5-mavzu. Bilish nazariyasi, yo’nalishlari va asosiy muammolari Reja


Download 290.07 Kb.
bet1/26
Sana11.11.2023
Hajmi290.07 Kb.
#1767229
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
5-mavzu. Bilish nazariyasi, yo’nalishlari va asosiy muammolari R-fayllar.org


5-mavzu. Bilish nazariyasi, yo’nalishlari va asosiy muammolari Reja

1


5-mavzu. Bilish nazariyasi, yo’nalishlari va asosiy muammolari


Reja 

1. Bilish nazariyasining predmeti va o’ziga xos xususiyatlari.

2. Hissiy, empirik, nazariy, mantiqiy va intuitiv bilish darajalari, ularning 

o’ziga xosligi va aloqadorligi.

3. Ong-tafakkur va borliqning birligi.

4. Falsafada metod va metodologiya, metodika tushunchalari.

5. Hozirgi zamon metodologiyasi. 

Bilish nazariyasining predmeti. Bilim har doim amaliy informasion
xususiyatga ega bo’lgan.
«Gnoseologiya» - sof falsafiy kategoriya. Uning nomi yunoncha gnosis –
bilim, ilm va logos – ta’limot, fan so’zlaridan kelib chiqqan. So’zma-so’z ma’nosi 
- «bilish haqidagi ta’limot (fan)», «ong haqidagi ta’limot (fan)». Falsafiy
adabiyotlarda, shu jumladan falsafiy qomuslar va lug’atlarda «gnoseologiya» 
atamasi «bilish nazariyasi» deb tarjima qilingan. Shu bilan bir qatorda, ayni shu
mazmunni ifodalash uchun falsafiy adabiyotlarda «epistemologiya» so’zi ham 
qo’llaniladi.
Umuman olganda, hoziri zamon falsafasida gnoseologiya bilish jarayonining 
umumiy – falsafiy mohiyati hamda muammolariga e’tiborni qaratadi.
Epistemologiya esa, bizning muayyan narsalar haqidagi bilimlarimiz va (yoki) 
e’tiqodlarimizning ishonchlilik darajasini o’rganadi. Demak, epistemologiya
gnoseologiyaning tarkibiy qismi yoki uning amaliy ifodasidir. So’zning o’z 
ma’nosidagi epistemologiya hozir bizning ilmiy, haqiqiy bilimlarimizning
mazmunini, shuningdek diniy e’tiqodlarning gnoseologik mohiyatini o’rganish 
bilan shug’ullanadi. Biz bu yerda bilish (ong)ning mohiyati to’g’risida bahs
yurituvchi falsafiy ta’limot ma’nosidagi «gnoseologiya» atamasidan foydalanamiz. 
Biroq avval gnoseologiya muammolari doirasini aniqlab olamiz.
Gnoseologiya – bu falsafiy bilimlar bo’limi; insonning dunyoni va o’zini bilish 
darajasini falsafiy o’rganish; bilish jarayonida bilmaslikdan bilim sari yuksalish
qanday yuz berishini tadqiq qilish; bilimlarimiz tabiatini ularning aslicha, o’z 
«ontologik» mohiyatiga bog’lab o’rganish hamda bu bilimlarning idrok etilayotgan
narsalar va hodisalar bilan o’zaro nisbatini aniqlash demakdir.
Demak, umuman olganda, gnoseologiya ong, bilim, bilishni o’rganish bilan
shug’ullanadi.
Shaxsiy va ijtimoiy tajribada biz ongning mavjudligini aniq sezamiz, ongning
o’z-o’ziga, boshqa odamlarga va umuman jamiyatga ta’siri natijalarini fiziologik 
darajada his qilamiz va ko’ramiz. Ayni vaqtda, ongning o’zi ko’rinmaydi. Moddiy
dunyo hodisalaridan farqli o’laroq, ongni kuzatish mumkin emas. U go’yo vaqt va 

2
makon chegaralaridan tashqarida turadi. Gnoseologiyaning vazifasi bu ko’rinmas 


ongni idrok etish, uning moddiy narsalar va hodisalar dunyosi bilan o’zaro


aloqalarini aniqlash, uni o’z muhokama va tadqiqot predmetiga aylantirishdan 
iborat.
Gnoseologiyaning asosiy muammosi quyidagi «oddiy» masalani yechishdan 
iborat: bizning barcha bilimlarimiz tajribada sinalganmi? Bu savolga javob izlash
va masala yechimini topishda gnoseologiyada ikki muxolif an’ana: bilimlarimiz 
tajribada sinalganini qayd etuvchi empirizm va buni inkor etuvchi rasionalizm
to’qnashadi.



Download 290.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling