5-mavzu. Bilish nazariyasi, yo’nalishlari va asosiy muammolari Reja
Download 290.07 Kb.
|
5-mavzu. Bilish nazariyasi, yo’nalishlari va asosiy muammolari R-fayllar.org
Bilish faoliyat turi sifatida. Insonning o’zini qurshagan dunyoni tushunib
yetishi muhim falsafiy muammolardan biridir. Mohiyat e’tibori bilan, dunyoni bilish mumkinmi, degan masala dunyoning inson ongida aniq va to’liq aks etish, insonning bu dunyoda ongli va erkin mo’ljal olish va faoliyat olib borish imkoniyati to’g’risidagi masaladir. Insonning o’zini qurshagan dunyoda mo’ljal olish funksiyasini bilim bajaradi. Bilim – inson ong yordamida oladigan dunyo haqidagi ma’lumotlarning eng oliy darajasi. Bilim obrazlar va belgilar shaklida mavjud bo’ladi va undan odamlar amaliy faoliyatining ideal rejasi sifatida foydalaniladi. Bilimsiz (oddiy, ilmiy, badiiy va boshqa bilimlarsiz) dunyoning manzarasini shakllantirish mumkin emas. F.Bekon shu munosabat bilan bilim kuchdir deb ta’kidlagan edi. Bilimni Gegel ta’biri bilan aytganda faqatgina subyektiv tasavvur, erkin mulohaza, tasavvur mahsuli bo’lgan fikrdan farqlay bilish lozim. Insonning dunyoni bilishga intilishining mohiyati u aniq yoki noaniq bilimlarni faol va izchil izlashi va ularni olishidan iborat. Falsafaning bilish muammolari ko’rib chiqiladigan bo’limi gnoseologiya yoki bilish nazariyasi deb ataladi. Insonning dunyoni bilish jarayonini boshqa fanlar – mantiq, psixologiya, sosiologiya ham o’z nuqtai nazaridan o’rganadi. 23
e’tiqodni qarama-qarshi qo’yish yaramaydi. E’tiqod – moddiy va ma’naviy dunyo narsalari, jarayonlari va hodisalarini dalil-isbotsiz bilish demak. «Men Xudoning borligiga ishonaman»; «men yaqinda bahor kelishiga ishonaman»; «men o’z ishimning muvaffaqiyatiga ishonaman» va h.k. va sh.k. E’tiqod – bu insonning ishonchi. Bilim bizga aniq-ravshan ko’rinib turadigan narsalarni kashf etish imkonini bersa, e’tiqod, ishonch insonga hozircha ko’rinmaydigan va sirli narsalarni aniqlashga yordam beradi. Shu tariqa e’tiqod bilish jarayonida faol ishtirok etadi va uning muhim unsuri hisoblanadi. Biroq, shu bilan bir vaqtda, zamirida aqlning so’qirligi, mutaassiblik va insonning kuchsizligi yotuvchi soxta e’tiqod ham mavjudligi qayd etib o’tish lozim. Bunga qarama-qarshi o’laroq, inson kuch-qudratining ramzi sanalgan oqilona e’tiqod mavjud bo’lib, u odamzotning emosional va intellektual faolligiga imkoniyat yaratadi, bilish yo’lida izlanishga rag’batlantiradi. Barcha olimlarning ilmiy faoliyati zamirida inson tafakkuriga qattiq ishonch yotadi, aks holda ular o’z kashfiyotlarini yarata olmas edilar. Shu ma’noda oqilona e’tiqod go’yo zulmatdagi nur, haqiqat va taraqqiyotni harakatlantiruvchi kuch hisoblanadi. Oqilona e’tiqod bilim yo’lini mash’al kabi yoritadi, ijodga imkoniyat yaratadi, bu yo’lda insonga ishonch va kuch baxsh etadi. E’tiqodning yo’qligi esa, aksincha, skeptisizm, bo’shliqda mavjudlik va bilishning samarasizligi hissini uyg’otadi. Shunday qilib, fikr, e’tiqod va bilim haqiqat sari yuksalishning zarur bosqichlari, inson ma’naviy tajribasining muhim shakllari hisoblanadi. Xo’sh, bilishning o’zi nima? Uning mohiyati nimada? Avvalo, bilish – inson aks ettirish faoliyatining alohida turi. U «inson – mehnat vositalari – tabiat» sistemasi doirasida inson bu qurollar yordamida narsalar mohiyati, masalan, magnetizm tabiati, hayot mazmuni va hokazolar yashirinib yotgan dunyoning «qobig’i»ni ochishiga qarab amalga oshadi. U dunyoning sirlarini ochadi va tagiga yetadi. Bilish – inson qo’lga kiritadigan axborotning eng oliy darajasi. Bu axborotni u bilish muammolari va vazifalarini qo’yish va yechish yo’li bilan, izchil anglab yetadi. Axborot miyaning abstraktlashtiruvchi faoliyati yordamida belgi shaklini (2 2
foydalanish uchun qulaydir. Bilish inson izchil va ijodiy faoliyatining ijtimoiy jarayoni bo’lib, unda tashqi dunyoning ideal obrazlari yuzaga keladi va bilish maqsadi bo’lgan bilim shakllanadi. Bilish jarayoni tarix falsafasida ma’lum vaqt mobaynida (masalan, XVIII asr falsafiy materializmida) insonning sezgi a’zolariga tabiatning mexanik ta’siri sifatida qaralgan. Inson passiv mavjudot va tabiat uni o’z maqomiga yo’rg’alatadi, 24
o’ynatadi», deb yozgan edi V.Gyugo. Biroq amalda bilish doim ancha faol xususiyatga ega bo’lgan va shunday bo’lib qoladi. Bu odamlarning ehtiyojlari va manfaatlari, ularning umumiy maqsadlarga erishish yo’lidagi hamkorligi, boshqa omillar bilan belgilanadi. Boshqacha aytganda, bilish ijtimoiy tabiat, ya’ni jihatlar va xususiyatlarga ega. Bunga, jumladan, nemis klassik falsafasida subyektning faolligi konsepsiyasida (I.Fixte va boshqalar) e’tibor qaratilgan. Bilishning ijtimoiy tabiati, agar bu haqda atroflicha so’z yuritadigan bo’lsak, yana quyidagilarni ham anglatadi. Bilish doim ijtimoiy munosabatlar va madaniyat dunyosining faol ta’siri ostida yuz beradi. Biz faqat o’zimiz yashayotgan davr shart-sharoitlarida va bu shart-sharoitlar beradigan imkoniyat darajasida bilishimiz mumkin. Bu shart-sharoitlar jamiyatning muhim ehtiyojlari ko’rinishida ijtimoiy buyurtmani yuzaga keltiradi. Ular subyektni shakllantiradi va bilish jarayoniga muayyan darajada ta’sir ko’rsatadi – uni jadallashtiradi yoki sekinlashtiradi. Masalan, o’rta asrlarda dunyo va insonni bilishga din va cherkov katta ta’sir ko’rsatgan. XX asrda esa bilishga boshqa omillar, chunonchi: kosmosni keng miqyosda o’zlashtirish, ekologiya, oziq-ovqat muammolarini yechish va hokazolar kuchli ta’sir ko’rsatmoqda. Bilish itellektual saloxiyatga tayanishni talab qiladi. Intellektual saloxiyat insoniyatning jami bilimlari, bilish metodlari va tushunchalar apparati, mavjud ilmiy faktlar va boshqa bilimlar majmuidir Ishni har safar bo’sh joyda, «noldan» boshlamaslik uchun bilishda erishilgan yutuqlarga tayanish juda muhim. Bilish jarayonini muomala vositasi sifatidagi til yordamidagina amalga oshirish mumkin. U butun jamiyatning kollektiv boyligi, insoniyat madaniyatining muhim unsuri hisoblanadi. Fan uchun esa til, avvalo, axborotni jamg’arish va saqlash vositasi, dunyo haqidagi bilimlar va ma’lumotlarning ulkan omboridir. Ijtimoiy munosabatlar subyekt bilish obyektiga o’z manfaatlaridan kelib chiqib yondashishini belgilaydi. Shundan ijtimoiy hayotning ayni bir hodisalari va muammolarini har xil, ba’zan hatto bir-biriga teskari idrok etish va talqin qilish hollari yuz beradi. Masalan, tarixda insoniyatning kelajakdagi rivojlanish yo’li va shakli har xil tasavvur qilingani ma’lum. Hozirgi siyosiy hayotda ayni bir hodisalar (xususiy mulk instituti, bozorning shakllanishi va boshqalar) ayrim ijtimoiy guruhlar tomonidan ijobiy baholansa, boshqa ijtimoiy guruhlar tomonidan salbiy baholanadi. Bularning barchasi ijtimoiy hodisalarni bilishda mafkura, ya’ni muayyan ijtimoiy hodisalarni har xil ijtimoiy guruhlar va tabaqalar nuqtai nazaridan baholash mavjudligidan dalolat beradi. Bilish doimo ijod, ya’ni qandaydir yangi, ilgari noma’lum bo’lgan narsani yaratishdir. Ijodning bosh mezoni (ko’rsatkichi) – olingan natijalarning yangiligi va ijtimoiy ahamiyatga ega ekanligi. U juda katta aqliy va jismoniy harakat («ijod 25
jonbozlik talab qiladi. Shunday qilib, insonning bilishi rivojlanib boruvchi faol jarayon. Bu, avvalo, jamiyatda yangi va yangi ehtiyojlarning tug’ilishi va tegishli ravishda amaliyotning rivojlanishi va takomillashuvi bilan belgilanadi. Ayni shu sababli bilish «mangu harakat, qarama-qarshiliklarning yuzaga kelishi va ularning yechilishi jarayoni» sifatida qaralishi lozim. Bilish jarayonining ichki mantiqi (izchilligi) qanday? Bilish – tashqi, yuzada yotgan xossalar va munosabatlarni ilg’ashdan ichki, nisbatan barqaror aloqalarni aniqlashga o’tish demak. Pirovardida bu narsaning mohiyati («siri») haqida bilim beradi. Bilish jarayoni harakatining mantiqi asosan oddiy kuzatishdan abstrakt tafakkur (mushohada yuritish)ga, hodisadan uning mohiyatini anglab yetishga yuksalishdan iborat. G.Gegel bilishni haqiqat yashirinib yotgan chuqurlikka tushuvchi zinapoyaga o’xshatgani bejiz emas. Bilish tavsiflashdan sabablarni aniqlash va tushuntirish sari harakatlanadi. Download 290.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling