5-mavzu. Bilish


Download 271.14 Kb.
bet7/19
Sana27.01.2023
Hajmi271.14 Kb.
#1130374
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
5 мавзу (1)

Mantiqiy bilish — predmet va hodisalarning mohiyatini bilishdir. Insonning borliqni aqliy bilishi — bu uning tafakkuri orqali borliqdagi predmet va hodisalarnifikr shakllarida bilishdir. Aqliy bilish — borliqdagi predmet va hodisalarning inson miyasidagi umumlashgan, mavhumlashgan va konkretlashgan fikriy ifodalanishidir.
Mantiqiy bilishda inson tafakkuri borliqdagi predmet va hodisalarning ichki bog’lanishlari va aloqadorliklarini, ulaming harakat, o’zgarish va rivojlanish qonunlarining ma’lum fikr shakllari — hukm, tushuncha va xulosalarda ifodalaydi. Bunda hissiy bilish obrazlari tafakkur uchun material bo’lib xizmat qiladi. Tafakkuro:zida hissiy bilish bergan ma’lumotlarni qayta ishlab, ularniumumlashtirib, mavhumlashtirib, ayni.bir vaqtda, aniqlashtirib, analiz va sintez qilib, aniqlikdanmavhumlikka va yana undan aniqlikka keltirib, ma’lum hukmlar, tushunchalar va xulosalarni hosil qiladi.Tafakkur hosil qilgan aqliy bilishning bu fikriy shakllari tilda so’zlar va gaplarda ifodalanadi. Aqliy bilishning dastlabki shakli hukmlardir.
Hukm — mantiqiy bilishning shunday fikriy shakliki, unda borhqdagi muayyan predmet va hodisalar, ular o’rtasidagi bog’lanish va aloqadorliklar haqida tasdiq yoki inkor fikr ifodalanadi-yu, inson o’z tafakkurida bir yoki bir necha hukmlarni mantiqiyo’zaro bogllab, turli usullar asosida ularning eng muhim xususiyatlarini ajratib olib, biror tushuncha hosil qiladi. Mantiqiy bilishning navbatdagi shakli tushunchadir.
Tushuncha — predmet va hodisalar, ularning muhim va zaruriy belgi va xususiyatlarining umumlashtirilgan, mavhumlashtirilgan va, ayni choqda,aniqlashtirilgan fikriy obrazidir. Masalan, ,,Inson“ tushunchasini olaylik. Bu tushuncha hamma kishilik jamiyatiga xos bo’lgan, m’ehnat qiluvchi, mehnat qurollari va mehnat vositalarini yaratuvchi hamda ular asosida moddiy va ma’naviyne’matlarni ishlab chiquvchi, ong, tafakkur, til va nutq kabi muhim va zarur belgi va xususiyatlarga ega bo’lgan bioruhiy ijtimoiy mavjudotning fikriy ifodasidir.

Download 271.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling