5-mavzu: inklyuziv ta’limni tashkil qilishda o‘quv jarayonini individuallashtirish reja


Bolaga yo'naltirilgan muhit ta'limni individuallashtirishga yordam beradi


Download 0.55 Mb.
bet4/4
Sana19.10.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1709524
1   2   3   4
Bog'liq
5- mavzu Inklyuziv

Bolaga yo'naltirilgan muhit ta'limni individuallashtirishga yordam beradi.
Guruhning jihozlari, materiallari va tartibi har bir bolaning rivojlanishi uchun ishlaydi.
Rivojlanish markazlari ta'lim jarayonini individuallashtirish imkonini beradi.
Misol uchun, bolalar o'yin jarayonida yog'ochli kubiklar rasmini afzal ko'radi, boshqasi 25 donaga bo'lingan jumboqli kartonni o'ynaydi.
Pedagog bolalarning harakatlarini kuzatadi va ularning rivojlanishiga doir o'zgarishlarni daftariga qayd etib qo'yadi.
Bir oz vaqt o'tgach, u bolalarga qiyinlashtirilgan murakkabroq vazifalarni taklif qiladi yoki kerak bo'lsa, murakkab ko'nikmani o'zlashtirishda bolalarga bevosita yordam beradi.
Bunday yondashuv bilan bola o'z harakatlarini o'stiradi va rivojlanib boradi.
Pedagogik jarayonni individuallashtirish maqsadida bolalar submadaniyatining tarkibiy qismlaridan foydalaniladi. Bolalar submadaniyati – bolalar muhitida mavjud bo'lgan dunyo va qadriyatlar haqidagi maxsus g'oyalar tizimi, xulq-atvor xususiyatlari, muloqot shakllari va bolalarning faoliyati, o'ziga xos va original qonunlarga muvofiq yashaydigan madaniyat ichidagi madaniyat turi sanaladi.
Bolalar jamoasi asosiy madaniy qadriyatlarning tashuvchisi hisoblanadi. Bolalar submadaniyati – kattalar dunyosiga yashirin, dialogik murojaat, uni o'zlashtirishning va unda o'zini tasdiqlashning o'ziga xos usuli. Guruhda devoriy gazeta yoki “Mening kayfiyatim”, “

Bolaning tug'ilgan kuni burchagi” rukni bo'lishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, guruh bolalar submadaniyatining doimiy va vaqtinchalik tarkibiy qismlari bilan to'la – bu maktabgacha ta'lim oluvchilarga o'z qobiliyatlari va tengdoshlari haqida ko'proq ma'lumot olish, ijtimoiy rollarni va munosabatlarni, hamkorlikni o'zlashtirish, ularning atrofidagi dunyo qadriyatlarini tushunish va ijtimoiy dunyoga moslashishga yordam beradi. Guruhlarda rivojlanish markazlari bola faoliyatini rag'batlantiruvchi va o'yinlarni rivojlantiruvchi turli materiallar bilan to'ldiriladi. Har bir guruhda tarbiyalanuvchilar ota-onalar va pedagog bilan birgalikda tayyorlagan ko'rgazmali va didaktik materiallar mavjud bo'ladi.

Tarbiyachilar bolalarga yordamchi bo'lib harakat qiladilar, rivojlanayotgan muhit, rivojlanish markazlarini tashkil etadilar va har bir bolaning individual rivojlanishini hisobga oluvchi tadbirlarni rejalashtiradilar. Bolalar kichik guruhlarda va yakka tartibda, pedagog rahbarligida yoki mustaqil ravishda harakat qilishni o'rganadilar. Maktabgacha ta'lim tizimida ta'lim dasturini ishlab chiqishning muhimligi – bolalarning tanlov qilish, muammolarni hal qilish, atrofdagilar bilan muloqotda bo'lish, individual maqsadlarni belgilash va ularga erishish qobiliyatlarini egallashdir

E’TIBORINGIZ UCHUN TASHAKKUR!


Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling