5-mavzu. Bilish
Download 271.14 Kb.
|
5 мавзу (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Il m i y b a s h o r a t
Bashorat — insonning kelgusida tabiat va jamiyatda nimalar sodir bo’lishi, qanday hodisa va voqealar yuz berishini bilishi bo’Iib,inson miyasining borliq voqea va hodisalar istiqbolini oldindan aks ettirish qobiliyati bilan bog’liq jarayondir. Inson biror faoliyatini boshlar ekan, buni qanday qilib amalga oshirish, qay tarzda va qanday tartibda qilish kerakligi ustida fikrlaydi. Shu asosda o’z faoliyatining qanday
natijalarga olib kelishini fikran belgilab oladi. Inson doimo o’zining oldin orttirgan bilimlariga, tajriba, ko’nikma va malakalariga tayanadi. Shular asosida oldindan ko’rish sodir bo’ladi. Ilmiy bashorat — tadqiqotchi yoki olimning tabiat, jamiyat va inson tafakkuri taraqqiyoti qonunlariga asoslanib, kelgusida yuz beradigan hodisa, voqea yoki jarayonni oldindan aytishidir. Ijtimoiy bilish — jamiyatdagi, ijtimoiy hodisalarning mohiyatini, ularning kelib chiqishi, yashashi va rivojlanish qonunlarini bilishdir. Ijtimoiy bilish kengma’noda, ijtimoiy borliq va ijtimoiy ongning in’ikosidir. Ijtimoiy bilish jamiyat paydo bo’lishi bilan birga paydo bo’lgan va uning o’zgarib, rivojlanib borishi bilan ham rivojlanib borgan. Ijtimoiy bilishning o ‘ziga xos xususiyatlari nimadan iborat, i tabiatni bilishdan nima bilan farq qiladi? Tabiatni bilish qulaymi yoki jamiyatni bilish o’ng’aymi. Albatta, tabiatni bilish jamiyatni bilishdan ancha oson. Chunki, tabiat bilishga qarshilik qilmaydi. Shuning uchun oldin tabiiy fanlar paydo bo’lganligini hamma biladi. Ijtimoiy bilish insonning ijtimoiy borliqni ma’lum maqsad asosida o’zlashtirilishidir. U tabiatni bilishdan farqli o’laroq, faqat jamiyatdagi moddiy ijtimoiy faoliyat va munosabat qonuniyatlarini bilishdan iborat bo’lmasdan, ma’naviy, mafkuraviy faoliyatlar va munosabatlarni, ularning qonuniyatlarini bilishni ham o’z ichiga oladi. Shu asosda ijtimoiy bilishning quyidagi o’ziga xos xususiyatlarini ko’rsatish mumkin: Tabiatni bilishda inson faqat bilishning subekti bo’lib hisoblanadi. Jamiyatni bilishda esa inson ham, obekt ham subektdir. Inson o’z tarixini yaratadi va uni biladigan ham o’zi. Jamiyatni bilishda inson manfaatlari rol oynaganligi uchun biluvchi subektning xohish-irodasi katta ahamiyatga ega. Binobarin, ijtimoiy bilishda tasodiflarning roli ham ortib ketadi. Ijtimoiy harakat tepasida kim turgani, u qanday shaxs ekanligining xarakteriga, katta ta’sir qiladi. Ijtimoiy bilishda subektning, subektiv omilning roli juda katta. Chunki, qarama- qarshi maqsad, intilish va boshqalar belgilovchi ahamiyatga egadir. Shuning uchun dalillar, voqealarga baho berganda alohida olingan shaxs faoliyatini emas, balki sinflarning, ijtimoiy guruhlarning manfaatlari nuqtayi nazaridan kelib chiqmoq zarur. Bu ma’noda ijtimoiy bilish o’z ichiga falsafaning faqat gnoseologik, mantiqiy vazifasinigina emas, balki dunyoqarash vazifasini ham qamrab oladi. Ijtimoiy bilishda subektning ruhiy holati, ehtirosi, kayfiyat, dunyoqarashi, tarbiyasi, ma’lumoti ham katta rol oynaydi. Moddiy hayot sharoitlari, moddiy ishlab chiqarishning qanday rivojlanganligi ham bu yerda muhim ahamiyatga ega. Tabiatni bilishda faqat moddiy munosabatlar tekshiriladi. Jamiyatni bilishda esa, moddiy munosabatlar bilan bir qatorda ma’naviy, mafkuraviy munosabatlar ham bilishning obekti bo’lib hisoblanadi. Ma’lumki, hech bir inson o’zini yomon demaganidek, hech qaysi jamiyat ham o’zini yomonlamaydi. Ijtimoiy fanlar tabiiy fanlardan keyin kelib chiqqan, dedik. Buning sababi shundaki, ijtimoiy voqealar juda murakkab va chigal jarayon bo’lib, uning qonuniyatlarini ochish ancha qiyin. Buning uchun jamiyat taraqqiyoti ham ma’lum bosqichgacha rivojlanib, uning qonuniy tartibotlari aniqroq namoyon bo’lishi kerak edi. Tabiatshunos olim o’zi tekshirayotgan narsani amalda sinab, tekshirib ko’rish imkoniyatiga ega. Ijtimoiy bilishda bunday imkoniyat yo’q darajada, tarixchi olim bunday imkoniyatga ega emas. Yuqoridagi xususiyatlar asosida ijtimoiy bilish uchun narsa va hodisalarni bir- biri bilan aloqador va bog’lanishda olib tekshirib, tarixiylik tamoyiliga amal qilish, haqiqatning konkretligidan kelib chiqib ish yuritish muhim ahamiyatga egadir. Ijtimoiy bilish — insonning ijtimoiy borliqni ma’lum maqsad asosida o’zlashtirishidir. U, tabiatni bilishdan farqli o’laroq, faqat jamiyatdagi moddiy, ijtimoiy faoliyatlar va munosabatlarni hamda ularning qonunlarini bilishdan iborat bo’lmasdan, ma’naviy, mafkuraviy va munosabat qonuniyatlarini bilishni ham o’z ichiga oladi. Ijtimoiy bilish, shu bilan birga, insonning o’zini ham, uning tabiati va jamiyatdagi o’rnini, taqdiri, hayotining ma’nosi va mazmunini bilishdan ham iboratdir. Ijtimoiy bilishning har bir yangi bosqichi oldingi avlodlarning amaliy tajribalari va nazariy bilimlariga tayangan holda yuzaga keladi. Ijtimoiy bilishni yuzaga keltiradigan asosiy omillardan biri — ijtimoiy ehtiyojlar va manfaatlardir. Har qanday ijtimoiy bilish jamiyat ijtimoiy ehtiyojlari bilan, kishilarning moddiy va ma’naviy manfaatlari bilan uzviy bog’liq holda yuzaga keladi. Download 271.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling