5-mavzu. Boshqarish usullari reja


Download 76 Kb.
bet2/8
Sana05.01.2022
Hajmi76 Kb.
#204539
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
5-Мавзу. Бошкариш усуллари

Boshqarish usullari – bu xodimlarga va umuman ishlab chiqarish jamoatlariga ta’sir ko‘rsatish usulari bo‘lib, bu usullar qo‘yilgan maqsadlarga erishish jarayonida mazkur xodimlar va jamoatlarning faoliyatini uyg‘unlashtirishni nazarda tutadi.

Boshqarish usullari ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatitish jarayonidagi mavjud munosabatlardan ob’ektiv tarzda kelib chiqadi.



Funksiyaonal tizim-osti ob’ektlarini boshqarish usuli boshqariladigan ob’ektning tuzilishi bilan bog‘liq bo‘lib, uning tarkibidagi bo‘limlarni boshqarishda qo‘llaniladigan o‘ziga xos usullarni o‘z ichiga oladi. Ularni quyidagi tizimosti bo‘limlar misolida ko‘rish mumkin.

Muammoni qo‘yish bosqichida qo‘llaniladigan uslublar muammoni batafsil yoritishga, muammoga ta’sir qiluvchi ichki va tashqi oillarni aniqlashga, vaziyatni baxolashga va shu asosda muammoli vaziyati ifodalashga imkon yaratadi. Bu usular tarkibiga:



  • ma’lumotlarni yig‘ish, ularni qayta ishlash va tahlil qilish usullari;

  • muhim vofealarni qayd qilish usullar;

  • qiyoslash usullari;

  • dekompozitsiya va modellashtirish usullariga muhim o‘rin beriladi.

Muammoni hal qilish, ya’ni echim variantlarini ishlab chiqish bosqichida ham ma’lumotlarni yig‘ishda qo‘llaniladigan usullardan foydalaniladi. Ammo bu usullarni qo‘llashga “Nima sodir bo‘ldi” va qaysi sababalar ta’siri ostida bo‘ladi. Degan muammoni hal qilishiga emas, balki muammoni qay tarzda hal qilish, qanday boshqaruv usulini qo‘llash lozim, degan savolga javob topish nuqtai nazardan yondoshiladi.

Qarorni tanlash bosqichida, eng avvalo tanlash me’yor (kriteriya) larini shakllantirishga e’tibor beriladi. Bu yerda so‘z ko‘pincha maksimumlashtiradigan yoki minimumlashtiridigan maqsadli funksiya to‘g‘risida boradi. Odatda bunday tanlovni optimallashtirish deb ataladi. Optimallashtirish kriteriyalariga quyidagilar misol bo‘la oladi.



  • foydani, daromadni, mehnat unumdorligini, samaradorlikni maksimumlashtirish;

  • harajatni, qo‘nimsizlikni, unumsiz ish vaqtlari va hakozalarni minimumlashtirish;

  • harajatni, ko‘nimsizlikni, unumsiz ish vaqtlari va hakozolarni minimumlashtirish.




Download 76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling