5-mavzu. Bilish nazariyasi, yo’nalishlari va asosiy muammolari Reja


Download 290.07 Kb.
bet12/26
Sana11.11.2023
Hajmi290.07 Kb.
#1767229
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26
Bog'liq
5-mavzu. Bilish nazariyasi, yo’nalishlari va asosiy muammolari R-fayllar.org

Falsafiy bilim. Falsafa, san’at va din kabi, bilish vazifalarini yechish bilangina
kifoyalanmaydi. Uning bosh vazifasi san’at va din bilan uyg’un – inson dunyoda 
ma’naviy mo’ljal olishiga ko’maklashish. Falsafiy bilim ayni shu maqsadga
bo’ysundirilgan. Falsafa umuman dunyo, uning «birinchi» asoslari, hodisalarning 
universal o’zaro aloqasi, borliqning umumiy xossalari va qonunlari haqida umumiy
tasavvurni shakllantiradi. Falsafa dunyoni insonga bog’lab o’rganadi. Me’yorlar va 
ideallar, ilmiy bilimlar va san’at yutuqlari, insonning tashvishlari, ehtiyojlari, hayot
mazmunini anglash yo’lidagi izlanishlari faylasufning dunyoqarashini, falsafiy 
mushohada yuritish shaklini belgilaydi. Falsafa jamiyat ongi, jamiyat
madaniyatining nazariy ifodasi sifatida amal qiladi. U tafakkur tarzi, qadriyatlar, 
ideallar, falsafiy muammolar va ularni ko’rib chiqish xususiyatini belgilaydigan
madaniyat bilan uzviydir. Falsafa umuman dunyoga va madaniyat subyekti 
sifatidagi insonga murojaat etadi. Falsafiy bilim donishmandlik sifatida
tavsiflanadi. Donishmandlik – dunyoni va insonning undagi o’rnini yaxlit 
tushunish andozasi. Falsafa barcha odamlar uchun muhim bo’lgan haqiqatlarning
tagiga yetish uchun (ilmiy va noilmiy) bilimdan foydalanadi. Kant falsafa deganda 
inson aqlining boshqa bilimlarga oliy qadriyat tusini beruvchi eng so’nggi
maqsadlarini anglab yetishni tushungan, falsafa bu bilimlarning inson uchun 
ahamiyatini aniqlaydi, deb hisoblagan. Falsafa inson faoliyatini yo’lga soluvchi
tamoyillar, yondashuvlar, qadriyatlar va ideallar tizimini, uning dunyoga va o’z-
o’ziga munosabatini belgilaydi. Dunyoning inson bilan mushtarak holdagi obrazini
yaratib, falsafa muqarrar tarzda qadriyatlar dunyosiga murojaat etadi. Etika, 
estetika, aksiologiya – falsafiy bilimning qadriyatlar dunyosini o’rganuvchi maxsus


15
sohalari. Falsafa san’atda o’zining yorqin va ishonarli ifodasini topishi bejiz emas. 


Ko’pgina faylasuflar uning metaforalarga boy obrazli tilidan o’z g’oyalarini


ifodalash uchun foydalanadi.
Din kabi, falsafiy bilimning ham bosh maqsadi – insonni kundalik tashvishlar
sohasidan olib chiqish, unda yuksak ideallarga qiziqish uyg’otish, uning hayotiga 
chin mazmun baxsh etish, eng zamonaviy qadriyatlar sari yo’l ochish. Biroq din –
bu ommaviy ong bo’lsa, falsafa – nafaqat iste’dod, balki kasbiy bilim va 
ko’nikmalarni ham talab qiluvchi elitar ongdir.
Falsafiy bilimda ikki asos – ilmiy-texnikaviy va nazariy-ma’naviy asoslarning 
uyg’unlashishi uning ongning betakror shakli sifatidagi o’ziga xos xususiyatini
belgilaydi. Bu falsafa tarixida – tarixan, vaqtda bir-biri bilan tasodifiy emas, balki 
muqarrar tarzda bog’langan falsafiy ta’limotlarning g’oyaviy mazmunini meros
qilib olish, rivojlantirish jarayonida ayniqsa bo’rtib ko’rinadi. Bu ta’limotlarning 
barchasi – yaxlit bir butunning qismlari, xolos. Oqilonalikning boshqa sohalarida
(masalan, fanda)gi kabi, falsafada ham yangi bilim o’zining avvalgi darajasidan 
voz kechmaydi, balki uni o’zining ayrim ko’rinishi sifatida o’z tarkibida qoldiradi.
Tafakkur tarixida biz taraqqiyotni, abstrakt (nomukammal, biryoqlama) bilimdan 
yanada aniqroq (mukammal, serqirra) bilim sari muttasil yuksalishni kuzatamiz,
deb ta’kidlagan edi Gegel. Falsafiy ta’limotlarning ketma-ketligi ham g’oya 
mantiqiy ta’riflarining ketma-ketligi bilan asosan bir xil, ya’ni bilish tarixi anglab
yetilayotgan predmetning obyektiv mantiqiga mos keladi.
Biroq falsafiy bilimning ma’naviy (qadriyatlar va mo’ljallar) qismi yuksalish
qonuniga ham, hokimiyat va vaqtga ham bo’ysunmaydi. U tarixiga «yuksak», 
«tuban» mezonlari bilan yondashish mumkin bo’lmagan san’atga yaqinroq.
Nyuton ta’biri bilan aytganda, olimlar o’z o’tmishdoshlarining «yelkalari»da 
turadi: ular o’z ijodi bilan bir umumiy ishni davom ettiradi, rivojlantiradi.
San’atkorlar esa bir safga tizilmaydi. Zero, ularning har biri – alohida dunyo, 
alohida olam (lekin bu davrlar va avlodlarning badiiy tajribasida vorisiylikni
istisno etmaydi).
Buyuk san’atkor o’z davrining buyuk ifodachisi bo’lib, ayni shu ma’noda
uning ijodi odamlar uchun olamshumul ahamiyat kasb etadi.
Biroq falsafiy bilimning nazariy qismi, ya’ni uning ichki mantiqi ancha
murakkabdir. Bu falsafiy g’oyaning serma’noliligi, u rivojlantirilishi, har xil, hatto 
qarama-qarshi yo’nalishlarda davom ettirilishi mumkinligi bilan izohlanadi.
Masalan, Lokk (XVII asr ingliz faylasufi) falsafasidan uning izdoshlari (idealist 
Berkli va fransuz ma’rifatchi materialistlari Didro, Golbax) bir-birini mutlaqo
istisno etuvchi xulosalar, chunonchi: Berkli – subyektiv-idealistik, fransuz 
mutafakkirlari – ma’rifatchilik bilan bog’liq xulosalar chiqarganlar. Kant,
Gegelning falsafiy g’oyalari hozirgi zamon tafakkuriga asos soldi. Biroq har bir 

16
kantchi, gegelchining o’z Kanti, o’z Gegeli bor, ularning har biri o’z 


o’tmishdoshlarini o’zicha talqin qiladi. Shuningdek, biron-bir yirik faylasuf o’z


g’oyalarini bitta yagona manbadan olmagan. Kant Leybnis va Yumga, Forobiy 
Aristotel va Platonga tayangan va hokazo. Bularning barchasi yangi falsafiy
bilimning vujudga kelishi va taqdirining serqirra manzarasini chizadi. Bu yangi 
falsafiy bilimda ijodiy tanqid muhim rol o’ynaydi.
Har qanday bilim singari, falsafiy bilim ham haqiqat va ishtiboh birligidir. 
Biroq gnoseologiyada bu tushunchalar alohida mazmun kasb etadi. Bu mazmun
ijtimoiy-tarixiy, ijtimoiy-ma’naviy xususiyatga ega bo’lib, u muqarrar tarzda 
nafaqat bizning tafakkurimizni, balki unga bog’liq bo’lgan, unga asoslangan
bizning harakatlarimizni ham baholashni o’z ichiga oladi. Biroq, insonning oliy 
maqsadlari – uning universal, jismoniy, aqliy va ma’naviy kuchlarini
rivojlantirishga mos keladigan harakat (qilmish, qaror, niyat)gina haqiqiydir. 
Haqiqat, chin hayot kabi, insonning yuqorida zikr etilgan kuchlari va ijodiy
qobiliyatini cheklamaydigan, toraytirmaydigan, balki ularni kengaytiradigan va 
rivojlantiradigan tamoyillar va qadriyatlarga rioya qilish demakdir. O’z navbatida,
ishtiboh ham oddiy subyektiv mantiqiy xato, yanglishish, adashish yoki 
dushmanlarning kirdikorlari mahsuli emas, balki tarix adashuvining muqarrar
natijasidir.
Masalan, kommunistlarning barcha yo’llar bizning asrimizga, jamiyatni
erkinlik, tenglik va birdamlikka yetaklaydi, degan umid va ishonchlarini xatoga 
yo’yish mumkin, chunki ularning birontasi ham o’z tasdig’ini topmadi. Biroq
xatolar zamirida teran mazmun yotadi. Axloqiy imperativ (ideal, orzu) borliq emas, 
biroq u mazkur borliqning darakchisi. Jamiyatda axloqiy tushunchalar,
qadriyatlarga munosabatning o’zgarishi insoniyat millionlab kishilar hayotida 
olamshumul o’zgarishlar yuz berishi arafasida turganining eng aniq ko’rsatkichidir.
Zotan, g’oyalar yo’q joydan paydo bo’lmaydi, osmondan tushmaydi. Ilmiy bilim 
ma’nolar, maqsadlar, qadriyatlar va insonning qiziqishlariga befarq bo’lsa, falsafiy
bilim insonning dunyodagi o’rni va roli haqidagi bilimdir.



Download 290.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling