Umumilmiy yondashuvlar va tadqiqot metodlari ular falsafa bilan maxsus
fanlarning fundamental nazariy-metodologik qoidalari o’rtasida o’ziga xos «oraliq
metodologiya» bo’lib xizmat qiladi. Umumilmiy tushunchalar qatoriga ko’pincha
«axborot», «model», «tuzilma», «funksiya», «tizim», «element», «oqilonalik»,
«ehtimollik» singari tushunchalar kiritiladi.
Birinchidan, bir qancha xususiy fanlar hamda falsafiy kategoriyalarning
alohida xossa, belgi va tushunchalari umumilmiy tushunchalarning mazmuniga
«singdirib» yuborilganligi, ikkinchidan, (falsafiy kategoriyalardan farqli o’laroq)
matematik nazariya va simvolik mantiq vositalari bilan ularni formallashtirish,
ularga aniqlik kiritish mumkinligi umumilmiy tushunchalarning o’ziga xos
jihatlaridir.
Agar falsafiy kategoriyalar umumlikning mumkin bo’lgan eng yuqori darajasi
– muayyan umumiy darajani o’zida mujassamlashtirgan bo’lsa, umumilmiy
tushunchalarga ko’proq umumiy abstrakt (bir xil) daraja xoski, bu ularni abstrakt-
formal vositalar yordamida ifoda etish imkonini beradi. Falsafaning asosiy
masalasini (to’la hajmda) yechishda «ishtirok etish» sharti muayyan «tafakkur
shaklini yaratish»ning «falsafiyligi», «dialektikligi» darajasini aniqlashning muhim
mezonidir.
Umumilmiy tushuncha va konsepsiyalar asosida bilishning tegishli metodlari,
tamoyillari ta’riflanadi, ular esa, o’z navbatida, falsafaning maxsus ilmiy bilim va
uning metodlari bilan oqilona o’zaro aloqasini ta’minlaydi. Umumilmiy tamoyillar,
yondashuvlar qatoriga tizimli va strukturaviy-funksional, kibernetik, ehtimoliy
yondashuvlar, modellashtirish, formalizasiya hamda boshqalar kiradi.
Umumilmiy tushunchalarning muhim roli shundan iboratki, ular o’zining
«oraliq xususiyati» bilan falsafiy va alohida ilmiy bilimning (shuningdek tegishli
metodlarning) o’zaro o’tishini ta’minlaydi. Gap shundaki, birinchi bilim ikkinchi
bilimga sof yuzaki tarzda, bevosita o’tmaydi. Shuning uchun ham maxsus ilmiy
mazmunni darhol falsafiy tushunchalar tilida ifodalashga urinishlar, qoida
tariqasida, nokonstruktiv va samarasiz bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |