5-mavzu. Bilish nazariyasi, yo’nalishlari va asosiy muammolari Reja


Download 290.07 Kb.
bet14/26
Sana11.11.2023
Hajmi290.07 Kb.
#1767229
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26
Bog'liq
5-mavzu. Bilish nazariyasi, yo’nalishlari va asosiy muammolari R-fayllar.org

Shaxsiy bilim. Bilim shakllari to’g’risida so’z yuritar ekanmiz, M.Polani
tomonidan ishlab chiqilgan shaxsiy bilim konsepsiyasini chetlab o’tishimiz 
mumkin emas. Olim o’z konsepsiyasini tuzishda bilim – anglash mumkin bo’lgan
narsalarni faol o’zlashtirish, alohida mahorat va alohida vositalarni talab qiluvchi 
harakat, degan tamoyildan kelib chiqqan. Hamonki fanni odamlar yaratar ekan,
bilish faoliyati jarayonida olinadigan bilimlarni (xuddi shu jarayonning o’zi kabi) 
odamlardan ajratish mumkin emas. Demak, odamlarni (aniqrog’i, o’z qiziqishlari,
maqsadlari va mo’ljallariga ega bo’lgan olimlarni) ular yaratayotgan bilimlardan 
ajratib yoki boshqa odamlar bilan almashtirib bo’lmaydi.
Polani fikriga ko’ra, shaxsiy bilim muqarrar tarzda intellektual jonbozlikni 
talab qiladi. Unda nafaqat bilish borlig’i, balki bilishga harakat qilayotgan shaxs,
uning bilimga qiziqishi, bilimni talqin qilish va undan foydalanishga nisbatan 
shaxsiy yondashuvi, uni o’ziga xos tarzda anglab yetishi mujassamlashadi.
Shaxsiy bilim nafaqat qandaydir fikr-mulohazalar majmui, balki shaxsning 
kechinmalari hamdir. Shaxs bilimni shunchaki qayd etmaydi, balki u bilan birga
yashaydi.
Bilim tasnifini har xil asoslar (mezonlar)ga ko’ra tekshirish mumkin. Shu
munosabat bilan, masalan, oqilona va emosional, fenomenalistik (sifat 
konsepsiyalari) va essensianalistik (asosan tahlilning miqdoriy vositalari bilan
qurollangan), empirik va nazariy, fundamental va amaliy, falsafiy va ayrim ilmiy, 
tabiiy ilmiy va ijtimoiy bilimlar farqlanadi.


19



Ijtimoiy bilish asosan o’zi o’rganayotgan borliqning sifat tomonini 
tavsiflashga qarab mo’ljal oladi. Bu yerda hodisalar va jarayonlar miqdor va
umumiylik nuqtai nazaridan emas, balki sifat va xususiylik nuqtai nazaridan 
o’rganiladi. Shu sababli miqdor metodlarining ulushi bu yerda tabiiy-matematik
siklga mansub fanlarga qaraganda kamroq. Biroq bilimning matematikalashuvi, 
kompyuterlashuvi jarayonlari bu yerda ham tobora kengroq tus olib bormoqda.
«Inson borlig’i», ijtimoiy bilish predmeti sifatida, o’ziga xos xususiyatga ega 
bo’lganligi tufayli, unda matematik apparatdan foydalanish ancha mushkul. Bu
sohaga matematik metodlarni tatbiq etishga ijtimoiy obyektlarning o’ta 
individualligi (va hatto betakrorligi), subyektiv (shu jumladan sof irrasional)
jihatlar doimo mavjudligi, nazorat qilib bo’lmaydigan, tasodifiy munosabatlarning 
ko’pligi, ma’nolarning mujmalligi, nomukammalligi va hokazolar xalaqit beradi.
Biroq bu ijtimoiy fanlarni matematikalashtirish mutlaqo mumkin emasligidan 
dalolat bermaydi. Bu borada toq to’plamlar nazariyasiga katta umid bog’lanmoqda.
Toq to’plamlar deganda chegaralari aniq bo’lmagan to’plamlar tushuniladi, bunda 
elementlarning mazkur to’plamga mansubligidan unga mansub emasligiga o’tish
keskin emas, balki asta-sekin yuz beradi.
Ijtimoiy fanlarda miqdor metodlaridan foydalanish tobora keng va samarali tus
olib bormoqda. Ularning ayrimlari (iqtisodiyot, sosiologiya)dan miqdor metodlari 
mustahkam o’rin olgan, ayrimlari (tarix, san’atshunoslik va boshqalar)ga esa ular
ehtiyotkorlik bilan kirib bormoqda. Masalan, tarix fani doirasida matematik 
metodlar tarixni o’rganishning asosiy vositasi bo’lgan alohida fan – kiometriya
(so’zma-so’z ma’nosi – tarixni o’lchash) yuzaga keldi va shakllanmoqda. Biroq, 
ijtimoiy fanlarda matematik metodlar qay darajada keng qo’llanilmasin, ular bu
fanlar uchun asosiy emas, balki yordamchi metodlar bo’lib qolayotir.
Ijtimoiy bilishda empirik va nazariy unsurlarning o’ziga xos uyg’unligi
kuzatiladi. Ijtimoiy bilishda empirik metodlarning imkoniyatlari cheklangan 
bo’lsa-da, ular bu yerda tobora kengroq va o’ziga xos tarzda qo’llanilmoqda.
Bular, avvalo, ko’rib chiqilayotgan hodisalarning sof obyektiv xossalarini emas, 
balki ularning insoniy ko’rsatkichlarini aniqlashga qaratilgan so’rovlar, anketalash,
testlash, modelda eksperiment o’tkazish va hokazolardir.



Download 290.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling