3.1. Ishning sintez bosqichi
Bu bosqichda tahlilchilar guruhi (3-5 odamdan iborat) 2-shakl bo‘-yicha to‘plangan
g‘oyalarni yig‘ib olib, ularni keyinchalik tahlil qilish uchun korzinkalarga tashlashadi. Shundan
so‘ng barcha g‘oyalar
tizim-lashtiriladi,
tasnif qilinadi, baholanadi
va nisbatan muammoning
yechi-lishiga yordam beradiganlarini alohida olib qo‘yadilar.
Tanqidiy bosqich
Bu bosqichda tahlilchilar ikkita guruhga bo‘linadilar: tahlilchilar va tanqidchilar.
Tanqidchilar ilgari surilgan g‘oyalarni tanqid qiladilar va bunda
generatorning shaxsini emas,
balki g‘oyalarning o‘zini tanqid qilishi zarur bo‘ladi.
Shundan so‘ng g‘oyalar uchta korzinaga tashlanadi:
1. Yangi, bemalol hayotga tatbiq qilsa bo‘ladigan g‘oyalar.
2. Ma’lum g‘oyalar.
3. Keyinchalik tahlil qilish uchun saqlanadigan g‘oyalar.
Metodikani o‘tkazuvchilar tahlilchilarga doimiy konsultatsiyalar
be-rib boradilar va
reglamentni saqlashga harakat qiladilar (reglament 30 daqiqa). Tahlilchilar 3-shaklga mos holda
formatni to‘ldiradilar. Shun-day qilib, yangi ma’lumot tizimi dunyoga keladi.
11-shakl.
Tahlilchilar uchun “Tahlilchilar guruhi”ning ismi-sharifi (asosiy tahlilchilarni ko‘rsating)
____________________________________________________
____________________________________________________
Ilgari surilgan g‘oyalar bo‘yicha kiritadigan ma’lumotlar.
1.
Miqdoriy ko‘rsatkichlar: ___________________________
a)
qatnashchilar miqdori______________________________
b)
g‘oyalar miqdori __________________________________
2. Sifat ko‘rsatkichlari:
a) yangi, hayotga tatbiq qilish mumkin bo‘lgan g‘oyalar;
b) ma’lum g‘oyalar;
b) keyingi tahlil uchun “tashlandiq g‘oyalar”.
3. Birinchi ikkita yo‘nalishdagi g‘oyalarni alohida belgilash va tah-lil qilish zarur;
4. Muallifini ta’kidlagan holda nisbatan original g‘oyalarni ajratish zarur (g‘oyaning
ma’nosini qisqacha yozish zarur):
Do'stlaringiz bilan baham: