NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI FIZIKA ASTRANOMIYA YO`NALISHI O’ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI FANIDAN TAQDIMOT GURUH: 103-GURUH BAJARDI: SULTONOVA M. QABUL QILDI: OLTIBOYEV A. MAVZU:O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA BOZOR INFRATUZILMASINING SHAKLLANISHI REJA: 2. Taraqqiyotning o’zbek modelida bozor iqtisodiyotining o’rni 3. O’zbekistonda kuchli bozor infratuzilmasini shakllantirishning asosiy yo‘nalishlari 4. Glossary 5. Xulosa Bozor infratuzilmasi Bozor infratuzilmasi — bu bozor aloqalarini oʻrnatish va ularning bir maromda amal qilishga xizmat koʻrsatuvchi muassasalar tizimidir. Unga ombor xoʻjaligi, transport, aloqa xizmatlari koʻrsatuvchi korxonalar, tovar va xizmatlar muomalasiga xizmat qiluvchi muassasalar (birjalar, auksionlar, savdo uylari, savdo-sotiq idoralari va agentliklari kabilar), moliya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi muassasalar (bank turidagi muassasalar, kreditlash idoralari, sugʻurta va moliya kompaniyalari, soliq idoralari) va ijtimoiy sohaga xizmat koʻrsatuvchi muassasalar (uy-joy va kommunal xizmat idoralari, aholini ishga joylashtirish firmalari) kiradi. Bozor infratuzilmasi Bozor infratuzilmasi — bozorda tovarlar va xizmatlarning erkin harakatini taʼminlaydigan muassasalar, tashkilotlar majmui.
Bozor infratuzilmasi ishlab chiqaruvchilar bilan isteʼmolchilar, yaʼni haridor va sotuvchilarni bir-birlariga uchrashtirish, bozor ishtirokchilari oʻrtasidagi oldi-sotdi operatsiyalarini oʻtkazish, ularning oʻzaro hisob-kitoblari, shuningdek bozordagi doimiy hamkorlik va mijozlik aloqalarini oʻrnatish, ish kuchi topish va boshqalarda yordam beradi. Bozor infratuzilmasi davlatning iqtisodiyotni tartibga soluvchi tadbirlarini amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |