IV. “Qora quti” metodi yordamida o‘zlashtirilgan
tushunchalarni mustahkamlash
Ushbu metod vositasida quyidagi harakatlar tashkil etiladi: talabalar juftliklarga birikadilar
va ularga ta’lim metodlarining mohiyatini yori-tuvchi asosiy vaziyatlarni
kartochkalarga qayd
etish vazifasi yuklanadi. O‘qituvchi topshiriqning guruhlar tomonidan
qanday bajarilganligini
tekshiradi, uni to‘g‘ri bajargan juftlikning bir a’zosi o‘qituvchi rolini ba-jaradi va yozuv taxtasiga
quyidagi vaziyatlarni yozadi: talabalar qiziqish
va motivatsiyalarini aniqlash,
yangi bilimlarni
o‘zlashtirish, o‘zlashtiril-gan bilimlarni mustahkamlash, bilimlarni amalda qo‘llash malakalarini
hosil qilish, bilimlarning o‘zlashtirilish darajasini aniqlash. So‘ngra
ta-labalardan ushbu
vaziyatlar nimani anglatishini so‘raydi, to‘g‘ri javob bera olgan talaba o‘qituvchi vazifasini ijro
etadi va talabalardan mavzu mohiyatini ochib berishga xizmat
qiluvchi beshta tushunchani
kartoch-kalarga yozishni so‘raydi. Ushbu
talaba o‘qituvchi yordamida
topshi-riqni juftlik
talabalar qanday bajarganlarini tekshiradilar va yozuv tax-tasiga quyidagi atamalarni yozadilar:
hikoya, suhbat, ma’ruza, intervyu, munozara, test so‘rovi. O‘qituvchi rolini bajarayotgan talaba
tengdosh-laridan ushbu so‘zlar nimalarni anglatishni so‘raydi.
V. “Beshinchisi ortiqcha” metodi yordamida o‘zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlash
Talabalarga quyidagi vazifani bajarish topshiriladi: berilgan tushun-chalar ro‘yxatidan
mavzuga taalluqli bo‘lmagan tushunchalarni aniqlang va ularni ro‘yxatdan
chiqaring,
harakatlaringiz mohiyatini izohlang.
Tushunchalar:
1. Metodika, metod, imtixon, usul, metodologiya.
2.
Hikoya, hikoya-nutq, hikoya-bayon, hikoya-xulosa, hikoya-nazorat.