5. Bozor iqtisodiyotiga o`tish evolyutsion yo`l bilan, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak. Bu qoidalar O`zbekistonning mustaqil rivojlanish va tarqqiyot yo`liga asos qilib olindi. Bu qoidalar O`zbekistonning mustaqil rivojlanish va tarqqiyot yo`liga asos qilib olindi. Bozor iqtisodiyotiga o`tishda urf-odatlarimizni, azaliy an'analarimizni, kishilarning fikrlash tarzini hisobga olish. O`zbekiston o`zining siyosiy-iqtisodiy mustaqilligini ta'minlash uchun yetarli salohiyatga ega. O`zbekiston hududida Mendeleev davriy jadvalidagi hamma elementlardan bor. Yer osti va yer usti boyliklarini dunyo bozoriga chiqishini ta'minlashimiz kerak. Biz hozircha rubl tazyiqida yashadik.O`z milliy valyutamizga o`tish ham bosqichma-bosqich amalga oshirildi. Yana shuni nazarda tutish kerak-ki, milliy valyuta (so’m) mustaqillikning bir belgisidir. O’zbekistonda kuchli bozor infratuzilmasini shakllantirishning asosiy yo‘nalishlari. O’zbekistonda kuchli bozor infratuzilmasini shakllantirishning asosiy yo‘nalishlari.Infrastruktura – takror ishlab chiqarish shartlarini ta’minlovchi ishlab chiqarish va noishlab chiqarish tarmoqlari: yo‘llar, aloqa, maorif, sog‘liqni saqlash kabi sohalardir. Asosiy ishlab chiqarish infrastrukturasi energo-ta’minot, transport va aloqa tarmoqlaridir. Prezident Islom Karimov «Bozor munosabatlarini shakllantirishni tegishli muhitsiz tovar, pul bozorida va mehnat resurslari bozorida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasida o‘zaro aloqani ta’minlash kerak bo‘lgan bozor infrastrukturasisiz tasavvur etib bo‘lmaydi» degan edi. O‘z-o‘zidan ma’lumki, bozor infrastrukturasi bo‘lmasa bozor mexanizmlari to‘liq ishlay olmaydi. Bozor infratuzilmasini bozor strukturasi bilan almashtirish yaramaydi. Bozor strukturasi bozorning tarkibida amal qiluvchi bo‘g‘inlar (iste’mol tovarlari va xizmatlari bozori, ishlab chiqarish vositalari bozori, moliya bozori, valyuta bozori, mehnat bozori, intelektual tovar bozori, shou-biznes bozori va boshqalar)ni va bozor haroratini belgilovchi boshqa birliklarni o‘z ichiga oladi. Bozor infrastrukturasi turlari va tarmoqlari: Ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi infrastruktura: transport, aloqa, ombor xo‘jaligi, yo‘l xo‘jaligi, suv va energetika ta’minoti va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |