5-mavzu. Bilish nazariyasi, yo’nalishlari va asosiy muammolari Reja


Bilishda subyekt va obyektning o’zaro aloqasi


Download 290.07 Kb.
bet15/26
Sana11.11.2023
Hajmi290.07 Kb.
#1767229
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26
Bog'liq
5-mavzu. Bilish nazariyasi, yo’nalishlari va asosiy muammolari R-fayllar.org

Bilishda subyekt va obyektning o’zaro aloqasi. Bilish dunyoning obyekt va
subyektga bo’linishini nazarda tutadi. Falsafada bu tushunchalar jonli mavjudot 
bo’lgan inson bilish jarayoniga olib kiradigan va bu jarayonga salbiy ta’sir
ko’rsatadigan subyektivlikdan uzoqlashish uchun ishlab chiqilgan. Bilimning 
obyektivligi, haqiqatning subyektdan mustaqilligi e’lon qilingan. Sxolastika
tabiatshunoslikning rivojlanishiga to’sqinlik qilgan sharoitda ilmiy bilish 
subyektlarining o’tkinchi manfaatlari ko’pincha obyektivlikka xalaqit berardi, shu
bois bu tushunchalarning aniq farqlanishi o’rinli bo’lgan. Faylasuflarni 

20
subyektning obyektga ta’siri muammolari, anglab yetilayotgan obyektga 


subyektivlikning ta’siri yo’llari va xususiyati masalalari tobora ko’proq qiziqtira


boshlagan hozirgi kunda ham bu muammo va tegishli tushunchalar o’z ahamiyatini 
yo’qotgani yo’q.

Subyekt – bu bilish faolligining manbai. Subyekt deganda odatda individ
tushuniladi. Biroq bu uncha to’g’ri emas. Subyekt – bu, albatta, avvalo barcha 
bilish qobiliyatlariga ega bo’lgan individ. Subyekt – bu mikroguruh, ijtimoiy
guruh, sinf, jamiyat hamdir. Ayni vaqtda, kichik guruh ham «subyekt» bo’lishi 
mumkin. Fikrlash jarayoni amalga oshadigan bosh miya po’stlog’ida tafakkur
mazkur muayyan insonning harakatlari, uning kechinmalari, his-tuyg’ulariga 
qaratilishi mumkin: bu holda ong o’zining alohida jihati – o’zlikni anglash sifatida
amal qiladi, tafakkur (individ doirasida) nimaga qaratilgan bo’lsa, shu obyekt 
bo’ladi.
Subyekt negizini butun ijtimoiy yaxlitlik tashkil etuvchi murakkab 
iyerarxiyadan iborat. Pirovard natijada bilim va donishmandlikning oliy
yaratuvchisi – butun insoniyat. Uning tarixiy rivojlanishida uncha yirik bo’lmagan 
birliklar ajraladi, bu birliklar sifatida ayrim xalqlar amal qiladi. Har bir xalq o’z
madaniyatida qayd etiladigan me’yorlar, g’oyalar va qadriyatlarni yaratib, asrdan 
asrga bilish faoliyatining alohida subyekti sifatida o’tib keladi. U tabiat hodisalari,
hayvonlar yoki o’simliklarning shifobaxsh xossalari, har xil materiallarning 
xossalari, turli xalqlarning huquqlari va urf-odatlari haqida ma’lumotlar to’playdi.
Jamiyatda maxsus vazifasi va mashg’uloti hayot uchun muhim ahamiyatga ega 
bo’lgan bilimlar yaratishdan iborat bo’lgan individlarning tarixiy guruhlari
ajratiladi. Xususan, subyekti olimlar hamjamiyati bo’lgan ilmiy bilimlar shunday 
bilimlar jumlasidan. Bu hamjamiyatda qobiliyati, iste’dodi va bilimi bilan bilish
sohasida yuksak natijalarga erishadigan ayrim individlar alohida o’rin tutadi. Bu 
odamlarning ismlari tarixda ilmiy g’oyalar evolyusiyasidagi buyuk bosqichlar
ramzi sifatida saqlanib qoladi.
Bilishning haqiqiy subyekti hyech qachon faqat gnoseologik xususiyatga ega
bo’lmaydi: u o’z mayllari, qiziqishlari, fe’l-atvori, mijozi, aql yoki aqlsizlik, 
qobiliyat yoki qobiliyatsizlik darajasiga ega bo’lgan, irodali yoki irodasi bo’sh tirik
shaxs. Biroq ko’pincha bilish subyekti deganda intellektual faollikning qandaydir 
shaxssiz mantiqiy bo’lagi tushuniladi.
Subyekt va uning bilish faoliyati faqat muayyan tarixiy kontekstda aniq 
tushunchalar bo’lishi mumkin. Ilmiy bilish nafaqat subyektning obyektga nisbatan,
balki o’ziga, o’z faoliyatiga nisbatan ham ongli munosabatini, ya’ni tadqiqotchilik 
faoliyati shartlari, usullari, me’yorlari va metodlarini bilishi, an’analarni hisobga
olishi va hokazolarni nazarda tutadi.

21
Borliqning muayyan parchasi izlanayotgan tafakkur diqqat markazidan o’rin 


olgach, bilish obyektini tashkil etadi, subyekt bilan «subyekt – obyekt»


munosabatlariga kirishib, ma’lum ma’noda subyektning «mulki»ga aylanadi. 
Binobarin, subyektning ongiga bog’liq bo’lmagan o’zicha borliq va subyekt bilan
yuqorida zikr etilgan munosabatga kirishgan borliq mavjud. U go’yo subyektni 
o’zini bilishga da’vat etadi. Bir so’z bilan aytganda, subyekt bilan munosabatga
kirishgan obyekt oddiy borliq emas, balki u yoki bu darajada anglab yetilgan, ya’ni 
ong – o’zining bilishga intilishida ijtimoiy belgilangan ong faktiga aylangan
borliqdir va shu ma’noda bilish obyekti endi ijtimoiy faktga aylanadi.


Obyekt – bu subyektning bilish faoliyati qaratilgan narsa yoki hodisa. Asbob
ham (uni o’rganishayotgan va ta’mirlashayotganida), boshqa individ ham, 
yuqorida ko’rganimizdek, anglab yetayotgan individ bilan bog’liq narsalar va
hodisalar ham obyekt bo’lishi mumkin. «Obyekt» tushunchasini obyektiv borliq 
bilan
aralashtirmaslik 

kerak.
Masalan, 


hayvonlarning
hujayralaridagi 
xromosomalar ular sitologiya va genetikada o’rganish «obyekti»ga aylanishidan
ancha oldin mavjud bo’lgan, biroq kashf etilganidan keyingina o’rganila 
boshlangan va «obyektlar»ga aylangan.
Bu tushunchalar nafaqat bilish faoliyati, balki amaliy va baholash faoliyati 
bilan ham bog’liq.
Bilish faoliyati nuqtai nazaridan subyekt obyektsiz, obyekt esa – subyektsiz 
mavjud bo’lmaydi. Masalan, gen jonli narsalar tarkibida mavjud bo’lgan holda,
nafaqat antik davrda, balki J.B.Lamark va Ch.Darvin uchun ham ilmiy tafakkur 
obyekti bo’lmagan. Olimlar bu ko’zga ko’rinmas biologik borliqni ma’lum
vaqtgacha o’z bilish faoliyatining obyekti sifatida aniqlay olmaganlar. Bunga 
nisbatan yaqinda, dunyoning umumiy ilmiy manzarasida jiddiy o’zgarishlar yuz
berganidan so’ng muvaffaq bo’lindi. Yoki, aytaylik, ilmiy tafakkur, texnika 
yutuqlari va ijtimoiy shart-sharoitlar atigi bir necha o’n yilliklar muqaddam
Kosmosning olis kengliklarini tadqiqot obyektiga aylantirish imkonini berdi.
Hozirgi zamon gnoseologiyasida bilish obyekti va predmetini farqlash odat
tusini olgan. Bilish obyekti deganda borliqning o’rganilayotgan amalda mavjud 
bo’laklari tushuniladi. Bilish predmeti – bu izlanayotgan fikrning diqqat
markazidan o’rin olgan muayyan jihatlar. Masalan, inson juda ko’p fanlar – 
biologiya, tibbiyot, psixologiya, sosiologiya, falsafa va hokazolarning tadqiqot
obyekti hisoblanadi. Biroq ularning har biri insonni o’rganishga o’z nuqtai 
nazaridan yondashadi: masalan, psixologiya insonning ruhiyati, ichki olami, xulq-
atvorini, tibbiyot – insonning kasalliklari va ularni davolash usullarini o’rganadi va 
h.k. Binobarin, tadqiqot predmetiga tadqiqotchining muhim mo’ljali kiradi, ya’ni u
tadqiqot vazifasi nuqtai nazaridan shakllanadi.

22
Ma’lumki, inson tarix yaratuvchisi, subyekti hisoblanadi, o’z tarixiy 


mavjudligining zarur shart-sharoitlari va asoslarini o’zi yaratadi. Binobarin,


ijtimoiy-tarixiy bilish obyekti odamlar tomonidan nafaqat o’rganiladi, balki 
yaratiladi ham, demak, obyektga aylanishdan oldin u yaratilishi, shakllantirilishi
lozim.

Shunday qilib, ijtimoiy bilishda inson o’z faoliyatining mahsuli bilan, demak,


amaliy faol jonzot bo’lgan o’zi bilan ham ish ko’radi. Bilish subyekti bo’lgan inson 
shu tariqa uning obyektiga ham aylanadi. Shu ma’noda ijtimoiy bilish insonning
ijtimoiy o’zlikni anglash jarayonidir. Bunda inson tarixiy rivojlanish jarayonida 
yaratiladigan o’zining ijtimoiy mohiyatini o’zi uchun kashf etadi va o’rganadi.
Shu sababli ijtimoiy bilishda subyekt va obyektning o’zaro aloqasi 
murakkablashadi, bu yerda obyekt bir vaqtning o’zida tarixiy ijod subyekti hamdir.
Ijtimoiy bilishda hamma narsalar va hodisalar inson sohasida aylanadi: bilish 
obyekti – odamlarning o’zi va ular faoliyatining natijalari, bilish subyekti ham
odamlardir. Bilish jarayoni shohidlarning guvohliklari, hujjatlar, so’rovlar, 
so’rovnomalarsiz, odamlar yaratgan mehnat qurollari va madaniyat
yodgorliklarisiz bo’lishi mumkin emas.
Bularning barchasi ijtimoiy bilishga ma’lum darajada o’z ta’sirini o’tkazadi va
uning o’ziga xos xususiyatlarini shakllantiradi. Ayni shu sababli ijtimoiy bilishda 
olimning grajdanlik pozisiyasi, uning ma’naviy qiyofasi, haqiqat ideallariga
sodiqligi juda muhimdir.



Download 290.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling