5-mavzu. Bilish nazariyasi, yo’nalishlari va asosiy muammolari Reja


Download 290.07 Kb.
bet10/26
Sana11.11.2023
Hajmi290.07 Kb.
#1767229
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26
Bog'liq
5-mavzu. Bilish nazariyasi, yo’nalishlari va asosiy muammolari R-fayllar.org

Badiiy bilim. Borliqni tushunib yetish refleksiyaning o’ziga xos shakli bo’lib,
u san’at borlig’ining barcha bosqichlarida – asar g’oyasidan boshlab uning odamlar 
tomonidan qabul qilinishigacha – o’ziga xos tarzda ro’yobga chiqadi. Badiiy ijodni
ijodkorning fikrlari va kechinmalarini anglab yetish obyekti – butun dunyoga uzviy 
bog’lagan holda san’at tilida moddiylashtirish deb ta’riflash mumkin. Shaklan
badiiy faoliyat obyektga qarab mo’ljal oladi, mazmunan esa, u shaxs o’zligining 
ifodasi, inson ma’naviy hayotining intim tomoni, ijodkor ideallari va didining
tajassumi hisoblanadi.
Borliqni badiiy idrok etishning o’ziga xos xususiyati ko’p jihatdan san’at
tilining o’ziga xosligi bilan belgilanadi. Uning tarjimoni – ijtimoiy aloqalar 
tizimiga kiruvchi madaniyatning belgilar tizimlari. San’at madaniyat tillarini badiiy
tafakkur va aloqa vositalariga aylantiradi. Bunda san’at tili ikki xil ma’noda: 
dastlabki, madaniy (asarni idrok etishda u aynan tushunilishi mumkin) va shartli,
badiiy ma’noda keladi. «Ma’nolar o’yini» asl borliqdan chalg’itmaydi, biroq uni 
mutlaqo kutilmagan tomondan ko’rish imkonini beradi. San’atni idrok etishda
muttasil kashfiyotlar yuz beradi. Ularning orasida eng muhimi qalbimizning xilvat 
burchaklarini yorituvchi yashin chaqiniga o’xshaydigan o’zlikni kashf etishdir.
Ongning kutilmagan kashfiyotlar xos bo’lgan bunday holati psixologiyada 
«insayd» deb ataladi. San’atni idrok etish o’zlikni anglash bilan bog’liq cheksiz va
tengsiz lazzat baxsh etadi. San’atni idrok etish mexanizmi sifatida empatiya, ya’ni 
o’zini obraz bilan tenglashtirish amal qiladiki, bu kuchli emosional ta’sirlanishga
sabab bo’lishi mumkin. Ijobiy va salbiy emosional holatlarning bir-biriga o’tishi 
bilan bog’liq murakkab jarayon shaxsni o’z tajribasini qayta tushunishga majbur
qiladi va uning qadriyatlar tizimida to’ntarish yasashga qodir.
Shunday qilib, san’atning bilishdagi ahamiyati shundan iboratki, u bilish va
o’zlikni anglashning o’ziga xos birligidir. San’at – shaxsni ma’naviy boyitish 
manbai. U insonning ijodiy imkoniyatlarini faollashtiradi, uning madaniy
ma’nolarni hamda madaniyat dunyosi va umuman jamiyatdagi xulq-atvorni 
tushunish qobiliyatini rivojlantiradi. San’atni idrok etishda obyekt va subyekt
mushtarakdir. Shaxs san’at asarining mazmuniga o’zining daxldorligini his qiladi 
va uni o’zida kashf etadi. Shu sababli san’atni idrok etish qo’zg’atadigan bilish
faolligi refleksiya sifatida ta’riflanadi.

13
Bilimning mifologiya bilan uzviy bog’liq bo’lgan qadimgi shakllari diniy va 


falsafiy bilimdir.




Download 290.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling