5-mavzu. Bilish


Download 271.14 Kb.
bet8/19
Sana27.01.2023
Hajmi271.14 Kb.
#1130374
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
5 мавзу (1)

Xulosa chiqarish esa,mantiqiy bilishning shunday shakliki, unda bir yoki bir necha hukmlar asosida yangi hukm — yangi fikr hosil bofiadi.Shunday qilib, insonning bilish jarayoni hissiy bilish shakllari: his etish, sezgi, idrok va tasawurlardan boshlanib, aqliy bilish shakllari: hukm, tushuncha va xulosachiqarish shakllarida tafakkurda qayta ishlanib, bilishning “quyi” bosqichdan,,yuqori“ bosqichi tomon ko’tarilib boradi.
Tasavvurlar sezgi va idroklar kabi yorqin va aniq emas, ammo ular ancha uzoq vaqt davom etadi va barqarordir. Tasavvurlar yordamida biz allaqachon bo’lib o’tgan voqealar manzarasini ongimizda tiklay olamiz. Bundan tashqari, tasavvur bizga ilgari idrok etilganlar asosida kelajak manzarasini ifodalab berishga imkon beradi. Insonning kelajak obrazini tasvirlab va tuzib berish layoqati farazdan boshqa narsaemas. Xissiy bilish qanchalik muhim bo’lmasin shuni aytish kerakki, u cheklangan va tashqi dunyoning faqat tashqi, bevosita, xissiy idrok etiladigan tomonini aks ettiradi. Buning ustiga sezgi bizni yanglish yo’lga boshlashi mumkin. Xissiy bilishdan keyingi bosqich ratsional bilishdir, abstrakt-mantiqiy tafakkurdir.
Agar biz sezgilar vositasida hodisalar olamini aks ettirsak, sezgi bilan idrok etib bo’lmaydigan mohiyatni aql bilan bilib olamiz. Aql bizning sezgi a’zolarimiz tashqiolamdan olgan axborotlarga asoslanib, hodisalar mohiyatini xiralashtiruvchi va yashiruvchi tashqi, tasodifiy holatlardan abstraktlashib hodisalar dunyosini tashqi, nomuhim xususiyatlar va aloqalardan xalos qiladi. Muhimni nomuhimdan farqlantira va ajrata olmaydigan sezgilardan farqli o’laroq, aql hodisalardan hamma narsani emas, balki faqat eng muhimini, barqarorini, qonuniyatlisini oladi. Shuning uchunabstraksiyalar xissiy bilish uchun g’oyat harakaterli bo’lgan yorqinlik, bevositalik va yaqqollikdan mahrumdir.

Download 271.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling