5-mavzu. Bozor, talab va taklif reja


Bozor ayirboshlash kategoriyasi bo‘lib, ishlab chiqarishning uzluksiz takrorlanib turishiga yordam beradi


Download 43.53 Kb.
bet2/8
Sana15.01.2023
Hajmi43.53 Kb.
#1094193
1   2   3   4   5   6   7   8
Bozor ayirboshlash kategoriyasi bo‘lib, ishlab chiqarishning uzluksiz takrorlanib turishiga yordam beradi. Ishlab chiqarish, yangidan boshlanishi uchun yaratilgan tovarlar sotilishi va ularning pulga aylanishi, puldan esa kerakli iqtisodiy resurslar xarid qilinishi zarur. Bozor vositasida tovarni sotishdan tushgan mablag‘lar hisobiga, ishlab chiqaruvchilar resurslar sotib olish yo‘li bilan sarflangan ishlab chiqarish vositalari o‘rnini qoplaydigan va ishlab chiqarishni kengaytirish uchun kerakli moddiy va mehnat resurslariga ega bo‘ladilar.
Bozor iqtisodiyotni tartibga solib turish vazifasini talab, taklif, raqobat va narxlar yordamida bajaradi. U o‘zida talab va taklifni jamlab, bu bilan nimani, qancha miqdorda va qaysi vaqtda ishlab chiqarish kerakligini aniqlab beradi. Bozor narx vositasida iqtisodiy resurslarni tovarlarga talab kamaygan tarmoqlardan talab ortgan tarmoqlarga oqib kelishini ta’minlaydi.
Erkin (klassik) bozor – tovar va xizmatlarning har bir turi bo‘yicha juda ko‘p ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar, sotuvchilar va xaridorlar mavjud bo‘lib, ular o‘rtasida erkin raqobat amal qiluvchi, narxlar talab va taklif o‘rtasidagi nisbatga qarab erkin shakllanuvchi bozordir. Erkin bozorda raqobatning turli usullari qo‘llanilib, aholi va ishlab chiqaruvchilar keskin tabaqalanishi ro‘y beradi.
Hozirgi zamon rivojlangan bozori ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlikni ta’minlash va aholini ijtimoiy himoyalash maqsadida bozor aloqalarining davlat tomonidan tartibga solib turilishiga asoslanadi. Demak, davlat ham bozor ishtirokchisi bo‘lib, u bozor aloqalarini tartiblashtiradi va boshqaradi. Hozirgi zamon rivojlangan bozoridaturli xil birjalar va boshqa oldi-sotdi jarayoniga xizmat qiluvchi sohalar taraqqiy etgan bo‘ladi.
Qarz majburiyatlari bozorida pul vaqtincha qarzga olinadi va shaxsiy iste’mol uchun ishlatiladi. Kapital (mulk) bozorida jamg‘arishga qo‘yilgan puldan daromad olish huquqi sotiladi va sotib olinadi. Bu bozorda mablag‘lar kapital sifatida ishga solinib, foyda keltiradi. SHuni hisobga olib kapital bozorini ikkita bo‘g‘inga ajratish mumkin: ssuda kapitali bozori va qimmatli qog‘ozlar bozori. Ssuda kapitali bozori – pul shaklidagi kapitalning foiz to‘lash sharti bilan qarzga berish bo‘yicha oldi-sotdi munosabatidir. Bu bozorda asosan davlat va banklarning qisqa muddatli majburiyatlari muomalada bo‘ladi.

Download 43.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling