5-Mavzu: interfaol metodlar va ularni ta’lim-tarbiya jarayonida qo’llash (4 soat) reja


Download 254.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/25
Sana10.11.2023
Hajmi254.38 Kb.
#1764383
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25
"Zig-zag” metodi 
 
Metod talaba-o‘quvchilar bilan guruh asosida ishlash, mavzuni tez-kor va puxta 
o‘zlashtirishga xizmat qiladi. Metodning afzalligi quyidagi jihatlar bilan belgilanadi: 
1. O‘quvchi-talabalarda jamoa bo‘lib ishlash ko‘nikmasi shakllanadi;
2. Mavzuni o‘zlashtirishga sarflanadigan vaqt tejaladi 
 
“Zig-zag” yoki “Boshqalarni o‘qitish” metodi 
 
“Zig-zag” metodining qo‘llanish qoidasi quyidagicha: 
1-bosqich. Kichik guruhlar tashkil etiladi. 
2-bosqich. Har bir guruh ishtirokchilariga 1, 2, 3 raqamlari yozil-gan qog‘ozlar 
(topshiriqlar soniga qarab) tarqatiladi. 
3-bosqich. Har bir guruhdagi ishtirokchilar alohida stol atrofida birlashadi (1,1,1,1), 
(2,2,2,2), (3,3,3,3) va ushbu guruhlarning har biri-ga alohida topshiriqlar beriladi (misol uchun 
1-guruhga metodik, 2-gu-ruhga ilmiy, 3-guruhga didaktik tahlil). 
4-bosqich. Guruh ishtirokchilari belgilangan vaqt oralig‘ida beril-gan tahlil turlarini 
puxta o‘rganadilar va har bir ishtirokchi “o‘qituv-chi” darajasiga ko‘tariladi. 


5-bosqich. Har bir ishtirokchi avvalgi o‘rniga qaytadi va o‘zining puxta o‘rganib kelgan 
materialini (dars tahlili turini) sheriklariga gal-ma-galdan tushuntirishi kerak. Mana shu 
tartibda dars tahlili turlari ta-labalar tomonidan mustaqil o‘rganiladi. Va bu ishlarning 
taqdimoti o‘t-kaziladi.
Dars tahlilining qaysi turi bo‘yicha taqdimot qilish o‘qituvchi to-monidan belgilanadi
ya’ni guruhlar taqdimot qilib beradilar. Har bir guruhlar taqdimotini qolgan guruhlar 
baholaydi. 
Baholash mezoni maksimal – 10 ball. Mazmun – 6 ball, taqdimot – 2 ball. G‘olib guruh 
o‘qituvchi tomonidan rag‘batlantiriladi. 

Download 254.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling