5-Mavzu: interfaol metodlar va ularni ta’lim-tarbiya jarayonida qo’llash (4 soat) reja
Download 254.38 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Fikrlarning shiddatli hujumi” metodi “
“Yalpi fikriy hujum” metodi
“Yalpi fikriy hujum” metodi J. Donald Filips tomonidan ishlab chi-qilgan bo‘lib, uni bir necha o‘n (20-60) nafar o‘quvchi-talabalardan ibo-rat guruhlarda qo‘llash mumkin. Metod o‘quvchi-talabalar tomonidan yangi g‘oyalarning o‘rtaga tash-lanishi uchun sharoit yaratib berishga xizmat qiladi. Har biri 5 yoki 6 nafar o‘quvchi-talabalarni o‘z ichiga olgan guruhlarga 15 daqiqa ichida ijobiy va-zifalar beriladi. Topshiriq va ijodiy vazifalar belgilangan vaqt ichida ijobiy hal etilgach, bu haqida guruh a’zolaridan biri axborot beradi. Guruh tomonidan berilgan axborot (topshiriq yoki ijodiy vazifaning yechimi) o‘qituvchi va boshqa guruhlar a’zolari tomonidan muhokama qilinadi va unga baho beriladi. Mashg‘ulot yakunida o‘qituvchi berilgan topshiriq yoki ijodiy vazifalarning yechimlari orasida eng yaxshi va o‘ziga xos deb topilgan javoblarni e’lon qiladi. Mashg‘ulot jarayonida guruh a’zolarining faoliyatlari ularning ishtiroklari darajasiga ko‘ra ba-holab boriladi. “Fikrlarning shiddatli hujumi” metodi “Fikrlarning shiddatli hujumi” metodi Ye.A. Aleksandrov tomoni-dan asoslangan hamda G.Ya. Bush tomonidan qayta ishlangan. “Fikrlar-ning shiddatli hujumi” metodining mohiyati quyidagichadir: – jamoa orasida muayyan topshiriqlarni bajarayotgan har bir o‘quvchi-talabaning shaxsiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga ko‘-maklashish; – o‘quvchi-talabalarda ma’lum jamoa (guruh) tomonidan bildiril-gan fikrga qarshi g‘oyani ilgari surish layoqatini yuzaga keltirish. “Fikrlashning shiddatli hujumi” metodini ijtimoiy, gumanitar va tabiiy yo‘nalishlardagi fanlar yuzasidan tashkil etiladigan mashg‘ulotlar jarayo-nida birdek muvaffaqiyatli qo‘llash mumkin. Ushbu metoddan foydalanishga asoslangan mashg‘ulot bir necha bosqichda tashkil etiladi. Ular quyidagicha: 12-shakl. “Fikrlarning shiddatli hujumi” metodini qo‘llash jarayonida quyi-dagi holatlar yuzaga keladi: – o‘quvchi-talabalar tomonidan muayyan nazariy bilimlarning pux-ta o‘zlashtirilishiga erishish; – vaqtni iqtisod qilish; – har bir o‘quvchi-talabani faollikka undash; – ularda erkin fikrlash layoqatini shakllantirish. Download 254.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling