5-Mavzu: interfaol metodlar va ularni ta’lim-tarbiya jarayonida qo’llash (4 soat) reja


Download 254.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/25
Sana10.11.2023
Hajmi254.38 Kb.
#1764383
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25
_____________________________________________________ 
_____________________________________________________ 
_____________________________________________________ 
_____________________________________________________ 
 
G‘oyalarni umumlashtirish bo‘yicha bosh tahlilchining ma’ruzasi. 
Tahlilchilar guruhi 10 daqiqalik ma’ruza uchun bosh tahlilchini mustaqil holda tanlashadi. 
Ma’ruzaning taxminan quyidagi shakli taklif qilinadi. Miqdoriy ko‘rsatkichlar: 
1. Ishtirokchilar miqdori 
2. G‘oyalar miqdori 
Shularda: 
1.1. 
Yangi va real g‘oyalar 
1.2. 
Original g‘oyalar 
1.3. 
Ma’lum g‘oyalar 
1.4. 
Keraksiz g‘oyalar 
Birinchi korzinkadagi g‘oyalarga alohida e’tibor qaratiladi. 


 
 
“Aqliy hujum” bo‘yicha umumiy
xulosalarning chiqarilishi 
“Aqliy hujum” metodini o‘tkazuvchi zudlik bilan g‘oyalarni oldinga qo‘yilgan maqsaddan 
kelib chiqqan holda tahlil qiladi va mavjud bo‘l-gan eski g‘oyalar bilan qiyoslaydi. Bundan 
tashqari, “Aqliy hujum”ning o‘tkazish jarayoniga qisqacha baho beradi. Shu o‘rinda natijaga 
alohida e’tibor qaratiladi, eng kelajagi bor g‘oyalar real amaliy faoliyatda qo‘l-lanilishi 
ta’kidlanadi. 
Xulosa 
 
“Aqliy hujum” metodini har xil variantlarda amalga oshirish mumkin: 
– og‘zaki individual fikr bildirish. Bunda muallif va uning g‘oyasi doskada muqarrar qayd 
qilinadi; 
– guruh bilan ishlash. Bunda jamoalarning guruhiy g‘oyalari qayd qilinadi; 
– “Aqliy hujum” metodi “G‘oyalar konferensiyasi” ko‘rinishida ham amalga oshirilishi 
mumkin; 
– “Aqliy hujum”ning yana bir ko‘rinishida mualliflarning o‘zlari o‘z fikrini yozadilar va 
uni og‘zaki tushuntiradilar. 
Xulosada shu narsani ta’kidlamoqchimizki, “Aqliy hujum” metodi yangilik tuyg‘usi 
rivojlangan, intellektual ijod rag‘batlantiriladigan g‘o-yalarni haqiqatdan ham hayotga tatbiq 
etiladigan jamoadagina samara berishi mumkin. 
Ma’lumki, ba’zi bir ishga taalluqli o‘yinlarda ma’lum masalalar-ning muhokamasi paytida 
“Aqliy hujum”dan foydalaniladi. Shuning uchun pedagoglar “Aqliy hujum” metodini o‘yin 
jarayonida qo‘llash texnologiyasini iloji boricha mukammal o‘zlashtirib olishlari zarur. 

Download 254.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling