5-mavzu. Bilish nazariyasi, yo’nalishlari va asosiy muammolari Reja


Download 290.07 Kb.
bet13/26
Sana11.11.2023
Hajmi290.07 Kb.
#1767229
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26
Bog'liq
5-mavzu. Bilish nazariyasi, yo’nalishlari va asosiy muammolari R-fayllar.org

Ilmiy bilim. Bilimning eng oliy shakli fandir. Ayrim fanlarning vakillari fanni
ta’riflar ekanlar, uni muayyan tadqiqotlar sohasi bilan bog’laydilar. Ilmiy bilim 
boshqa bilim turlaridan o’zining aniqligi bilan ajralib turadi.
Ilmiy bilim, ma’naviy ishlab chiqarishning barcha shakllari kabi, pirovardida 
inson faoliyatini tartibga solish uchun zarur. Bilishning har xil turlari bu vazifani
turlicha bajaradi va mazkur farqning tahlili ilmiy bilishning o’ziga xos 
xususiyatlarini aniqlashning birinchi va muhim sharti hisoblanadi.
Fan amaliy faoliyat predmetlarining (boshlang’ich holatdagi obyektning) 
tegishli mahsulotlarga (pirovard holatdagi obyektga) aylanish jarayonini oldindan
ko’ri bilishni o’z oldiga pirovard maqsad qilib qo’yadi. Bu o’zgarish har doim 

17
obyektlarning o’zgarish va rivojlanish qonunlari bilan belgilanadi, faoliyat shu 


qonunlarga muvofiq bo’lgan taqdirdagina muvaffaqiyatli bo’lishi mumkin. Shu


sababli fanning asosiy vazifasi obyektlarning o’zgarish va rivojlanish qonunlarini 


aniqlashdan iborat.
Tabiatning o’zgarish jarayonlariga tatbiqan bu vazifani tabiiy fanlar va texnika 


fanlari bajaradi. Ijtimoiy obyektlarning o’zgarish jarayonlarini ijtimoiy fanlar
o’rganadi. Hamonki faoliyat jarayonida har xil obyektlar – tabiat predmetlari, 
inson (va uning ongi holatlari), jamiyatning kichik tizimlari, madaniyat hodisalari
sifatida amal qiluvchi belgilar ko’rinishidagi obyektlar va hokazolar o’zgarishi 
mumkin ekan, ularning hammasi ilmiy tadqiqot predmetlari bo’lishi mumkin.

Fanning faoliyatga jalb qilinishi mumkin bo’lgan obyektlarni o’rganish va 

ularni faoliyat va rivojlanishning obyektiv qonunlariga bo’ysunuvchi obyektlar 

sifatida tadqiq qilishga qarab mo’ljal olishi ilmiy bilishning birinchi eng muhim 

xususiyati hisoblanadi.
Ilmiy bilish o’zining ayni shu xususiyati bilan inson bilish faliyatining boshqa 
shakllaridan ajralib turadi. Masalan, borliqni badiiy o’zlashtirish jarayonida inson
faoliyatiga jalb qilingan obyektlar subyektiv omillardan ajratilmaydi, balki ularga 
o’ziga xos tarzda bog’lanadi. Obyektiv dunyo predmetlarining san’atdagi har
qanday in’ikosi ayni vaqtda insonning predmetga munosabatini aks ettiradi. Badiiy 
obraz – bu obyektning shunday bir in’ikosiki, unda inson shaxsi, uning
qadriyatlarga munosabati aks etadi, bu xossalar aks ettirilayotgan borliq tavsifidan 
o’rin oladi. Bu mushtaraklikni istisno etish – badiiy obrazni buzish demak. Fanda
esa, bilim yaratayotgan shaxs hayot faoliyatining o’ziga xos xususiyatlari, uning 
mushohadalari yaratilayotgan bilim tarkibiga bevosita kirmaydi (Nyuton qonunlari
Nyutonga nima yoqqani va yoqmaganligi haqida xulosa chiqarish imkonini 
bermaydi, vaholanki, masalan, Rembrandt mo’yqalamiga mansub portretlarda
Rembrandt shasxi, uning dunyoqarashi va o’zi tasvirlayotgan ijtimoiy hodisalarga 
shaxsiy munosabati o’z ifodasini topadi; buyuk musavvir tomonidan yaratilgan
portret doim uning avtoportreti sifatida ham amal qiladi).
Ilmiy bilim borliqni moddiy va obyektiv o’rganishga qarab mo’ljal oladi. Biroq
bu olimning shaxsiy xususiyatlari, uning qadriyatlari va mo’ljallari ilmiy ijodda rol 
o’ynamaydi va uning natijalariga ta’sir ko’rsatmaydi, degan ma’noni anglatmaydi.
Ilmiy bilish jarayoni nafaqat o’rganilayotgan obyektning o’ziga xos 
xususiyatlari, balki ijtimoiy-madaniy xususiyatga ega bo’lgan ko’p sonli omillar
bilan ham belgilanadi.
Ilmiy bilishni uning tarixiy rivojlanishiga bog’lab o’rganar ekanmiz, madaniyat
tipi o’zgarishiga qarab ilmiy bilimni bayon etish andozalari, fanda borliqqa 
yondashish usullari va tafakkur uslublari qanday o’zgarib borganini ko’rishimiz
mumkin. Bu andozalar, usullar va uslublar madaniyat kontekstida, uning har xil 

18
hodisalari ta’sirida shakllanadi. Bu ta’sirni ilmiy bilimning rivojlanish jarayoniga 


har xil ijtimoiy-madaniy omillarning qo’shilishi sifatida tavsiflash mumkin. Biroq


har qanday bilish jarayonida obyektiv va subyektiv narsalar va hodisalarning 
aloqalarini qayd etish hamda fanni inson ma’naviy faoliyatining boshqa shakllariga
bog’lab o’rganish zarurligi fan bilan bu shakllar (kundalik bilish, badiiy tafakkur 
va sh.k.) o’rtasidagi farq masalasini kun tartibidan chiqarmaydi. Ilmiy bilishning 

obyektivligi va moddiyligi bunday farqning birinchi va eng muhim xususiyati
hisoblanadi.
Ilmiy bilish tabiatini aniqlashda fanning o’ziga xos belgilari tizimini farqlash
mumkin bo’lib, ularning orasida quyidagilar birinchi o’rinda turadi: a) 
obyektlarning o’zgarishi qonunlarini o’rganishga qarab mo’ljal olish hamda bu
mo’ljalni ro’yobga chiqaruvchi ilmiy bilimning moddiyligi va obyektivligi; b) fan 
ishlab chiqarish moddiy tuzilmalari va kundalik tajriba chegaralaridan chetga
chiqishi hamda obyektlarni ularni ishlab chiqarishda o’zlashtirishning bugungi 
imkoniyatlaridan qat’i nazar o’rganish. Fanni bilish faoliyatining boshqa
shakllaridan farqlash imkonini beruvchi boshqa muhim xususiyatlarni yuqorida 
zikr etilgan muhim belgilarga bog’liq va ular bilan belgilanuvchi xususiyatlar
sifatida tavsiflash mumkin.



Download 290.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling