5-mavzu. Bilish nazariyasi, yo’nalishlari va asosiy muammolari Reja


Download 290.07 Kb.
bet5/26
Sana11.11.2023
Hajmi290.07 Kb.
#1767229
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
5-mavzu. Bilish nazariyasi, yo’nalishlari va asosiy muammolari R-fayllar.org

Gnoseologik relyativizm – hodisalar, borliq va bilish voqealarining
o’zgaruvchanligi, o’tkinchiligini mutlaqlashtirish agnostisizmning yo’nalishlaridan 
biri hisoblanadi. Relyativizm tarafdorlari dunyoda hamma narsa o’tkinchi, haqiqat
dunyoviy darajada ham, hattoki ilmiy darajada ham bizning olam hodisalari haqida 
olgan faqat shu paytdagi bilimlarimizni ifodalaydi, kecha haqiqat deb hisoblangan
narsa bugun ishtiboh, xato sifatida tan olinadi: xuddi dori kabi, haqiqatning ham 
saqlanish muddati bor. Nisbiy mushohadalar bundan ham omonatroq. Bu ijtimoiy
hayotda, axloq normalari va estetik didlarda ayniqsa yaqqol seziladi. Yaqindagina 
shak-shubhasiz deb e’tirof etilgan narsa endi do’zaxdan chiqqan balo sifatida inkor
etiladi. Baholar kaleydoskopdagi rangli dog’lar kabi o’zgaradi. Bundan go’yo 

6
bilish jarayoni – muvaffaqiyatsizlikka uchrashi tayin bo’lgan haqiqat ketidan 


«quvish», degan umumiy xulosa chiqariladi. Bizning barcha bilimlarimiz go’yo


noaniqlik va noahiqiqiylik dengizida suzadi, u faqat – va faqat! – nisbiy, shartli 
konvensial (lotincha «conventional» - shartnomaga muvofiq) va subyektivdir.
Skeptiklarga xos bo’lgan bu yondashuv antik davrdayoq yuzaga kelgan. 
Dunyoda hamma narsa shu qadar tez o’zgaradiki, unda mutlaqo o’zgarmas bo’lgan
hyech narsa mavjud emas, deb hisoblagan Kratil ta’limoti ashaddiy relyativizmga 
misol bo’lishi mumkin.
Barcha bilimlarimizni faqat nisbiy deb hisoblash, mohiyat e’tibori bilan, 
bilishda o’zboshimchalik hukm surishini tan olish bilan barobardir. Bu holda bilish
nisbatan o’zgarmas, ishonchli narsalar mavjud bo’lmagan, haqiqat bilan ishtiboh 
o’rtasida farq qolmaydigan, har qanday qoida va tamoyilga ishonch yo’qoladigan,
binobarin, hayotda hyech narsaga amal qilib bo’lmaydigan uzluksiz oqimga 
aylanadi. Bilish nazariyasida mutlaq relyativizm – bu tafakkur «boyligi»ning
namoyon bo’lish shakllaridar biri. Unga quyidagi mushohada xos: haqiqat albatta 
mutlaq bo’lishi kerak, agar haqiqat mutlaq bo’lmasa, u haqiqat emas. Bu fikr
zamirida nafaqat nisbiy, balki mutlaq haqiqatga ham ishonchsizlik yotadi. 
Relyativizm namoyandalari odatda haqiqiy deb hisoblangan qoidalar keyinchalik
soxta deb inkor etilgan va aksincha, soxta deb hisoblangan qoidalar fan rivojlanishi 
jarayonida haqiqiy deb e’tirof etilgan hollar fan tarixida ko’p ekanligiga ishora
qiladilar. Ilmiy bilishning harakat yo’li – amalda to’g’ri chiziq emas, balki 
kesimlarida yanglishish hollari yuz berishi mumkin bo’lgan egri chiziqdan iborat.
Biroq bu bizning barcha bilimlarimiz safsata ekanligini isbotlamaydi. Relyativist 
«bilimda nisbiylik unsuri mavjud» degan to’g’ri qoidani «bilim doimo nisbiydir»,
binobarin, bilim kerak emas, degan yanglish qoidaga almashtiradi. «Bu eng yomon 
fikr: agar men hamma narsani bila olmasam, men hyech ish qilmayman»
1
.



Download 290.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling