5-mavzu. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilinishi


ijtimoiy sohaga xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar


Download 141.46 Kb.
bet11/15
Sana23.04.2023
Hajmi141.46 Kb.
#1389257
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
5-mavzu.Bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilinishi

ijtimoiy sohaga xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar (uy-joy va kommunal xizmat idoralari, aholini ishga joylashtirish firmalari va h.k.);

  • axborot xizmati idoralari (ma'lumotlarni to‘plash, umum- lashtirish va sotish bilan shug‘ullanuvchi muassasalar).

    Bozor infratuzilmasi muassasalari tovar ishlab chiqaruvchilaming savdo-sotiq, moliya-kredit faoliyatiga, asosiy hamkorlami topishiga, ishchi kuchini yollashiga ko'maklashadi, davlatning iqtisodiyotni tar- tibga solish bo‘yicha tadbirlarini amalga oshiradi, tijorat aloqalarini o‘matishga yordam beradi. Ulaming bir qismi davlat mulki doirasida faoliyat yuritib, bepul xizmat ko‘rsatsa, boshqalari mustaqil tijorat muassasasi va uyushmalaridan iborat bo‘lib, ko‘rsatgan xizmatlari uchun haq oladi.
    Bozor infratuzilmasi tarkibida tovar va xizmatlar muomalasiga xizmat qiluvchi muassasalar muhim o‘rin tutishi sababli ulardan asosiylarining qisqacha tavsifiga to‘xtalib o'tamiz.
    Birja - namuna (yoki standartjlar asosida ommaviy tovar- larning muntazam savdo-sotiq ishlarini o‘tkazuvchi tijorat muas- sasasi. Uning tovar biijasi, fond birjasi, valyuta biijasi, mehnat biijasi singari turlari keng tarqalgan.
    Tovar birjasi - oldindan belgilangan qoidalar asosida ulgurji savdoni tashkil etish shakli.
    Fond birjasi - qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi bo‘vicha rasmiy jihatdan tashkil etilgan va muntazam amal qiluvchi bozor shakli.
    Valyuta birjasi - milliy valyutalar kurslari bo‘yicha ularning erkin oldi-sotdisi amalga oshiriladigan, rasmiy jihatdan tashkil etilgan bozori shakli.
    Mehnat birjasi - ishchilar va tadbirkorlar o‘rtasidagi ishchi kuchini oldi-sotdi bitimini tuzishda vositachilikni amalga oshiruvchi va ishsizlarni ro‘yxatga oluvchi muassasa.
    Biijada ishtirokchilar tomonidan tovar ayirboshlash to‘g‘risidagi bitimlar tuziladi, lekin tovami yetkazib berish va uning haqini to‘lash birjadan tashqarida yuz beradi. Bimda tovaming egasi va xaridorlari qatnashishi shart emas. Ular nomidan ishni brokyerlar (dallollar) yuritadi. Broker (makler) - bu tovar, fond va valyuta birjalarida oldi-sotdi bitimlarini tuzishda vositachilik qiladigan shaxs yoki maxsus firma. Ular odatda mijozlar topshirig‘iga ko‘ra va uning hi- sobiga ish yuritadi, kafolat bemvchi hisobiga o‘z nomidan savdo bi- timlari tuzishi ham mumkin.
    Birjaning yana bir xususiyati shundaki, bu yerda hali ishlab chiqa- rilmagan, lekin tayyorlanishi aniq bo‘lgan, oldin sotib olinib, egasi ixtiyoriga kelib tushmagan tovarlar ham sotiladi.
    Birjalar ixtisoslashgan yoki universal bo‘lishi mumkin. Ixtisos- lashgan birjalarda ayrim turdagi yoki bir guruh tovarlar, universal birjalarda har xil tovarlar sotiladi.

    Download 141.46 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling