Rivojlanish darajasi
|
Shaxsiyat va temperament
|
Gender va gender tenglik
|
O'quv uslubi
| |
Aql-idrok turi
|
Qiziqishlar
|
Kuchli taraflar va ehtiyojlar
|
O'ziga ishonch
| |
2. Ta’lim jarayonini individuallashtirish usullari
Ta'lim jarayonini individuallashtirish usullaridan biri bu-ta'sir usulidir.
Ta'sir usuli – bolalarga rejalashtirishda ishtirok etish huquqini berish (mavzu tanlash, maqsadlarni belgilash va boshqalar bilan hamkorlikda o'z g'oya va mavzularini amalga oshirish uchun haqiqiy imkoniyatlar taqdim etish.
Ta'sir usuliga bolalarni kuzatish va natijalarini tahlil qilish, bolalarga o'z maqsadlariga erishishga yordam beruvchi shart-sharoitlar yaratish va bu sharoitlarning bolalar tomonidan qo'yilgan maqsadlarga erishishdagi ta'sirini kuzatish kiradi.
Agar maqsadlarga erishilgan bo'lsa, rejalashtirish jarayoni qayta tashkil etiladi;
agar maqsadlarga erishilmagan bo'lsa, shartlar ko'rib chiqiladi
.
Men nimani bilaman?
|
Nimani
bilmoqchiman?
|
Buni qanday qilaman?
|
|
|
|
Ta'sir usuli asosida ta'lim olish namunasi – bu uch savol modeli
Taklif etilayotgan model asosi – o'quv dasturidagi har bir mavzu uchun tuzilgan 3 ta ustundan iborat jadval tashkil etadi:
Faoliyat jarayonining o'zi 4 bosqichdan iborat:
tayyorgarlik (axborot yig'ish);
rejalashtirish;
amalga oshirish;
natijalar xulosasi.
Faoliyat davomida kattalar moslashuvchanligini ta'minlash usuli
Misol uchun, bolalar o'yin paytida turli hayvonlarni yasashni rejalashtirishgan.
Ishni shunday tarzda rejalashtirish zarurki, bunda bolalar quyidagi imkoniyatlarni tanlashga ega bo'lishlari kerak:
- har kim qaysi hayvonni yasashni istashi;
- qaysi mahsulotdan (turli rangdagi plastilin, rangli xamir, loy va hokazo) yasashni xohlashi.
Pedagogning vazifasi bolalarga nima va qanday qilish kerakligini aytib berish emas, balki ularga hohlagan hayvonni yasashda yordam berishdir
Do'stlaringiz bilan baham: |