5-Mavzu: interfaol metodlar va ularni ta’lim-tarbiya jarayonida qo’llash (4 soat) reja
Download 254.38 Kb. Pdf ko'rish
|
“Zakovatli zukko” metodi
Mavjud bilimlarni puxta o‘zlashtirishda o‘quvchi-talabalarning fikr-lash, tafakkur yuritish layoqatlariga egaliklari muhim ahamiyatga ega. "Zakovatli zukko" metodi o‘quvchi-talabalarda tezkor fikrlash ko‘nik-malarini shakllan-tirish, shuningdek, ularning tafakkur tezliklarini aniq- lashga yordam beradi. Metod o‘z xohishlariga ko‘ra shaxsiy imkoni-yatlarini sinab ko‘rish istagida bo‘lgan o‘quvchi-talabalar uchun qulay imkoniyat yaratadi. Ular o‘qituvchi tomonidan berilgan savollarga qisqa muddatlarda to‘g‘ri va aniq javob qaytara olishlari zarur. Savollarning murakkablik darajasiga ko‘ra har bir savolga qaytarilgan to‘g‘ri javob uchun ballar belgilanadi. Yakuniy ballarning o‘rtacha arifmetik qiyma-tini topish asosida o‘quvchi-talabalarning tafakkur tezligi aniqlanadi. Ballarning belgilanishi o‘quvchi-talabalarning shaxsiy imkoniyatlari to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lishlarini ta’minlaydi. Metod o‘quvchi-talabalar bilan yakka tartibda, guruhli va ommaviy ishlashda birdek qo‘llanilishi mumkin. "Qarama-qarshi munosabat" metodi Metod o‘z mohiyatiga qo‘ra o‘zlashtirilgan bilimlarni tahlil va sin-tez qilish asosida asosiy hamda ikkinchi darajali ma’lumotlar sifatida guruhlarga ajratish imkonini beradi. Metodni qo‘llashda quyidagi hara-katlar amalga oshiriladi: – mavzuning umumiy mazmuni yodga olinib, uning ahamiyatini yori-tuvchi tayanch tushunchalar aniqlanadi; – ular muayyan ketma-ketlikda qayd etiladi; – tushunchalar shaxsiy yondashuv asosida muhim va u qadar muhim bo‘lmagan tushunchalar tarzida guruhlanadi; – jadval yaratilib, uning 1-ustuniga muhim bo‘lgan, 2-ustuniga mu-him bo‘lmagan tushunchalar yoziladi; – kichik guruhlar asosida shaxsiy yondashuvlar muhokama qilinadi; – jamoaning umumiy fikriga ko‘ra yakuniy xulosani ifoda etuvchi jad-val yaratiladi. O‘quvchi-talabalar faoliyatining samaradorligini ta’minlash uchun ularning e’tiborlariga quyidagi jadvallarni taqdim etish maqsadga mu-vofiq: Download 254.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling