5-Mavzu: interfaol metodlar va ularni ta’lim-tarbiya jarayonida qo’llash (4 soat) reja


Download 254.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet22/25
Sana10.11.2023
Hajmi254.38 Kb.
#1764383
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
 
Metodning kamchiligi: 
 
– metodni qo‘llash uchun ko‘p vaqt kerak; 
– har bir ishtirokchi uchun alohida tarqatma material talab etiladi; 
– ishtirokchilarning o‘zlashtirish darajalari har xilligi sababli kuti-ladigan natijaga har 
doim ham erishilavermaydi. 
«Ajurli arra» 
 
«Ajurli arra» (ajar so‘zi fransuzcha «ajour» so‘zidan olingan bo‘lib, “bir yoqdan ikkinchi yoqqa 
o‘tgan, ikki tomoni ochiq” degan ma’noni ang-latadi) metodi tuzilish jihatidan o‘zida quyidagi 
bosqichlarni qamrab oladi: 

Topshiriqni bo‘lish: topshiriq va matnli materiallar bir necha aso-siy qismlarga (yoki) 
mavzularga qirqiladi. 

Birlamchi guruhlar: har bir guruh a’zolari qirqilgan mavzuni ola-di va ekspertga 
aylanadi. 

Ekspert guruhlar: qo‘lida bir mavzuga oid o‘quv topshiriqlari mav-jud bo‘lgan o‘quvchi-
talabalar mavzuni muhokama qilish, boshqalarga o‘r-gatish, rejasini egallash uchun ekspert 
guruhiga birlashadilar. 

Birlamchi 
guruhlar: 
o‘quvchi-talabalar 
o‘zlarining 
birlamchi 
gu-ruhlariga 
o‘rganganlarini o‘qitishadi. 
Shuningdek: 
1. O‘qitish jarayoniga bu tarzda yondashilganda o‘quvchi-talaba-larning hamkorlikda 
ishlashlariga va qisqa vaqt ichida katta hajmdagi axborotlarni o‘zlashtirishlariga imkon 
tug‘iladi. 
2. U yoki bu faoliyatni darsda amalga oshirish uchun talaba-o‘quv-chilarga boshlang‘ich 
axborotlarni uzatish zarurati tug‘ilsa, ma’ruza o‘rnini bosa oladigan samarali qurol 
hisoblanadi. 
3. O‘qituvchi murakkab mavzular bo‘yicha o‘quvchi-talabalarni dars-ga tayyorlash uchun 
oldindan ularning har biriga mo‘ljallangan alohida axborot tayyorlaydi. Unda darslikdan tashqari 
qo‘shimcha tarzda gazeta, jurnallardagi maqolalardan materiallar bo‘lishi kerak. 
4. Har bir o‘quvchi-talaba ikki guruh tarkibida ishtirok etadi: Dast-lab “o‘z uyi” 
(birlamchi) guruhiga, keyin esa (ekspert) guruhiga birla-shib, o‘quv elementlarini mustaqil 
ravishda o‘rganishadi. Ekspert guru-hini tezda tashkil etish uchun o‘quvchi-talabalar olgan 
axborot paket-laridan har bir mavzuga oid materiallar, bir xil rangdagi qog‘ozlarga yozilgan 
yoki rangli qalam bilan qog‘ozning biror bir burchagi bo‘yal-gani ma’qul. 
5. Har bir guruhda 3 tadan 5 tagacha o‘quvchi-talaba (o‘quvchi-ta-labalar soniga qarab) 
bo‘lishi mumkin. Har bir o‘quvchi-talaba “o‘z uyi”dagilarni va qayta uchrashish joyini aniqlab 
olishi kerak. 
6. O‘qituvchi o‘quvchi-talabalarni “rangli topshiriqlar” asosida gu-ruhga birlashishini taklif 
etadi hamda ular alohida mavzular bo‘yicha eks-pertga aylanadi. Misol uchun, “qizil” larni 
auditoriya yoki sinf xonasi oxi-rida, “ko‘k”larni esa OO‘Yu, kasb-hunar kolleji, maktab 
yo‘lakchasida uchrashishi belgilanadi. Har bir ekspert guruhida o‘quvchi-talabalar soni 3 nafardan 
kam bo‘lmasligi kerak. 
7. Guruhlarga axborotli paketlar tarqatiladi, har qaysi guruh turli xil materiallar 
to‘plamini olishlari va ularni muhokama qilishi, aynan ana shu axborotlar bo‘yicha ekspertga 
aylanishi lozim. O‘quv material-lari bo‘yicha “ekspert” bo‘lishi uchun o‘quvchi-talabalarda 


vaqt yetarli bo‘lishi zarur. Agar materiallar murakkab va katta bo‘lsa, bir dars ja-rayoni to‘liq 
talab qilinadi. 
8. O‘quvchi-talabalarga quyidagi topshiriqlar beriladi: 
paketdagi materiallarni qunt bilan o‘rganing va muhokama qiling; 
bir-biringizdan so‘rang, materiallarni har biringiz tushunib olga-ningizga ishonch 
hosil qiling; 
o‘z “uyingiz” guruhida o‘qitish zarurligini hisobga olib, mate-rialning muhim o‘quv 
unsurlariga e’tiborni qarating. 
9. O‘quvchi-talabalarning o‘z “uylariga” qaytishlarini iltimos qi-ling. Har biri o‘z “uyi” 
guruhiga axborot beradi. Shak-shubhasiz, “u” guruhida ekspert guruhidan 1 ta o‘quvchi-talaba 
bo‘lishi shart. O‘rga-nib kelgan o‘quvchi-talaba materiallarni o‘z guruhi o‘quvchi-talabalari-ga 
o‘rgatish javobgarligini bo‘yniga oladi. Bu jarayon o‘quv materiallari-ning o‘zlashtirilishi zarurligiga 
qarab, yana bir soat davom etishi mumkin.

Download 254.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling