5-mavzu. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilinishi


Download 141.46 Kb.
bet13/15
Sana23.04.2023
Hajmi141.46 Kb.
#1389257
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
5-mavzu.Bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilinishi

Ulgurji savdo firmalari tovarlami o‘z mulki va mablag‘lari hi- sobidan sotib olib, keyin iste’molchilarga sotadi. Chakana savdo firmalari turlicha faoliyat yuritib, ular mustaqil do‘konlar, maxsus do‘konlar va supermarketlardan iborat bo‘ladi.
Supermarket - bu xaridorning o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatishiga asoslangan keng tarmoqli savdo korxonasi. U tovarlaming deyarh bar- cha turlari bilan, jumladan import tovarlar bilan ham savdo qiladi. Super- market xaridorlarga bepul maslahatlar beradi, tovarlami buyurtma bo‘yicha xaridor uyiga etkazadi, ularga madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatadi.
Hozirgi kunda keng rivojlanib borayotgan zamonaviy bozorlardan biri bu elektron savdo bozorlari bo‘lib hisoblanadi. U O‘zbekiston Respublikasining “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi 2015-yil 9 deka- brdagi son Qonunining yangi tahriri bilan belgilanadi va amalga oshiriladi. Unda intemet tarmog‘idagi tijorat sohasiga oid faollikni, unda oldi-sotdini amalga oshirilishini ifodalash uchun qo‘llaniladi; kompyuter tarmog‘idan foydalangan holda xarid qilish, sotish, servis xizmati ko‘rsatishni amalga oshirish, marketing tadbirlarini o‘tkazish imkoniyatini ta’minlaydi.
Elektron tijoratning an’anaviy savdo turlaridan farqi quyidagilar- dan iborat:

  • xaridor o‘ziga qulay vaqt, joy va tezlikda mahsulotni tanlash va sotib olish imkoniyatiga ega;

  • savdo-sotiq faoliyatini ish faoliyati bilan birga parallel ravishda, ya'ni ishlab chiqarishdan ajralmagan holda olib borish imkoniyati;

  • ko‘p sonli xaridorlaming bir vaqtning o‘zida bir nechta fiima- larga murojaat qila olish imkoniyati;

  • kerakli mahsulotlami tezlikda izlab topish va ushbu mahsulotlar mavjud bo‘lgan korxonalarga murojaat qilishda texnik va transport vositalaridan samarali foydalanish imkoniyati;

  • xaridorlaming yashashjoyi, sog‘lig‘i va moddiy ta’minlanish da- rajasidan qat’iy nazar hamma qatori teng huquqli mahsulot sotib olish imkoniyati;

  • hozirgi kundagi mavjud jahon standartlariga javob beradigan mahsulotlami tanlash va sotish imkoniyati;

  • elektron tijoratda savdoni tashkil etish korxonalaming raqobatini kuchaytiradi, monopoliyadan chiqaradi va mahsulotlaming sifatini oshirish imkoniyatini beradi.

Qo‘lga kiritilgan yutuqlar tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, avvalam- bor, tizimli demokratik bozor islohotlarini joriy etish, iqtisodiy libe- rallashtirishni yanada chuqurlashtirish, sanoat tarmoqlarida tarkibiy o‘zgarishlami amalga oshirish, modemizatsiyalash va diversifikatsi- yalash jarayonlarini izchil davom ettirish -bulaming bari muvaffaqi- yatlaming asosiy omilidir. E’tiborli jihati, yalpi ichki mahsulotning muttasil o‘sishi an’anaviy xom ashyo tarmoqlari yoki bo‘lmasa, jahon bozoridagi qulay kon’yunktura va ayrim xom-ashyo hamda material- lar narxining yuqoriligi hisobidan emas, aksincha, raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish, zamonaviy xizmat ko‘rsatish so- halarini jadal rivojlantirish evaziga ta’minlanmoqda.
Ushbu vazifalami amalga oshirish natijasi o‘laroq, iqtisodi- yotni tarkibiy jihatdan o‘zgartirish, qayta ishlangan hamda yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan tayyor mahsulotlami ko‘paytirish barcha tarmoq va sanoat korxonalarining tashqi bozordagi pozitsi- yasini mustahkamlash imkonini bermoqda.
Infratuzilma tizimida moliya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi muassasalar alohida o‘ringa ega. Ular moliya bozori, uning asosi bo‘lgan kapital bozorini shakllantiradi va amal qilish tartib-qoidalarini o‘matadi. Moliyaviy muassasalaming aksariyati o‘ziga xos belgilar bilan bir qatorda yagona umumiy belgiga ham ega. Bu ular faoliyatining doimo moliyaviy majburiyatlar bilan bog‘liqligidir. Ya’ni, moliyaviy muassasalar subyektlaming ortiq- chapul mablag‘larini jalb etib, o‘z nomidan moliyaviy mablag‘larga ehtiyoj sezgan subyektlarga pul qarz beradi.
Bozor infratuzilmasining banklar, sug‘urta kompaniyalari, soliq va bojxona idoralari kabi muassasalari moliya-kredit munosabat- larida alohida o‘ziga xos o‘ringa ega. Ulaming iqtisodiy faoliyati va moliyaviy munosabatlarda tutgan o‘mi bilan keyingi boblarda batafsil tanishamiz.
Bozor iqtisodiyoti subyektlarini moliyaviy axborotlar bilan ta'minlash bozor infratuzilmasining axborot xizmati idoralari, shu jumladan auditorlik firmalari zimmasiga tushadi. Auditor firma - korxona, firma, kompaniyalar moliyaviy xo‘jalik faoliyatini tekshirib boruvchi, ular hisobotini ekspertizadan o‘tkazuvchi muassasa. Ular odatda aksiyadorlik jamiyati yoki kooperativ shakl- da faoliyat ko‘rsatadi va to‘liq mustaqillikka ega boiadi. Auditor firmalar o‘z ishini har bir mamlakatda yoki xalqaro miqyosda qabul qilingan hisob-kitob va taftish qoidalariga binoan olib boradi. Audi- tor firma ishida qatnashuvchi taftishchilar auditorlar deb ataladi. Shunday qilib, bozor infratuzilmasi va uning ko‘rib chiqilgan muas- sasalari barcha bozor turlarining faoliyat ko‘rsatishi hamda davlat- lararo iqtisodiy munosabatlami tartibga solishni ta’minlaydi.
Xulosalar

  1. Bozor va bozor iqtisodiyoti tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi natijasida vujudga keladi.

  2. Bozor munosabatlari subyektlari o‘zaro bog‘liq holda va aloqada bandlik, milliy daromad va ishlab chiqarishning umumiy haj- mi kabi ijtimoiy ishlab chiqarish natijalarini aks ettiradigan va doimiy harakatda bo‘ladigan daromadlar va xarajatlar oqimini shakllantiradi.

  3. Bozor munosabatlarining har bir ishtirokchisi o‘z maqsad va manfaatlaridan kelib chiqib, mustaqil qaror qabul qiladi. Aynan xo‘jalik yurituvchi subyektlaming iqtisodiy erkinligi va mustaqil- ligi bozor ko‘rinishidagi iqtisodiy munosabatlami vujudga keltiradi hamda o‘z rivojlanishining tabiiy-evolyusion, dinamik xususiyatini belgilab beradi.

  4. Bozor iqtisodiyoti - murakkab ijtimoiy-iqtisodiy tizim bo‘lib, birlashgan, o‘zaro bog‘langan va birgalikda harakatlanadigan bir qator tarkibiy tuzilmalami o‘z ichiga oladi.

  5. Bozor iqtisodiyotining samarali amal qilishi uchun uning infratuzilmasi shakllantiriladi. Bozor infratuzilmasi - bu bozor mu- nosabatlariga ko‘makberishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy institutlar tizimidir.

  6. Bozor iqtisodiyoti tizimining afzalligiga qaramay, shun- day muammolar borki, ulami bozor mexanizmi vositasida hal etish kam samara keltiradi yoki umuman hal etib bo‘lmaydi. Ana shvmday muammolami hal etish uchun davlat ulami o‘z zimmasiga olishi yoki zamr shart-sharoitlami yaratib berishi kerak.

Asosiy tayanch tushunchalar

Download 141.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling