5-mavzu. Bilish nazariyasi, yo’nalishlari va asosiy muammolari Reja


Download 290.07 Kb.
bet8/26
Sana11.11.2023
Hajmi290.07 Kb.
#1767229
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26
Bog'liq
5-mavzu. Bilish nazariyasi, yo’nalishlari va asosiy muammolari R-fayllar.org

va xatosiz deb qarash mumkin bo’lgan fikrlar va ma’lumotlarga tayanishini talab
qilish mumkin.
Bilish, ma’naviy faoliyat shakli sifatida, jamiyatda u vujudga kelgan paytdan
beri mavjud va jamiyat bilan birga ma’lum rivojlanish bosqichlaridan o’tib 
kelmoqda. Bu bosqichlarning har birida bilish jarayoni insoniyat tarixi mobaynida
yuzaga kelgan rang-barang va o’zaro bog’langan ijtimoiy-madaniy shakllarda 
amalga oshiriladi. Shu bois yaxlit hodisa sifatidagi bilishni biron-bir shaklga, hatto
so’zning o’z ma’nosidagi bilishni to’liq «qoplamaydigan» ilmiy shaklga ham 
bog’lash mumkin emas. Shu sababli gnoseologiya umumlashtirish uchun faqat bir
soha – ilmiy bilimdan va hatto yuksak darajada rivojlangan tabiatshunoslikdan 
material olib, o’z xulosalarini chiqara olmaydi.

Kundalik amaliyotdan olinadigan bilimlar tabiat haqida, shuningdek
odamlarning o’zlari, ularning yashash sharoiti, ijtimoiy aloqalari va hokazolar 
to’g’risida elementar bilimlar beruvchi kundalik-amaliy bilimlar bilishning tarixan
eng birinchi shakli hisoblanadi. Bilishning bu shakli kundalik hayot, odamlar 
amaliyoti tajribasidan kelib chiqqan. Shu asosda olingan bilimlar garchi
mustahkam bo’lsa-da, biroq tartibsiz, tarqoq xususiyatga ega bo’ladi, ma’lumotlar, 


10
qoidalar va shu kabilarning oddiy majmuini tashkil etadi. Kundalik bilish sohasi 


juda rang-barang. U sog’lom fikr, e’tiqodlar, belgi-alomatlar, shaxsiy tajribadan


chiqarilgan dastlabki xulosalar, ularning an’analar, rivoyatlar, o’gitlar va 
hokazolarda ifodalangan ko’rinishlari, intuitiv ishonch, sezgilar va shu kabilarni
o’z ichiga oladi. Kundalik bilim – bu har xil faoliyat shakllari – ishlab chiqarish 
faoliyati, estetik faoliyat, siyosiy faoliyat va hokazolarning ta’siri ostida
shakllanadigan turmush bilan bog’liq tushunchalar, u odamlarning avlodlari 
to’plagan kollektiv tajriba mahsuli hisoblanadi. Shaxsiy darajada kundalik bilim
muayyan shaxsning emosional kechinmalari va o’z hayot tajribasini anglab yetishi 
bilan bog’liq. Inson dunyoni nafaqat uni ilmiy o’rganish, balki o’z hayoti, kundalik
amaliyotida o’zlashtirish jarayonida ham tushunib yetadi. Bunday o’zlashtirishning 
universalligini hozirgi zamon nemis faylasufi Gadamer «dunyoni sinash» deb
nomlagan. Kundalik bilim zamirida odamlar faoliyatining rang-barang shakllari 
yotadi. Bu faoliyat turlari urf-odatlar, rasm-rusumlar, bayramlar, marosimlar,
kollektiv harakatlar (o’yin, raqs va h.k.), axloqiy va boshqa qoidalar hamda 
taqiqlar bilan tartibga solinadi. Ular odamlarni kollektiv ijtimoiy va madaniy
tajribaga oshno etish vositalari bo’lib xizmat qiladi, odamlarning tabiatga va bir-
biriga munosabatini tartibga soladi, yangi bilimlarning shakllanishiga xizmat
qiladigan boshlang’ich bilim sifatida amal qiladi.



Download 290.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling