha risklardan iborat. Umumiy auditorlik amaliyotida auditorlik risklarining maqbul to‘plamiga quyidagicha yondashuv ishlab chiqilgan va ular ingliz tilidagi abbreviaturasi (bosh harflari) bo‘yicha quyidagi formula ko‘rinishida ifodalangan: DAR = IR x CR x DR DAR (Desired audit risk) – ARMT (auditorlik risklarning maqbul to‘plami); IR (Internal risk) – IXR (ichki xo‘jalik riski); SR (Control risk) – NR (nazorat riski); DR (Detection rick) – AR (aniqlanmaslik ya’ni xatolar va moliyaviy hisobotdagi kamchiliklarning aniqlanmaslik riski). Demak, auditorlik risklarining maqbul to‘plami (ARMT) ni va uni tashkil etuvchi tarkibiy qismlar (IXR; NR; AR)ni batafsil bayon qilish va mohiyatini o‘rganish uchun quyidagi formula ko‘rinishida ifodalaymiz hamda uning tarkibiy qismlarini alohida ko‘rib chiqamiz: ARMT = IXR x NR x AR Ichki xo‘jalik riski –IXR (IR-Internal risk) – bu mazkur buxgalteriya schyotida, balans moddasida, bir turdagi xo‘jalik muomalalari guruhida yaxlitlanganda, xo‘jalik yurituvchi sub’ekt hisobotida jiddiy kamchiliklarning, bunday kamchiliklar ichki nazorat tizimi vositalari yordamida aniqlan-gunga qadar yoki ichki xo‘jalik nazorati umuman yo‘q bo‘lganda, auditor tomonidan sub’ektiv tarzda aniqlanish ehtimoli tushuniladi. Ichki xo‘jalik riskini baholashda auditor bir necha guruh omillarni e’tiborga olishi lozim. Birinchi guruhga kiruvchi omillar ishlab chiqarishni yuritish shart-sharoitlari va uslublari bilan bog‘liq bo‘lib, ularga quyidagilar kiradi: Qattiq raqobat; ishlab chiqarish texnologiyasining tez o‘zgarib turishi; yangi axborot-kommunakatsiya texnologiyalarining joriy etilishi; tarmoqning umumiy ahvoli va bankrotliklar soni; qonunchilikning tez-tez o‘zgarib turishi; qonunda belgilangan cheklashlar yoki atrof muhitni muhofaza qilish bilan yoxud boshqa shart-sharoitlar bilan bog‘liq cheklashlar. Ichki xo‘jalik riskiga ta’sir ko‘rsatuvchi ikkinchi guruh omillar ishlab chiqarish faoliyatining joylashgan o‘rni bilan bog‘liq. Uchinchi guruh omillar shtat va biznesni tashkil etish bilan belgilanadi. Bu yerda quyidagilar muhim ahamiyat kasb etishi mumkin: korxona rahbarining ustunligi (dominantligi) va direktorlar kengashining samarasiz faoliyati; korxona rahbarining moliyaviy muammolari; aksiyadorlar va rahbariyat o‘rtasidagi munosabatlarda vujudga keladigan tortishuv va muammolar natijasida rahbariyat mulkdorlar manfaatini himoya qilgani holda o‘z maqsadlarini ko‘zlaydilar. Bular zamirida qalloblik va suiiste’mol qilishlar yashirinishi mumkin. Ichki nazorat tizimini tekshirishning ahamiyati shundan iboratki, auditorlik tashkiloti tomonidan bajariladigan ishlar hajmi, shuningdek, tekshiruv muddatlari va qiymati aynan mana shunga bog‘liq. Shu boisdan, ushbu masalani batafsilroq ko‘rib chiqish zarur. Mijoz-korxona ma’muriyati samarali ichki nazorat tizimini ishlab chiqishda quyidagilarni e’tiborga olishi lozim: korxona mulklari va hujjatlarining saqlanishi; bosh-qaruv uchun ishonarli ma’lumot olish; ishlab chiqarish samaradorligini oshirish; qonun hujjatlari talablari va hisob siyosatining qoidalariga rioya qilinishi. Ichki nazorat tizimining tashkil etilishi va faoliyat ko‘rsatishi quyidagi qoidaga asoslaniladi: ichki nazorat tizimi uchun qilinadigan jami xarajatlar uning bo‘shligi sababli mazkur davrda kutilayotgan zararlar miqdoridan oshmasligi lozim. Ichki nazorat tizimini o‘rganishda quyidagi 4 ta asosiy tamoyilga tayaniladi: 1. Ichki nazorat tizimining tashkil etilishi va faoliyat ko‘rsatishi uchun ma’muriyat javobgarligi; 2. Ichki nazorat tizimi to‘liq bo‘lmasayam moliyaviy hisobotning yetarli darajadagi haqqoniyligi va ishonchliligiga ishonch hosil qilishi. 3. Mavjud cheklashlar: agar ichki nazorat tizimi, uning ishlab chiqarish va amalda qo‘llanish hususiyatlari hisobga olinmasa, uni samarali deb tan olish mumkin emas; 4. Axborotni ishlash uslubi: ichki nazorat tizimi axborotlar qo‘lda ishlanganida ham, kompyuterda ishlanganida ham, samarali ishlov berishni ta’minlashi lozim. Download 27.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling