5-mavzu. Bilish nazariyasi, yo’nalishlari va asosiy muammolari Reja


Download 290.07 Kb.
bet21/26
Sana11.11.2023
Hajmi290.07 Kb.
#1767229
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
5-mavzu. Bilish nazariyasi, yo’nalishlari va asosiy muammolari R-fayllar.org

Fluktuasiyalar umumiy holda ta’sirlantirishni anglatadi. Ularning ikki katta
turkumi: tashqi muhit yaratadigan fluktuasiyalar va tizimning o’zida vujudga 
keladigan fluktuasiyalar farqlanadi. Ba’zan fluktuasiyalar juda kuchayib, tizimni
to’la egallab olishi va mohiyat e’tibori bilan uning mavjudlik tartibini o’zgartirib 
yuborishi mumkin. Ular tizimni unga xos bo’lgan «tartib turi»dan olib chiqadi,
ammo xaosga olib chiqadimi yoki yo’qmi
1
– bu masalaning boshqa tomoni.

Ta’sirlar tarqaladigan tizim dissipativ tizim hisoblanadi. Umuman olganda, bu


fluktuasiyalar to’la qamrab olgan tizim xulq-atvorining xususiyatidir. Har xil 
ta’sirlarga o’ta ta’sirchanlik va buning natijasida haddan tashqari nomuvoziylik –

dissipativ tizimning asosiy xossasidir. To’plamlarni o’ziga tortuvchi, elementlar
intiladigan markazlarni hosil qiluvchi tuzilma – attraktor deb ataladi. Masalan, bir 
yerga olomon to’planganida, o’z yo’nalishida harakatlanayotgan odam unga e’tibor
bermasdan o’tib keta olmaydi. Uning trayektoriyasi olomon tomonga buriladi. 
Kundalik hayotda bu qiziquvchanlik, deb ataladi. O’z-o’zini tashkil etish
nazariyasida mazkur jarayon «to’planish nuqtasiga siljish» deb nomlanadi. 
Attraktorlar o’z atrofiga stoxastik elementlarni to’playdi, shu tariqa muhitni
tuzilmalarga ajratadi va tartib o’rnatish ishtirokchisiga aylanadi. Dunyoning 
postnoklassik manzarasida tartiblilik va tuzilmalarga ajratilganlik tartibsizlik va
stoxastiklik singari voqyelikning obyektiv, universal xususiyatlari, deb e’tirof 
etilgan. Ular rivojlanishning barcha strukturaviy darajalarida namoyon bo’ladi.
Nomuvoziy tizimlarning nomuntazam xulq-atvori muammosi sinergetikaning 
diqqat markazida turadi. Sinergetika – strukturogenezning eng umumiy
qonuniyatlarini aniqlashni o’z predmetiga aylantirgan o’z-o’zini tashkil etish 
nazariyasidir.
1
Н.Моисеев Современнўй рационализм. М.: 1995. -С 48. 

39




Download 290.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling