5-mavzu. Bilish nazariyasi, yo’nalishlari va asosiy muammolari Reja


Download 290.07 Kb.
bet9/26
Sana11.11.2023
Hajmi290.07 Kb.
#1767229
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26
Bog'liq
5-mavzu. Bilish nazariyasi, yo’nalishlari va asosiy muammolari R-fayllar.org

O’yin vositasidagi bilim. Bilimning tarixan dastlabki shakllaridan biri – o’yin 

vositasidagi bilim nafaqat bolalar, balki kattalar faoliyatining ham muhim unsuri
hisoblanadi. O’yin jarayonida shaxs qizg’in bilish faoliyatini amalga oshiradi, 
bilimlarning katta hajmini o’zlashtiradi, madaniy boylik – ishga doir o’yinlar, sport
o’yinlari, aktyorlarning o’yinlari va shu kabilarni qon-qoniga singdiradi. O’yin 
bolalarning qiziquvchanligini qondirish, ularning ma’naviy dunyosi va ma’lum
bilimlari, o’zaro til topish ko’nikmalari va shu kabilarni shakllantirishda muhim 
ijtimoiy rol o’ynaydi.
Hozirgi vaqtda o’yin tushunchasidan matematika, iqtisodiyot, kibernetika va 
boshqa fanlarda keng foydalanilmoqda. Bu yerda murakkab jarayonlar
kechishining har xil variantlari, ilmiy va amaliy muammolarning yechimlari ko’rib 
chiqiladigan maxsus o’yin modellari va o’yin ssenariylari tobora ko’proq qabul
qilinmoqda. Hozirgi zamon falsafiy va ilmiy tafakkurining bir qancha nufuzli 
yo’nalishlari o’yinni mustaqil o’rganish sohasi sifatida ilgari surmoqdalar.
Germenevtika (Gadamer), falsafiy antropologiya shunday fanlar jumlasidan. 
Masalan, Xaydegger o’yinni madaniyat shakllanishining umumiy prinsipi, har
qanday davrda kishilik jamiyatining negizi deb hisoblaydi. Gadamer fikriga ko’ra, 
o’yin – san’at asarlarining mavjudlik usuli, mazkur asarlarning mavjudligi esa, o’z
navbatida, haqiqatni aniqlashning muhim usulidir.

11



Mifologik bilim. Mifologik bilim, ayniqsa, insoniyat tarixining dastlabki 
bosqichida muhim rol o’ynagan. Mifologik bilimning o’ziga xos xususiyati
shundan iboratki, u borliqning fantastik in’ikosi hisoblanadi. Mifologiya doirasida 
tabiat, koinot va odamlar, ular mavjudligining shart-sharoitlari, aloqa shakllari va
hokazolar haqidagi muayyan bilimlar shakllangan. So’nggi vaqtda (ayniqsa 
strukturalizm falsafasida) mifologik tafakkur – bu shunchaki fantaziyaning tiyiqsiz
o’yini emas, balki ajdodlar tajribasini qayd etish va keyingi avlodlarga berish 
uchun imkoniyat yaratadigan dunyoni o’ziga xos tarzda modellashtirish ekanligi
aniqlandi. 
Mifologik tafakkurga uning emosiyalar sohasi bilan uzviyligi, bilish obyekti va
subyektini, predmet va belgini, narsa va so’zni, hodisaning kelib chiqishi (genezisi) 
va mohiyatini va hokazolarni aniq farqlamaslik xos. Unda tabiiy va ijtimoiy
hodisalarni, shuningdek butun dunyoni tushuntirish ularning kelib chiqishi va 
yaralishi haqidagi hikoyalarga bog’langan (genetizm).
Mif – tabiat va inson hodisalarini tushunish va tushuntirishning ibtidoiy odam 
tafakkurining o’ziga xos xususiyatlari bilan belgilangan usuli. Mif narsa va obraz,
jism va xossa, «asos» va prinsipni farqlamaydi. Voqyealar o’xshashligi yoki 
ketma-ketligini u sabab va oqibat bog’lanishi sifatida talqin qiladi. Mif oliy
darajada universal voqyealar, chunonchi: inson o’limi va uning mangu 
barhayotligi, dunyoning vujudga kelishi, qahramonona qilmishlar, madaniyat
yutuqlari (masalan, olovning o’g’irlanishi haqidagi mif) va shu kabilar haqida 
hikoya qiladi. Mifning mazmuni ramziy tilda ifodalanadi, natijada uning xulosalari
keng va ko’p ma’noli tus kasb etadi. Ko’p sonlilik prinsipi, aks ettirish
muayyanlik va atromorflik (ya’ni inson xususiyatlarini tabiat obyektlariga
o’tkazish), obraz va obyektni tenglashtirish – mifologik bilimning o’ziga xos 
xususiyatlari ana shular. Borliqni anglab yetish usuli sifatida mif inson, jamiyat,
dunyoni modellashtiradi, tasniflaydi va talqin qiladi.
Shaklan mif muayyan voqyeani tabiatda yoki ma’lum xalqlar tarixida bo’lib
o’tgandek ifodalovchi rivoyatdir. Kosmogonik miflarda Logos yoki Aql harakatga 
keltiradigan va boshqaradigan, iyerarxik tuzilishga ega bo’lgan yagona va yaxlit
kosmos haqidagi tasavvur shakllangan. Shu sababli kosmos oliy barkamollikka ega 
deb tasavvur qilingan. Bu tasavvurlar kosmosning o’z o’zgarishlarida tabiat
hodisalarining uzluksiz aylanishini hosil qiluvchi yer, havo va olov stixiyalari 
podsholigi sifatidagi talqinida muayyanlashgan.
Miflarda qat’iy rioya qilish lozim bo’lgan amaliy tavsiyalar ham ifodalangan. 
Garchi mifologiyaning amaliy tavsiyalari isbotlanmagan, balki qoida sifatida
belgilangan bo’lsa-da, ular odamlarning juda ko’p avlodlari tajribasini 
umumlashtirish mahsuli hisoblanadi.


12
Mif – madaniyatning muqarrar unsuri. Antik davrda u haqiqatning poetik 


ifodasi sifatida qaralgan. Bugungi kunda esa, mif ko’pincha odamlar xulq-atvorini


manipulyasiya qilish uchun mo’ljallangan ongli aldov hisoblanadi.
Mifologiya bag’rida bilimning badiiy-obrazli shakli yuzaga keldi va
keyinchalik san’atda o’zining yorqin ifodasini topdi. Garchi u bilish vazifalarini 
maxsus yechmasa-da, ammo ancha kuchli gnoseologik salohiyatga ega.


Download 290.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling