5-mavzu. Bilish
Download 271.14 Kb.
|
5 мавзу (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- T a sa v v u r
Idrok — borliqdagi predmet va hodisalarni yaxlit holda, bir butun ko’rinishda, ularning hamma asosiy tashqi belgi va xususiyatlarini umumlashtirgan holda in’ikos ettiruvchi hissiy bilishning nisbatan yuqoriroq shaklidir. Idrok — predmet va hodisalarning bir butun yaxlit hissiy obrazdir. U his qilish va sezgilar shakllaridagi obrazlami jamlab ifodalovchi xususiyatga ega. Biroq, insonning hissiy bilishi idroklar shakllarida yuzaga kelgan hissiy ma’lumotlar inson miyasida qayta ishlanib, hissiybilishning yangi, yuksak shaklini hosil qiladi. Bu — tasavvurdir.
Tasavvur — ilgari idrok etilgan, ammo, ayni vaqtda, bevosita idrok etilmayotgan predmet va hodisalarning inson miyasidagi qayta ishlanib, tiklangan hissiy obrazdir. Tasawurning o’ziga xos xususiyati shundaki, u borliqdagi predmet va hodisalar bilan, ayni vaqtda, bevosita bog’lanishda bo’lmagan holda ularning ilgarigi paydo bolgan obrazlari asosida qayta tiklanishidir. Ammo inson o’z tasawurida, shu bilan birga, oldin idrok etilgan predmet yoki hodisaga, ularga o’xshash yangi predmetva hodisalarning hissiy obrazlarini ham hosil qilishi mumkin. Hissiy bilishning tasawur shaklida predmet va hodisalarning ikkinchi darajali, muhim bo’lmagan xususiyatlari tashlab yuborilib, faqat ayrim muhim xususiyatlarigina in’ikos etgan bo’ladi. Shu tufayli, tasawur predmet va hodisalarni umumlashtirgan, mavhumlashtirgan darajada aniq hissiy shaklida in’ikos ettiradi. Bu jihatdan tasawurda, hech shubhasiz,tafakkuming ba’zi elementlari paydo bo’ladi.Lekin, u hali hissiy bilish chegarasidan chiqib ketmagan bo’ladi. Umuman olganda, insonning hissiy bilishi, ma’lum darajada, cheklangan, bir tomonlama, to’liq bo’lmagan bilishdir. Inson borliqdagi predmet va hodisalarning ichki tomonlarini, ularning o’zgarish va rivojlanish qonunlarini, bir so’z bilan aytganda, ularning mohiyatini faqat mantiqiy bilish orqaligina bila oladi. Download 271.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling