5-Mavzu: interfaol metodlar va ularni ta’lim-tarbiya jarayonida qo’llash (4 soat) reja
Download 254.38 Kb. Pdf ko'rish
|
“Ven diagrammasi” metodi
Ushbu metod o‘quvchi-talabalarda mavzuga nisbatan tahliliy yon-dashuv, ayrim qismlar negizida mavzuning umumiy mohiyatini o‘z-lashtirish (sintezlash) ko‘nikmalarini hosil qilishga yo‘naltiriladi. “Ven diagrammasi” metodi kichik guruhlarni shakllantirish asosida sxema bo‘yicha amalga oshiriladi. Yozuv taxtasi o‘zaro teng to‘rt bo‘lakka ajratiladi va har bir bo‘lak-ka quyidagi sxema chiziladi: Metod o‘quvchi-talabalar tomonidan o‘zlashtirilgan o‘zaro yaqin na-zariy bilimlar, ma’lumotlar yoki dalillarni qiyosiy tahlil etishga yordam beradi. Ushbu metoddan muayyan bo‘lim yoki boblar bo‘yicha yakuniy darslarni tashkil etishda foydalanish yanada samaralidir. Metodni qo‘llash bosqichlari quyidagilardan iborat: – o‘quvchi-talabalar to‘rt guruhga bo‘linadi; – yozuv taxtasiga topshiriqni bajarish mohiyatini aks ettiruvchi sxe-ma chiziladi; – har bir guruhga o‘zlashtirilayotgan mavzu (bo‘lim, bob) yuzasi-dan alohida topshiriqlar beriladi; – topshiriqlar bajarilgach, guruh a’zolari orasidan liderlar tanla-nadi; – liderlar guruh a’zolari tomonidan bildirilgan fikrlarni umumlash-tirib, yozuv taxtasida aks etgan diagrammani to‘ldiradilar. “Insert” metodi Bu metod o‘zlashtirilishi ko‘zda tutilgan yangi mavzu bo‘yicha o‘quvchi-talabalarning muayyan tushunchalarga egaliklarini aniqlash va ularda matnga nisbatan tahliliy yondashish ko‘nikmalarini shakllantirish-ga xizmat qiladi. Metodni qo‘llash jarayonida quyidagi harakatlar amal-ga oshiriladi: – kichik guruhlar shakllantirilib, ular nomlanadi. Har bir guruhdan o‘zlashtirilishi rejalashtirilayotgan mavzuga oid ikkita fikr bildirish so‘-raladi; – o‘quvchi-talabalar navbatma-navbat mulohazalarni bayon etadilar; – bayon etilgan fikrlar yozuv taxtasiga yozib boriladi; – so‘ngra o‘qituvchi yangi mavzu mohiyatini yorituvchi matnni gu-ruhlarga tarqatadi; Download 254.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling