5-Mavzu: interfaol metodlar va ularni ta’lim-tarbiya jarayonida qo’llash (4 soat) reja
Download 254.38 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Veyer (yelpig‘ich) metodi
“Iqtisodchi” metodi “Iqtisodchi” metodi o‘quvchi-talabalarda fikriy bog‘liqlik, mantiq, xo-tiraning rivojlanishiga imkoniyat yaratadi, qandaydir muammoni hal qilish-da o‘z fikrini ochiq va erkin ifodalash mahoratini shakllantiradi. Masalan, iqtisodiy iboralarni pedagogik atamalar bilan to‘ldirish. O‘quvchi-talabalar iboralarni tavsiya qilishadi: biznes, tadbirkor, iqtisod, hisobot, statistika va hokazo. Bu ibora to‘g‘risida to‘xtaymiz: Veyer (yelpig‘ich) metodi Bu metod murakkab, ko‘p tarmoqli, mumkin qadar muammo xarak-teridagi mavzularni o‘rganishga qaratilgan. Metod mohiyati shundan iboratki, unda mavzuning turli tarmoqlari bo‘yicha bir yo‘la sharh beriladi. Ayni paytda, ularning har biri alohida nuqtalarda muhokama etiladi. Masalan, ijobiy va salbiy tomonlari, afzal-lik, fazilat va kamchiliklari, foyda va zararlari belgilanadi. Bu interaktiv metod tanqidiy, tahliliy, aniq, mantiqiy fikrlashni muvaffaqiyatli rivojla-nishiga hamda o‘z g‘oyalari, fikrlarini yozma va og‘zaki shaklda ixcham bayon etish, himoya qilishga imkoniyat yaratadi. Veyer metodi umumiy mavzuning ayrim tarmoqlarini muhokama qiluvchi kichik guruhlarning, har bir qatnashuvchining, auditoriyaning faol ishlashiga qaratilgan. Veyer metodi mavzuni o‘rganishning turli bosqichlarida qo‘llanishi mumkin: – boshida: o‘z bilimlarini erkin faollashtirish; – mavzuning o‘rganish jarayonida: uning asoslarini chuqur fahm-lash va anglab yetish; – yakunlash bosqichida: olingan bilimlarni tartibga solish. Asosiy tushunchalar quyidagilar: – aspekt (nuqtayi nazar) bilan predmet, hodisa, tushuncha tekshiriladi; – afzallik – biror narsa bilan qiyoslangandagi ustunlik, imtiyoz; – fazilat – ijobiy sifat; – nuqson–nomukammallik, qoidalarga, mezonlarga nomuvofiqlik; – xulosa – muayyan bir fikrga, mantiqiy qoidalar bo‘yicha dalildan natijaga kelish. Veyer metodi ta’lim maqsadidan tashqari tarbiyaviy xarakterdagi quyidagi vazifalarni amalga oshirish imkonini ham beradi: – jamoa, guruhlarda ishlash mahorati; – muammolar, vaziyatlarni turli nuqtayi nazardan muhokama qilish mahorati; – murosali qarorlarni topa olish mahorati; – o‘zgalar fikriga hurmat; – xushmuomalalik; – ishga ijobiy yondashish; – faollik; – muammoga diqqatini jamlay olish mahorati. Shunday qilib, iqtisodiy fanlarni o‘qitish jarayonida interfaol metod-lardan foydalanish o‘ziga xos xususiyatga ega. Ta’lim amaliyotida foy-dalanilayotgan har bir interfaol metodni sinchiklab o‘rganish o‘quvchi- talabalarning fikrlashini kengaytiradi hamda muammoni to‘g‘ri yechi-mini topishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘quvchi-talabalarning ijodkorli-gini va faolligini oshiradi. Turli xil iqtisodiy muammolar interfaol me-todlar orqali tahlil etilganda, o‘quvchi- talabalarning bilishini kengayishi va chuqurlashishi aniqlanadi. Shuning uchun quyidagi amaliyotda foyda-lanilayotgan interfaol metodlar asosidagi dars ishlanmasi (uslubiy ko‘r-satma)ni keltiramiz. Mavzu: Interfaol metodlar asosida dars o‘tish Dars shakli: Seminar TA’LIM METODLARI: Suhbat, savol-javob “Aqliy hujum”, “Qora quti” hamda “5x5x5”, “Beshinchisi ortiqcha”, test so‘rovi. DARSNING MAQSADI: Oliy o‘quv yurtlari talabalarida ta’limni amalga oshirishning asosiy metodlari va tashkiliy shakl-lari to‘g‘risida bilimlarini mustahkamlash. DARSNING JIHOZLARI: Mavzuga oid adabiyotlar, slaydlar, oq qog‘oz, marker, o‘quvchi-talabalarni guruhlarga bo‘lish uchun turli shakl va rangdagi kartochkalar. Darsning rejasi: I. “Aqliy hujum” metodi yordamida dastlabki tushunchalarni aniq-lashtirib olish. II. “5x5x5” metodi yordamida bilimlarni o‘zlashtirish. III. Savol-javob asosida suhbat tashkil etish. IV. “Qora quti” metodi yordamida o‘zlashtirilgan tushunchalarni mus-tahkamlash. V. “Beshinchisi ortiqcha” metodi yordamida o‘zlashtirilgan bilim-larni mustahkamlash. VI. Qisqacha test so‘rovi yordamida talabalarning o‘zlashtirish da-rajasini aniqlash. Darsning borishi Mashg‘ulot o‘qituvchining oliy ta’lim tizimida “Zamonaviy pedago-gik texnologiyalar” fani haqidagi kirish so‘zi bilan boshlanadi. U o‘z ma’ruzasida ta’lim metodlari oliy malakali mutaxassislarni tayyorlash-ning muhim omili ekanligini yorqin misollar bilan tushuntiradi, bunda an’anaviy hamda noan’anaviy ta’lim metodlarini sanab o‘tadi. Ma’ruzalar matnda berilgan ma’lumotlar bilan cheklanmay, qo‘shimcha adabiyotlarga, jumladan “Pedagogika”, “Psixologiya” hamda maxsus fanlarni o‘qitish metodlariga oid boshqa qo‘llanmalarga murojaat qiladi. Mavzuga oid asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar ro‘yxati jadval shaklida talabalarga havola qi-linsa, o‘qituvchi bergan ma’lumot yanada samarali, esda qolarli bo‘ladi. Mashg‘ulot davomida amalga oshiriladigan har bir metod mos ra-vishda savol-javoblar orqali mustahkamlab boriladi. Chunonchi, “Siz metod” tushunchasini qaysi fan sohalarida uchratgansiz?, “Siz bakalavr kursida tahsil olish davomida “ta’lim metodi” tushunchasi bilan bog‘liq qanday ma’lumotlarni eslay olasiz?”, “Oliy ta’lim muassasasida tahsil olish davomida qo‘llanilgan qanday ta’lim metodlarini sanab bera ola-siz?” kabi savollarga talabalar, albatta javob berishadi. Ular aytishga qiynalgan, munozarali o‘rinlarni esa o‘qituvchining o‘zi to‘ldirib boradi. Talabalarga ma’ruza mashg‘ulotida metod, metodika, metodologiya, pedagogik texnologiya, interfaol metodlari bilan bog‘liq tushunchalarni mustaqil ravishda, chuqurroq o‘rganish topshirilishi lozim. Ta’lim me-todlari tushunchasi ancha keng va birmuncha murakkab bo‘lib, ularni mustaqil ravishda birlamchi o‘qish amaliy mashg‘ulot jarayonida ularni o‘zlashtirish va mustahkamlashni ancha osonlashtiradi, matnda uchraydi-gan qiyin so‘z, jumla va nomlarni to‘la tushungan holda o‘zlashtirishga yordam beradi. Download 254.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling