5-Mavzu: Global korrupsiya ijtimoiy madaniy inqiroz sifatida. O’zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashning ijtimoiy, g’oyaviy asoslari
Korrupsiyaga qarshi kurashda jamoatchilik nazoratining roli
Download 136.31 Kb. Pdf ko'rish
|
5-mavzu
Korrupsiyaga qarshi kurashda jamoatchilik nazoratining roli. Inson, jamiyat va davlat uchun katta xavfga ega bo’lgan va bir vaqtning o’zida jamiyat hayotining barcha sohalariga salbiy ta’sir o’tkazadigan korruptsiya omillari bugungi kunda nafaqat mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga salbiy ta’sir o’tkazadi, balki fuqarolarning konstitutsion huquqlari va erkinliklarining buzilishiga olib keladi hamda va tadbirkorlik muhitining rivojlanishi uchun to’sqinlik qiladi. Korruptsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olishda faqatgina davlat organlarining chora- tadbirlari etarli bo’lmayotganligi tahlillar natijasida ma’lum bo’lmoqda. Bu sohada fuqarolik institutlarining o’zaro mustahkam hamkorligi nihoyatda muhim rol o’ynaydi. Nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik institutlari hozirgi kunda inson huquq va erkinliklari hamda qonuniy 100 https://uza.uz/uz/posts/jamoatchilik-korrupciyaga-qarshi-kurashish-borasida-amalga-oshirilaetgan-ishlar-togrisida-qanday- fikrda?q=%2Fposts%2Fjamoatchilik-korrupciyaga-qarshi-kurashish-borasida-amalga-oshirilaetgan-ishlar-togrisida-qanday- fikrda 220 manfaatlari va demokratik qadriyatlarni himoya qilishning eng muhim omiliga aylanmoqda. Shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlari jamiyatda manfaatlar muvozanatini ta’minlashga ko’maklashadi hamda fuqarolarning o’z salohiyatlarini ro’yobga chiqarishi, ularning ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy faolligi va huquqiy madaniyatini oshirish uchun xzmat qiladi. Jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning jahon amaliyotida keng tarqalga shakllari – bu davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari faoliyatiga oid jamoatchilik eshituvlari, jamoatchilik muhokamalari, jamoatchilik ekspertizasi, jamoatchilik tahlili yoki monitoringi, jamoatchilik surishtiruvi, jamoatchilik tekshiruvi, jamoatchilik so’rovi, murojaatlar, jamoatchilik tashabbuslari hisoblanadi. Shuningdek, yana bir keng tarqalgan ko’rinishlaridan biri – bu davlatning mansabdorlar tomonidan o’z lavozimini suiiste’mol qilinishiga qarshi kurashishni bevosita amalga oshiruvchi organlari bilan jamoatchilik nazorati sub’ektlarining o’zaro hamkorligi bo’lib, mazkur amaliyot keyingi yillarda korruptsiyaning oldini olishda eng samarali mexanizmlardan biriga aylandi. Chunki, davlat organlari yoki huquqni muhofaza qiluvchi, nazorat qiluvchi organlar har doim ham to’rachilik, korruptsiya kabi illatlarga barham berish, ya’ni ularni muntazam nazorat qilish yoki kuzatib borish imkoniyatiga ega bo’lmaydi, ular odatda oldindan tuzilgan rejalar va tanlov asosidagi tekshiruvlar, shaxslarning murojaatlari kabilar orqali yoki huquqbuzarlik alomatlari sezilgandagina habardor bo’lishadi, jamoatchilik esa, aynan mansabdor shaxslar bilan har kuni, har soatda to’qnash keladi. Jamoatchilik nazorati davlat organlari faoliyatining qonuniyligini ta’minlash, davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tomonidan shaxslarning xuquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlovchi qonun xujjatlariga rioya etmaslik holatlarini aniqlashga qaratilgan jamoatchilik nazorati sub’ektlari tomonidan qonun doirasida olib boriladigan nazoratga oid chora-tadbirlar majmuidir. Korruptsiyaga qarshi kurashishda fuqarolik institutlariga keng vakolatlar berilayotgan bo’lsa-da, bu borada hali oldimizda hal qilinmagan muammolar ham yo’q emas. Ular sirasiga, - fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan davlat boshqaruv organlari faoliyati ustidan nazoratning o’rnatilmaganligi; - fuqarolik jamiyati institutlari, OAV bilan davlat boshqaruv organlarining o’zaro hamkorlik tizimining ishlab chiqilmaganligi; - davlat boshqaruv organlarida korruptsiya darajasi va uning oqibatida kelib chiqayotgan muammolarning kundan-kunga ortib borayotganligi; - korruptsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish bilan shug’ullanuvchi huquqni muhofaza qiluvchi organlar va xalqaro tashkilotlar o’rtasidagi hamkorlikni tashkil etish, muvofiqlashtirish va amalga oshirish sohasidagi muammolarning mavjudligi; - fuqarolik jamiyati institutlarining davlat boshqaruv faoliyatida ishtirokining sustligi, ta’sir choralarining kuchsizligi, aralashuvining yo’qligi; - korruptsiyaga qarshi kurashishda jamoat nazoratini o’rnatish bo’yicha huquqiy asoslarining etarli darajada ishlab chiqilmaganligi; - fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining samarasizligi – “xo’jako’rsinga” tuzilganligi; - antikorruptsion fuqarolik jamiyati institutining yo’qligi; - fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatining hamon pastligicha qolayotganligi; - OAVning rolini kuchaytirish masalasi, ya’ni “jurnalist surishtiruvi”, “jurnalist tergovi”ning etarli rivojlanmaganligi shular jumlasidandir 101 . Shunga ko’ra, davlat hokimiyati organlari faoliyati ustidan kuchli jamoatchilik nazoratini amalga oshirish fuqarolik jamiyatini barpo etishning eng muhim shartlaridan hisoblanadi. Zotan, fuqarolarning faolligi, ijtimoiy hodisalarga befarq bo’lmasligi hamda har bir davlat xizmatchisining o’z faoliyatini jamoatchilik nazorati ostida ekanligini chuqur his etib borishi fuqarolik jamiyatini mustahkamlashning muhim shartidir. Bugungi kunda jamiyatimizning ko’p sonli ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy muammolari orasida korruptsiyaga qarshi kurash muammosi ayniqsa muhim o’rin egallaydi. O’zbekistonda hozir nafaqat modernizatsiya, balki ijtimoiy, davlat va iqtisodiy negizlarning tubdan o’zgarish jarayonlari yuz berayotir. Shu bois mamlakatimizda rivojlanishning umumiy, shu jumladan salbiy qonuniyatlari kuzatilayotgani tabiiy bir holdir. Korruptsiyaga qarshi kurashda samarali chora- 101 Г.Б.Нурмуҳамедова. Коррупцияга қарши курашишда жамоатчилик назоратининг аҳамияти. Ҳуқуқий тадқиқотлар журнали. 2017 №6. Б. 82. 221 tadbirlar ko’rmaslik shunga olib kelishi mumkinki, u kriminal, iqtisodiy va ijtimoiy muammodan siyosiy muammoga aylanishi va mamlakatning konstitutsiyaviy asoslariga putur etkazuvchi milliy ofat tusini olishi mumkin. Download 136.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling