5-mavzu. Bilish nazariyasi, yo’nalishlari va asosiy muammolari Reja


Download 290.07 Kb.
bet24/26
Sana11.11.2023
Hajmi290.07 Kb.
#1767229
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
5-mavzu. Bilish nazariyasi, yo’nalishlari va asosiy muammolari R-fayllar.org

Hozirgi zamon metodologiyasi. «Kumatoid», «case studies», «abduksiya» 
tushunchalari an’anaviy metodologik tushunchalar ruhida tarbiyalangan odamga
erish tuyulishi mumkin. Ammo, aynan ular metodologiyaning hozirgi rivojlanish 
bosqichining o’ziga xos xususiyati ilmiy muomalaga mutlaqo yangi tushunchalarni
kiritish bilan bog’liq ekanligini ko’rsatadi. Mazkur tushunchalarning aksariyati 
muayyan (xususiy) fanlar sohasi bilan bog’liq. Bunday tushunchalar qatoriga
hozirda ancha mashhur bo’lgan bifurkasiya, «fluktuasiya», «dissipasiya», 
«attraktor» tushunchalarini, shuningdek, «kumatoid» (yunoncha–to’lqin) degan
innovasion tushunchani kiritish mumkin. So’nggi tushuncha ma’lum ma’noda 
suzayotgan obyektni anglatadi va obyektlarning tizimli xususiyatini aks ettiradi. U
vujudga kelishi, hosil bo’lishi, shuningdek yo’qolishi, parchalanishi mumkin. U 
o’zining barcha elementlarini birvarakay emas, balki o’ziga xos «hissiy-o’ta
hissiy» tarzda namoyon etadi. Masalan, tizimli obyekt–o’zbek xalqini ma’lum 
zamon, makon bo’lagida ifoda etish va mahalliylashtirish mumkin emas.
Boshqacha qilib aytganda, obyektni yaxlit ifoda etish uchun o’zbek xalqining 
barcha vakillarini yig’ish mumkin emas. Shu bilan birga, mazkur obyekt soxta
emas, realdir. Uni kuzatish, o’rganish mumkin. U butun sivilizasion-tarixiy 
jarayonning yo’nalishini ko’p jihatdan belgilab beradi.
Yana bir misol–talabalar guruhi. U dam paydo bo’ladigan, dam ko’zdan 
yo’qoladigan suzuvchi obyekt sifatida o’zaro aloqalarning deyarli barcha
tizimlarida namoyon bo’ladi. Masalan, o’quv mashg’ulotlari tugaganidan keyin 
guruh yaxlit obyekt sifatida mavjud bo’lmaydi, ammo institusiyaviy belgilangan
ma’lum vaziyatlar (guruh raqami, talabalar soni, guruh tuzilishi, umumiy 
xususiyatlari)da u obyekt sifatida namoyon bo’ladi va o’z-o’zini identifikasiya
qiladi. Bundan tashqari, mazkur kumatoid guruh a’zolari o’rtasidagi do’stlik, 
raqobat va boshqa munosabatlar bilan ham qo’llab-quvvatlanadi.
Kumatoidning o’ziga xos xususiyati shundaki, u zamon va makonda 
mahalliylashishga befarq bo’libgina qolmay, substrat–o’zini tashkil etuvchi
materialga ham qattiq bog’lanmagan. U tizimli xususiyatlarga ega emas. 
Binobarin, mazkur xususiyatlar uning tarkibiy qismlariga mavjud yoki mavjud
emasligiga, ayniqsa, ularning rivojlanish yo’nalishi yoxud xulq-atvor tarziga 
bog’liq. Kumatoidni moddiy tarzda mustahkamlangan ma’lum bir xususiyat yoki
bunday xususiyatlar to’plami bilan aniq identifikasiya qilish mumkin emas. Butun 
ijtimoiy hayot suzuvchi obyektlar–kumatoidlar bilan to’lib-toshgan.
«Case studies» tipiga mansub, ya’ni vaziyatli tadqiqotlar o’tkazish hozirgi 
zamon metodologiyasidagi muhim yangilikdir. Mazkur tadqiqotlarni o’tkazishda
fanlararo tadqiqotlar o’tkazish metodologiyasiga tayaniladi, ammo individual 
subyektlarni, mahalliy gruppaviy dunyoqarashlar va vaziyatlarni o’rganish nazarda
tutiladi. «Case studies» atamasi presedentning, ya’ni kuzatish ostida bo’lgan va 

43
tushuntirishning mavjud qonunlari doirasiga sig’maydigan individuallashtirilgan 


obyektning mavjudligini aks ettiradi. Vaziyatli tadqiqot metodologiyasi


neokantianlar Baden maktabining idiografik metodi bilan bog’liq.
Vaziyatli tadqiqotlarning ikki tipi: tekstual va maydondagi tadqiqotlar
farqlanadi. Ularning ikkalasida ham mahalliy determinasiya birinchi darajali 
ahamiyatga ega. Mahalliy determinasiya «ichki ijtimoiylik» tushunchasi bilan
muayyanlashadi va ayni guruh yoki vaziyatga xos bo’lgan faoliyat, muloqot 
shakllari ta’sirida shakllanadigan bilimning noaniq shartlarining tutash tizimi deb,
alohida so’zlar va harakatlarning ma’no-mazmunini belgilaydigan ijtimoiy-
madaniy kontekst deb tushuniladi. Vaziyatli tadqiqotlarning ustunligi shundaki,
ularda bilim tizimining mazmuni shartlarning pirovard to’plami, hayotiy 
vaziyatlarning muayyan va alohida shakllari nuqtai nazaridan ochib beriladi.
Hozirgi zamon metodologiyasi o’z an’anaviy metodlarining universalligi 
cheklanganligini tushunadi. Masalan, gipotetik-deduktiv metod ishni tayyor
gipotezalardan boshlab, «dalillarni eng yaxshi tushuntirish» bosqichidan sakrab 
o’tganligini uchun tanqid qilinadi. Mazkur bosqich «abduksiya» deb ataladi va fikr
yuritish orqali empirik faktlardan ularni tushuntiruvchi gipotezaga yuksalishni 
nazarda tutadi. Bunday fikr yuritish turmushda va amaliyotda ko’p uchraydi. Har
bir inson tushuntirish yo’llarini izlashda beixtiyor abduksiyaga murojaat etadi. 
Masalan, vrach kasallik alomatlariga qarab, uning sababini, detektiv esa jinoyat
izlariga qarab jinoyatchini qidiradi. Xuddi shuningdek, olim ham sodir bo’layotgan 
hodisani tushuntirishda abduksiya metodidan foydalanadi. Mazkur atama
induksiya va deduksiya singari mashhur, keng e’tirof etilgan bo’lmasa ham, u 
yangi hamda samarali metodologik strategiyani ishlab chiqishda muhim rol
o’ynaydi.
Shunday qilib, metodologiya ma’lum bir, hatto, «eng muhim metod»ga ham
bog’liq bo’lmaydi. «Olim hyech qachon faqat bitta ta’limotga tayanib qolmasligi, 
hyech qachon o’z tafakkur metodlarini faqat bitta falsafa bilan cheklab qo’ymasligi
kerak»

2
. Metodologiya alohida metodlarning oddiy yig’indisi, ularning «mexanik 


birligi» ham emas. Metodologiya – turli darajadagi usul va tamoyillarning faoliyat
sohalari, yo’nalishlari, evristik imkoniyatlar, mazmunlar, tuzilmalar va 
hokazolarning murakkab, yaxlit hamda muvofiqlashtirilgan tizimi.


Download 290.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling