Bozor infratuzilmasining asosiy unsurlari quyidagilar: - birjalar (tovar, xom ashyo, fond, valyuta) va ularning tashkiliy rasmiylashtirilgan vositachiligi;
- kimoshdi savdolari, yarmarkalar va birjadan tashqari tashkiliy vositachilik shakllari;
- kredit tizimi va tijorat banklari, emissiya tizimi va emissiya banklari;
- aholi bandligini boshqarish tizimi, davlat va nodavlat bandlikka yordam koʻrsatish markazlari (mehnat birjalari);
- axborot texnologiyasi va ishbilarmonlik aloqalari vositalari;
- soliq tizimi va soliq inspeksiyalari;
- tijoratxoʻjalik xatari sugʻurtasi tizimi va sugʻurta kompaniyalari;
- maxsus reklama agentliklari, axborot markazlari va ommaviy axborot vositalari agentliklari;
- savdo palatalari, ishbilarmon doiralarning ixtiyoriy, davlat, jamoat birlashma (uyushma)lari;
- bojxona tizimi; oʻrta va oliy iqtisodiy taʼlim tizimi, auditorlik kompaniyalari;
- konsalting (maslahat) kompaniyalari;
- ishbilarmonlik faoliyatini ragʻbatlantirishga xizmat qiladigan davlat va jamoat fondlari;
- maxsus erkin tadbirkorlik zonalari va boshqalar.
TARAQQIYOTNING O’ZBEK MODELI 1. Iqtisodning siyosatdan ustunligi. Buning ma'nosi shuki, iqtisod hech qachon siyosatdan ortda qolmasligi kerak, ham ichki, ham tashqi iqtisody munosabatlarni mafkuradan holi qilish kerak. 2. O`tish davrida davlat bosh islohotchi bo`lmog`i lozim. Davlat islohotlarning ustuvor yo`nalishini belgilab berishi, o`zgartishlar siyosatini ishlab chiqishi va uni izchillik bilan o`tkazishi shart. 3. Qonun ustuvorligiga erishish - demokratik yo`l bilan qabul qilingan yangi Konstitutsiya va qonunlarni hech istisnosiz hamma hurnat qilishi va ularga itoat etishi lozim. 4. Aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat o`tkazish. Bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda aholini ijtimoiy himoyalash yuzasidan oldindan ta'sirchan choralar ko`rilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |