5-mavzu. Bilish nazariyasi, yo’nalishlari va asosiy muammolari Reja


Download 290.07 Kb.
bet20/26
Sana11.11.2023
Hajmi290.07 Kb.
#1767229
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26
Bog'liq
5-mavzu. Bilish nazariyasi, yo’nalishlari va asosiy muammolari R-fayllar.org

Eklektika. Eklektika hyech qanday bilim faoliyati bilan bog’lanmagan, bir-
biriga zid dalillarga asoslanadi va olamni buzib yolg’on aks ettiradi. U bilim tizimi 
rivojidagi yo’nalish, u hyech qanday yagona nazariy asosga ega emas va ba’zida
obyektni o’rganishning ziddiyatli jihatlarini xarakterlovchi bilim elementlaridir. 
Metodologik usul sifatida eklektika birinchi marta qadimgi yunon falsafasida
paydo bo’ldi va iqtiboslarga asoslangan o’rta acp sxolastik bahslarida, yangi davr 
XV-VIII asrlar falsafiy bahslarida keng foydalanildi. U hozirgi davrda ham
reklama va tashviqotda, ommaviy kommunikasiya tizimida qo’llanilib, inson 

37
psixikasidagi an’analar, ko’nikmalar, intilishlarni bo’rttiradi. Bunday usulning 


bema’niligini Suqrot va Aristoteldan boshlab, hozirgi davr mutafakkirlarigacha


tanqid qiladilar. Ammo bu undan foydalanilmaslikni anglatmaydi. Eklektika olam, 
narsa va hodisalarning bir butunligini, umumiy asoslarini parchalab tashlash
uslubiga tayanadi. 


Sinergetika. Hozirgi zamon fanida sinergetika metodi keng qo’llanilmokda.
Sinergetika so’zi yunoncha ("sinergena") bo’lib, kelishuv, hamkorlik, o’zaro ta’sir 
kabi ma’nolarni anglatadi. German Xakenning fikricha, sinergetika ko’p
qismlardan iborat bo’lgan, o’zaro murakkab aloqadorlikdagi komponentlar tizimini 
o’rganadi. Bu so’zni Xaken hamkorliqdagi harakat bilib, butunning tizim sifatida
aks etuvchi qismlarining kelishilgan faoliyati ma’nosida talqin qiladi. 
Barcha ta’limotlar paydo bo’ladi, rivojlanadi va, nihoyat, eskiradi. Xaken
sinergetikasi 
ham
vorisiylikka 

asoslangan.


Uning

davomi
bo’lgan

I.Sherringtonning sinergetik uslubi, C.Ulamning sinergiyasi, I.Zabusskiyning
sinergetik yo’nalishlari ana shular jumlasidandir. 
Yuqoridagi barcha holatlarda uzluksiz harakat haqida so’z boradi. Sinergetika
orqali sodda tizimlardan murakkablarini yaratuvchi o’lik tabiatdagi o’z-o’zidan 
harakatning tamoyili shakllandi. Sinergetika bilan fizikada evolyusion yo’nalish
paydo bo’ldi va fan ijodkorlikdan yangilik yaratish tushunchasi tomon rivojlandi. 
Sinergetika makroskopik darajalarga tasodifiylikni fanga kiritdi va bu bilan
mexanika metodlarini makroskopik darajaga, ya’ni mikrodunyo masalalariga tatbiq 
qildi. Sinergetika nisbiylik nazariyasidagi energiya va narsaning o’zaro bir-biriga
o’tishini tasdikdaydi va narsalarning paydo bo’lishini o’ziga xoc tarzda izoxdaydi. 
U biz yashayotgan makrosistemalar qanday paydo bo’lganligi masalasini hal
etishga harakat qiladi. 
Sinergetika nazariyasida energiya kristall sifatida qotib koladi va kinetiklikdan
potensiallikka aylana boshlaydi, deb talqin qilinadi. Bunga ko’ra, narsa qotib 
qolgan energiyadir. Energiya faoliyatning ishlab chiqarish qobiliyatini
xarakterlovchi tushuncha, lekin hozirda energiya nafaqat mexanik faoliyat, balki 
yangi strukturalarni yaratuvchisi sifatida ham o’rganilmoqsa. Sinergetika
tabiatdagi evolyusiya nimaning hisobiga sodir bo’lishi mumkinligini asoslaydi. 
Barcha yangi strukturalar yaratilayotgan joyda energiyaning kuchli to’lqini va
muhit bilan almashinuv zarur (evolyusiya hayot kabi), metabolizmni talab qiladi. 
Agar osmon jismlari evolyusiyasida biz ishlab chiqarishning natijasini kuzatsak,
sinergetika tabiatni yaratish jarayonini o’rganadi. Sinergetika nisbiylik 
nazariyasining xulosalarini tasdiklaydi: energiya olamning yanada yuqoriroq
darajalarini yaratadi.
Xullas, sinergetika — olamning o’z-o’zini tashkil etishi, makon va zamonda
narsa va vosealarning azaliy ketma-ketligi, o’zaro aloqadorligi, ularning muayyan 


38
tizimlardan iborat sababiy bog’lanishlar asosida mavjudligini e’tirof etishga 


asoslangan ilmiy qarashlar majmuidir. Bu ta’limotni dialektika asosida shakllangan


va uni to’ldiradigan ilmiy qarashlar majmuasi deydiganlar ham bor. Ularga qarshi 
o’laroq, dialektika endi kerak emas, uni sinergetika bilan almashtirish lozim, deb
hisoblovchilar ham yo’q emas. 
Sinergetikada bifurkasiya, fluktuasiya, tartibsizlik, dissipasiya, g’alati
attraktorlar, chiziqsizlik singari tushunchalar mashhur. Ulardan tizimlar barcha 
turlarining, jumladan old organizmik, organizmik, ijtimoiy, etnik, ma’naviy va
boshqa tizimlarning xulq-atvorini tushuntirish uchun foydalaniladi.
Muvozanatdan uzoq sharoitlarda bifurkasiya mexanizmlari faoliyat ko’rsatilib,
ular ikkilanish nuqtalarining mavjudligini hamda rivojlanish davomining har 
xilligini nazarda tutadi. Ularning faoliyati natijalarini oldindan bashorat qilish
qiyin. I. Prigojinning fikriga ko’ra, bifurkasiya jarayonlari tizimning 
murakkablashuvidan dalolat beradi. N. Moiseyevning fikricha, «ijtimoiy tizimning
har bir holati bifurkasiya holatidir».



Download 290.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling