5-Mavzu: Global korrupsiya ijtimoiy madaniy inqiroz sifatida. O’zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashning ijtimoiy, g’oyaviy asoslari


Download 136.31 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/10
Sana14.11.2023
Hajmi136.31 Kb.
#1772303
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
5-mavzu



212 
5-Mavzu: Global korrupsiya ijtimoiy madaniy inqiroz sifatida. O’zbekistonda korrupsiyaga qarshi 
kurashning ijtimoiy, g’oyaviy asoslari.
1. Korrupsiya tushunchasining mazmun mohiyati va namoyon bo’lish xususiyatlari.
2. Korrupsiyaga qarshi kurashishda jahon tajribasi.
 
1. Korrupsiya tushunchasining mazmun mohiyati va namoyon bo’lish xususiyatlari. 
Bugungi kunda korruptsiyaviy jinoyatchilikni nafaqat bizning davlatimizda, balki dunyoning 
ko’plab mamlakatlarida ham mavjud bo’lgan an’anaviy va keng tarqalgan jinoyat turi deb atash mumkin. 
Korruptsiyaning kelib chiqish sabablari va oqibatlarini o’rganib chiqqan olimlarning fikriga ko’ra 
korruptsiya mamlakat iqtisodiyotining qulashi, davlat boshqaruvi va hokimiyatining yo’q bo’lishi, bozor 
islohotlarining buzilishi va jamiyatning huquqiy ongini jinoiy deformatsiyalanishiga olib keladi. Har 
qanday murakkab ijtimoiy hodisada bo’lgani kabi, korruptsiya to’risida ham yagona kanonik ta’rif yo’q. 
Lekin korruptsiyaning ko’plab ta’riflari mavjud. Umuman olganda, korruptsiya (lotincha “corrumpere” 
so’zidan olingan bo’lib “buzmoq” ma’nosini anglatadi) mansabdor shaxsning o’ziga ishonib topshirilgan 
vakolatlari va huquqlaridan, belgilangan qonun va qoidalarga zid ravishda shaxsiy manfaatlari uchun 
foydalanishidir. Ehtimol bu ta’riflarning ichida eng qisqa va lo’nda ta’rif sifatida mashhur kriminalist Jozef 
Senturiya (Joseph Senturia)ning “davlat hokimiyatidan shaxsiy manfaati yo’lida foydalanish” degan ta’rifni 
keltirish mumkin. Korruptsiya insoniyatga qadim zamonlardan beri xamroh bo’lib kelmoqda. Pora 
(poraxo’rlik) uchun jazo berish Misr fir’avnlari tomonidan to’rt ming yil oldin o’rnatilgan Xamurappi 
qonunlarida ham o’z aksini topgan. Korruptsiyaning kelib chiqishiga tarixiy nuqtai nazardan 
yondoshadigan bo’lsak, boshliqlar va ruhoniylarga ularning foydasiga erishish uchun ularga sovg’a 
berishdan boshlangan. Qimmat sovg’a-salomlar sovg’a bergan odamni boshqa murojaat qiluvchilardan 
ajratib turgan va uning murojaati bajarilishiga katta yordam bergan.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, korruptsiya dastlab ko’proq axloqiy muammo sifatida ko’rilgan. 
Xususan, Jan-Klod Vake tomonidan yozilgan “Korruptsiya. 1600-1770 yillarda Florentsiyada axloq va 
hokimiyat” nomli kitobida korruptsiya davlat bilan emas balki inson tabiati bilan bog’liq holat ekanligini 
tushuntirishga harakat qilgan. Qadimgi davrlarda davlat rahbarlarini sudyalarning korruptsiyaga qo’l urishi 
qattiq tashvishga solgan, chunki ular bu holat mulkni noqonuniy ravishda qayta taqsimlash va 
13 
6.1.1-rasm. 
O’zbekiston Respublikasining “Korruptsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi Qonunining 3-
moddasida korruptsiyaga oid huquqbuzarlik va manfaatlar to’qnashuviga doir quyidagicha ta’rif berilgan, 
ya’ni korruptsiya – shaxsning o’z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini, yoxud o’zga 
shaxslarning manfaatlarini ko’zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda 
foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishidir
88
. Yuridik 
entsiklopediyada ta’riflanishicha korruptsiya bu amaldor shaxslar o’zlariga berilgan lavozimlardan 
88
Ўзбекистон Республикасининг “Коррупцияга қарши курашиш тўғрисида”ги ЎРҚ-419сонли Қонуни. 2017 йил 3 
январ. 

Download 136.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling