5-Mavzu: Auditorlik riski (tavkkalchilig) Reja


Auditorlik riski va uning yuzaga kelish sabablari


Download 27.57 Kb.
bet3/7
Sana20.10.2023
Hajmi27.57 Kb.
#1710659
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
5-Mavzu Auditorlik riski (tavkkalchilig) Reja-fayllar.org

5.2. Auditorlik riski va uning yuzaga kelish sabablari
Auditor auditorlik tekshiruvini rejalashtirish jarayonida auditorlik tekshiruvini samarali o'tkazishi uchun yetarli bo'lgan buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimi to‘g‘risida fikrga ega boMishi lozim. Tavakkalchilikni maqbul bo'lgan past darajagacha kamaytirish uchun kerakli bo'lgan auditor tavakkalchiligiga baho berish va auditorlik muolajalarini ishlab chiqish maqsadida auditor malakaviy mulohazani qo'llashi lozim.
Auditorlik riski (tavakkalchiligi) - bu auditorlik tekshiruvining, mijozning ichki nazorat tizimining samarasizligi, auditorlar tomonidan mijoz xatolarini aniqlay olmasligi tavakkalchiligini baholashdir.
Auditorlik tavakkalchiligi tushunchasi 9-son AFMS da quyidagicha ifodalangan, Unga ko‘ra, «Auditorlik tavakkalchiligi - auditor tomonidan subyektiv ravishda belgilanadigan, auditorlik tekshiruvi yakunlari bo‘yicha moliyaviy hisobot uning ishonchliligi tasdiqlanganidan keyin aniqlanmagan jiddiy buzilishlami o‘z ichiga olishi mumkinligini e’tirof etish yoki aslida bunday buzilishlar moliyaviy hisobotda boMmasada, unda jiddiy buzilishlar mavjudligini e’tirof etish ehtimolidir».
Faraz qilaylik, agar auditor saibiy xulosa bersa yoki xulosa berishdan voz kechsa o'zini xavf-hatarga qo‘ymasligi mumkin. Ammo bu noto‘g‘ri fikr, chunonchi, auditor uchun bu holda mijozlami yo'qotish xavfi vujudga keladi. Bundan tashqari, auditor har qanday, hatto, mijoz-korxona moliyaviy hisobotini to'liq tasdiqlaydigan xulosa berganida ham, u shartnoma majburiyatlari bilan bog'Iiq xavf-xatami o‘z zimmasiga oladi. Auditorlik faoliyatida uchraydigan bunday xavf-xatarlar yig‘indisini keyinchalik auditorlik risklaming maqbul to‘plami deyish mumkin.
Ma’lumki, har qanday malakali va puxta o'tkazilgan auditorlik tekshiruvi ham auditorlik riskini to‘liq bartaraf eta olmaydi. Shuning uchun auditorlik amaliyotida uning maqbul chegarasi 5% deb qabul qilingan. Ya’ni, auditorlik tashkiloti tomonidan berilgan yuzta auditorlik xulosasidan beshtasi munozarali masalalar bo‘yicha noto‘g‘ri xulosalar bo'lishi mumkin. Bunday risk ya’ni, 5% miqdorida noto‘g‘ri xulosa berish ehtimoli auditorlik tashkiloti uchun jiddiy hisoblanmaydi va uning raqobatbardoshligini pasaytirmaydi. Aksincha, bu ko‘rsatkich (5%) ni yanada pasaytirishga urinish behuda kuch va mablag‘ sarflashga olib keladi hamda raqobatbardoshlikka saibiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.



Download 27.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling