5-mavzu. Bilish
Download 271.14 Kb.
|
5 мавзу (1)
Ilmiy bilish fakt va dalillarga, ularni qayta ishlash, umumlashtirishga asoslanadi. Ilmiy fakt va dalillar to’plashning o’ziga xos usullari mavjud bo’lib, ularni ilmiy bilish metodlari deyiladi.
Ilmiy bilishning metodlari mavjud va ularni o’rganadigan maxsus soha — metodologiya deb ataladi. Ilmiy bilish metodlari o’z xarakteriga ko’ga: 1) engumumiy ilmiy metodlar; 2) umumiy ilmiy metodlar; 3) xususiy ilmiy metodlarga bolinadi. Eng umumiy ilmiy bilish metodlari barcha fanlar uchun xos bo’lgan metodlardir. Bunga analiz va sintez, umumlashtirish va mavhumlashtirish, induksiya va deduksiya, qiyoslash va modellashtirish kabilarni ko’rsatish mumkin. Masalan, tabiatshunoslik fanlarida kuzatish, eksperiment, taqqoslash umumilmiy metodlar bo’lsa, ijtimoiy fanlarda tarixiylik va mantiqiylik umumilmiy metodlar hisoblanadi. Bilish nazariyasining o’ziga xos shakllari.Xissiy bilish. Har qanday narsani, har qanday predmet yoki hodisani bilish fikr xissiy idrokdan predmetning mohiyati tomon boradigan jarayondir. Xissiy bilim, jonli mushohada insonning qurshab turgan dunyo bilan bevosita aloqasi shaklidir. Xissiy anglash tashqi ta’sir energiyasining ong faktiga aylanishidan boshqa narsa emas. Usiz biz borliqning hech qanday shakllari haqida hech nima bila olmaymiz. Biz jonli mushohada yordamida atrofdagi vokelikning turli xossalari va tomonlarini bilib olamiz, lekin birgina xissiy obrazlar bilan ularning mohiyatini anglab ololmaymiz. Bunga sabab, eng avvalo, inson sezgi a’zolarining tabiiy cheklanganligidir. Masalan, odamning ko’zi elektromagnit to’lqinlarning butun spektrini to’lik idrok eta olmaydi, u elektromagnit to’lqinlar spektrining infraqizil, ultrabinafsha va rentgen qismlarini sezmaydi. Bunday tabiiy cheklanganlik boshqa sezgi a’zolariga ham xosdir. Masalan, odamning qulog’i tebranish chastotasi 16 dan 20 ming Gs gacha bo’lgan tovush to’lqinlarini qabul qila oladi, yuqori chastotali yoki past chastotalitovush to’lqinlarini eshitmaydi. Tabiiy sezgi a’zolari bilan idrok etib bo’lmaydigan hodisalarni maxsus yaratilgan sun’iy organlar orqali, ya’ni mikroskop, radioteleskop, loqator, barometr, Geyger hisoblagichi va boshqa xil priborlar vositasida idrok etish mumkin. Bu priborlar xissiy bilish quvvatini ancha kengaytiradi va kuchaytiradi. Shu bilan birga xissiy bilish bizni yanglishtirib qoyishi mumkin ko’z chalg’ishi, sarob, xomxayol, ko’z gallyusinatsiyasi, tovush effekti va hakozolar. Falsafa tarixida yangi zamon mutafakkirlari barcha bilimlarning xissiy kelib chiqishi muammosiga yuqori darajada ahamiyat berganlar. Masalan, Jon Lokk materialistik sensualizm (lotincha sensus sezgi, sezish) prinsiplarini asoslab berar ekan, avval sezgida bo’lmagan narsa intellektda bo’lmaydi, shuning uchun kimki hech nimani sezmasa u hech nimani bilmaydi, deb yozgan edi8. Download 271.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling