5-mavzu. Boshqarishning tashkiliy strukturalari. Reja: Boshqarish strukturasining mazmuni


Download 140 Kb.
bet4/7
Sana12.03.2023
Hajmi140 Kb.
#1262684
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
5-MAVZU. BOSHQARISHNING TASHKILIY STRUKTURALARI.

Funksional tuzilma va uning o’ziga xos xususiyatlari
Chiziqli-shtabli strukturadan farqli o’laroq boshqaruvning funksional strukturasi rahbarlar va struktura bo’g’inlarining boshqaruv faoliyatini ixtisoslashtirishga qaratilgandir. Bunda har bir boshqaruv bo’g’iniga muayyan funksiyalar biriktirib qo’yiladi. Masalan, biri marketingni, ikkinchisi ishlab chiqarishni, uchinchisi esa moliyani boshqarish bilan shug’ullanadi.
Boshqarish apparatini funksional ixtisoslashtirish uning samaradorligini ancha oshiradi. Boshqarishning barcha funksiyalarini bajarishi lozim bo’lgan universal rahbarlar o’rniga o’z sohasini puxta biladigan, o’z shtatiga ega bo’lgan, o’ziga topshirilgan ish uchastkasi uchun javob beradigan mutaxassislar apparati paydo bo’ladi.
Albatta, funksional xizmatlar rahbarlari va mutaxassislari:
o’z sohasini chuqur va puxta biladigan;
jarayonlar va hodisalarni tahlil qilish va baholash qobiliyatiga ega bo’lgan;
o’z xulosa va tavsiyalarini himoya qila oladigan;
chiziqli struktura rahbarlarini shu tavsiyalarni amalga oshirish maqsadga muvofiqligiga ishontira oladigan kishilar bo’lishi kerak (4.3-rasm).

3-rasm. Boshqarishning funksional strukturasi
A, B - sex boshliqlari, funksional organlar fo1 - marketing bo’yicha direktor o’rinbosari, funksional rahbar fo2 - ishlab chiqarish bo’yicha direktor o’rinbosari, funksional rahbar fo3 - moliya va reja bo’yicha direktor o’rinbosari, funksional rahbar A1, A2, A3 - ijrochilar, B1, B2, B3, - ijrochilar.
Funksional bo’linmalar bevosita barcha quyi struktura bo’linmalarining (A1, A2, A3, B1, B2, B3) faoliyatini boshqaradi (punktir chiziqlarga e’tibor bering). Funksional boshqarish u yoki bu funksiya vakolatiga taalluqli tor doiradagi masalalar bo’yicha quyi bosqich organlari va bo’linmalari faoliyatiga rahbarlikni ta’minlaydi. Masalan, korxonaning reja bo’limi tsexlarning reja byurolariga rahbarlik qiladi.
Bunda ham funksional bo’limlar rahbarlarining vertikal bo’yicha iyerarxiyasi va bo’ysunishi mavjud. Ammo chiziqli strukturadan farqli o’laroq, bunday bo’ysunish ma’muriy emas, balki sof uslubiy maslahatli bo’ysunishdir. Masalan, korxona reja bo’limining boshlig’i tsex reja byurosi boshlig’iga, hatto aynan shu vazifaga doir masala bo’yicha ham buyruq berish huquqiga ega bo’lmaydi. Biror ma’muriy buyruqni korxona direktori tsex boshlig’iga berishi mumkin, tsex boshlig’i esa tsex reja byurosi boshlig’iga shunday buyruq bera oladi.
Funksional struktura ham o’zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega.
Funksional struktura boshqaruv tuzilmasini joriy etilishi afzal tomonlari:
bunda boshqaruv faoliyati chuqur ixtisoslashadi. Bu esa boshqaruv darajasining o’sishini ta’minlaydi. Masalan, marketing mutaxassisi o’z sohasini boshqa yuqori organlar rahbarlaridan ko’ra yaxshiroq, biladi va bu ishni yuqori saviyada bajaradi;
samaradorligining kasb mahorati;
funksional sohada muvofiqlashtirish ishini yaxshilashga erishiladi. Xizmatchilar bunga yaxshi va tez ko’nikma hosil qiladilar;
moddiy xarajatlarni kamaytiradi va boshqarishdagi takrorlanishlarga chek qo’yadi va hokazo.
Funksional strukturadagi qayd qilingan kamchiliklar, ya’ni:
funksional bo’limlar ishlarini muvofiqlashtirish darajasining yuqori emasligi;
rahbarlar vazifalari va huquqlarining yetarli darajada muvofiqlashmaganligi;
ishning pirovard natijalari uchun aniq va mas’ul xodimlarning yo’qligi;
funksional bo’linmalar o’rtasida ish yuzasidan nizolarning mavjudligi;
boshqaruv apparatida ishga to’ralarcha munosabatda bo’lish hollarining mavjudligi kabilarni bartaraf etish uchun chiziqli-funksional (aralash) turdagi boshqaruv strukturasi tuziladi.
Chiziqli-funksional boshqaruv strukturasida asosiy boshqaruv chiziqli boshqaruv bo’lib hisoblanadi. Barcha boshqaruv bosqichlari va mustaqil uchastkalar o’z rahbariga ega bo’ladi. Rahbar ishlab chiqarish xo’jalik faoliyatini yakkaboshchilik asosida boshqarish huquqiga ega bo’ladi va faoliyat natijalari uchun to’la javobgar hisoblanadi.
Boshqaruvning chiziqli struktura sharoitida ishlaydigan rahbarlarga malakali yordam ko’rsatish uchun funksional va idoraviy tashkilotlar tashkil etiladi va bu tashkilotlarning vazifasi boshqaruv qarorlarini tayyorlash va rahbarlarga malakali yordam berishdan iborat.



Download 140 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling