5-mavzu. Bilish nazariyasi, yo’nalishlari va asosiy muammolari Reja


Download 290.07 Kb.
bet11/26
Sana11.11.2023
Hajmi290.07 Kb.
#1767229
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26
Bog'liq
5-mavzu. Bilish nazariyasi, yo’nalishlari va asosiy muammolari R-fayllar.org

Diniy bilim. Dinning asosiy vazifasi – inson hayoti, tabiat va jamiyat
borlig’ining mazmunini aniqlashdir. U insoniyat to’plagan tajribaga tayanib, inson 
hayotining muhim ko’rinishlari, chunonchi: oila va turmushdagi xulq-atvor,
axloqiy qoidalar, mehnat, tabiat, jamiyat va davlatga munosabatni tartibga soladi. 
Din universumning pirovard mazmunlari haqidagi o’z tasavvurini asoslab, dunyo
va insoniyatning birligini tushunishga ko’maklashadi. U inson va uning hayotini 
o’zgartirishga qodir bo’lgan haqiqatlar tizimlaridan iborat. Diniy ta’limotlarning
o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, ular kollektiv tajribasini ifodalaydi va shu 
bois nafaqat har bir dindor odam, balki dinga sig’inmaydiganlar uchun ham
qadrlidir.
Diniy ta’limotlarning vazifasi Xudo bormi, uni qanday qilib bilish mumkin,
umuman, Xudoni bilish mumkinmi, degan savollarga javob berishdan iborat. Din 
o’z dunyoqarashini Muqaddas Kitob matnlarida, shuningdek diniy rasm-rusum va
urf-odatlarda ifoda etadi. Diniy rasm-rusumlarning bir unsuri ramziy ahamiyatga 
egadir. Diniy ramzlar g’oya va obraz muvozanatini o’zida mujassamlashtiradi.
Ongning o’ziga xos shakli sifatida din e’tiqod, ishonch va bilish mexanizmlari 
(hayot tajribasi)ga tayanadi. Diniy e’tiqod refleksiya bilan qo’llab-quvvatlanadi,
shaxsning fojeiy tajribasi (o’lim xavfi yoki yaqinlarini yo’qotishi)ni anglab yetish 
orqali yuzaga keladi yoki mustahkamlanadi, bu tajriba shaxsni o’z hayoti va
tafakkur tarzini tubdan o’zgartirishga da’vat etadi. Dindorlar shohidlik berishicha, 
diniy e’tiqod diniy vahiy kelishi natijasida tug’ilishi mumkin.
Din dunyo va insonni intuitiv-mistik yo’l bilan anglashning o’ziga xos 
usullarini yaratgan. Bunday usullar jumlasiga vahiy va meditasiyani kiritish lozim.

Vahiy tushunchasi diniy tasavvurlarning tadrijiy rivojlanishi jarayonida
shakllangan. Dastlab u oliy kuchlar tanlagan ayrim shaxslarning trans holatida shu 
kuchlar nomidan so’zlash qobiliyati sifatida qaralgan (valilar, shamanlar va sh.k.).
Muqaddas Kitob matnlariga doimiy murojaat etish dindorga ularda yangi 
haqiqatlarni kashf qilish, ularga o’z hayotini solishtirish va uni qayta tushunish
imkonini beradi.


Meditasiya – o’z tafakkurini bir obyektga qaratish, inson e’tiborini
chalg’ituvchi barcha begona omillarni chetga chiqarish yo’li bilan fikr yuritish
narsa, g’oya, dunyoni idrok etish. Dinda meditasiya shaxsiy ongning Absolyut
bilan birikuvini anglatadi. Xristianlikda meditasiya inson shaxsi va ilohiy 
shaxsning muayyan oqibati sifatida talqin qilinadi. Meditasiya, odatda, tabiiy
refleksiya jarayoniga aylanadigan harakatlarning muayyan ketma-ketligi bilan 
bog’liq. U ayrim psixotexnik usullardan foydalanishni nazarda tutadi. Bunda
dindor mazkur usullar yordamida u o’zini boshqarish, o’zlikni yoki tabiatni 

14
anglashga ko’maklashuvchi g’ayritabiiy ruhiy kuchlardan foydalanayotganiga 


ishonchi komil bo’ladi. Meditasiyaning bilish usuli sifatidagi samaradorligini fan


tan oladi; davolash uchun mo’ljallangan psixotexnika va autogen mashq 
sistemalari diniy-mistik g’oyalar bilan bog’liq emas.
Diniy bilimning o’ziga xos xususiyatlari shu bilan belgilanadiki, u odamlarning 
o’zini boshqaruvchi dunyoviy (tabiiy va ijtimoiy) kuchlarga munosabatining
bevosita emosional shakli bilan bog’liq. Bu kuchlarning xayoliy in’ikosi bo’lgan 
diniy tasavvurlar borliq haqidagi ma’lum bilimlarni ifoda etadi. Odamlar asrlar va
mingyilliklar mobaynida to’plagan diniy va boshqa bilimlar xazinasi sifatida, 
masalan, Injil va Qur’onni qayd etish mumkin. Biroq din (mifologiya kabi) bilimni
izchil va nazariy shaklda ifodalamagan. U umumiy, yaxlit, o’ziga to’q va 
isbotlangan obyekt bilim ishlab chiqarish vazifasini hyech bajarmagan va
bajarmaydi.
Agar diniy bilimga dunyoga emosional munosabatning g’ayritabiiy narsalar va
hodisalarga ishonch bilan birikuvi xos bo’lsa, ilmiy bilishning zamirida emosiyalar 
va e’tiqodni o’ziga bo’ysundiruvchi oqilonalik yotadi.


Download 290.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling