5-mavzu. Bilish


Download 271.14 Kb.
bet2/19
Sana27.01.2023
Hajmi271.14 Kb.
#1130374
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
5 мавзу (1)

Bilish obekti. Tadqiqotchi-olim, faylasuf, san’atkor va boshqalarning, umuman insonning bilimlar hosil qilish uchun ilmiy faoliyati qaratilgan narsa, hodisa, jarayon, munosabatlar bilish obektlari hisoblanadi. Bilish obektlari moddiy, ma’naviy, konkret, mavhum, tabiiy va ijtimoiy bo’lishi mumkin. Bilish obektlari eng kichik zarralardan tortib ulkan galaktikagacha bo’lgan borliqni qamrab oladi. Bilish obektlariga asoslanib, bilim sohalari tabiiy, ijtimoiy-gumanitar va texnik fanlargaajratiladi.
Bilish subekti. Bilish bilan shug’ullanuvchi kishilar va butun insoniyat bilish subekti hisoblanadi. Ayrim Mingan tadqiqotchiolimlar, ilmiy jamoalar, ilmiy tadqiqot institutlari ham alohida bilish subektlaridir. Ilmiy faoliyat tabiat va jamiyat mohiyatini bilishgagina emas, balki insonning o’ziga ham qaratilishi mumkin. Inson va butun insoniyat ayni bir vaqtda ham bilish obekti, ham bilish subekti sifatidanamoyon bo’ladi.
Bilishning maqsadi ilmiy bilimlar hosil qilishdangina iborat emas, balki bilish jarayonida hosil qilingan bilimlar vositasida insonning barkamolligiga intilish, tabiat va jamiyatni insoniylashtirish, tabiiy va ijtimoiy garmoniyaga erishishdir. Fan — fan uchun emas, balki inson manfaatlari uchun xizmat qilishi lozim. Inson ilmiy bilimlar vositasida ma’naviy barkamollikka erisha borgani sari ilm-fan qadriyat sifatida e’zozlana boshlaydi. Fanning har tomonlama rivojlanishi bilan turli ilm sohalarining hamkorligi kuchayadi, butun ilmiy jamoalar bilish subekti, yangi ilmiy kashfiyotlar ijodkoriga aylanadilar.
Bilish predmeti subektning bilish faoliyati qamrab olgan bilish obektining ayrim sohalari va tomonlaridir. Fanning o’rganish sohasi tobora konkretlashib boradi. Tabiatshunoslik fanlarini bilish predmetiga qarab botanika, zoologiya, geografiya, ixtiologiya va boshqa sohalari vujudga kelgandir. Tadqiqot predmeti fanlarni bir- biridan farqlashga imkon beradigan muhim belgidir.

Download 271.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling