5-Mavzu: interfaol metodlar va ularni ta’lim-tarbiya jarayonida qo’llash (4 soat) reja
Download 254.38 Kb. Pdf ko'rish
|
(D.KOLB G‘OYASI) METODI
Mazkur metod quyidagi to‘rt omil asosiga quriladi: 16-shakl. «Tajriba vositasida o‘qitish sikli» metodining asosiy omillari. Yuqorida qayd etilgan omillarning har biri muayyan shior (g‘oya)ga asoslanadi. Chunonchi: 1) o‘quvchi-talabalar uchun mashq (topshiriq)lar mazmunini tanqi-diy o‘rganish va ular ustida fikr yuritish imkonini beruvchi sharoitni yara-ting (reflektiv kuzatish); 2) o‘quvchi-talabalarga zarur nazariy bilimlarni bering; 3) muammo yuzasidan bildirilgan fikrlarni umumlashtirish va xulosa-lash uchun sharoit yarating (abstrakt xulosalash, konseptuallash); 4) o‘quvchi-talabalarga mukammal shakllangan, ayni vaqtda yana bir bor tekshirib chiqilishi lozim bo‘lgan mashq(topshiriq)larni ishlab chiqish imkonini bering (faol tajriba olib borishga tayyorlanish); 5) yakuniy xulosani shaxsiy tajribadan o‘tkazing va faoliyatda undan foydalaning (aniq tajriba o‘tkazish). "Qora quti" metodi Ta’lim jarayonida mazkur metodni qo‘llashdan maqsad, o‘quvchi-tala-balar tomonidan mavzuni puxta o‘zlashtirishga erishish bilan birga ularni faollikka undash, ularda hamkorlikda ishlash, ma’lum vaziyatlarni boshqarish hamda mantiqiy tafakkur yuritish ko‘nikmalarini shakllanti-rishdan iborat. Metoddan foydalanishda quyidagi harakatlar tashkil etiladi: – o‘quvchi-talabalar juftlikka biriktiriladi; – juftliklarga mavzu mohiyatini yorituvchi asosiy tushunchalar (ta-yanch so‘zlar, sanalar, raqamlar, belgilar va h.k.)ni kartochkalarga qayd etish vazifasi yuklanadi: – o‘qituvchi o‘quvchi-talabalar bilan hamkorlikda guruhlar tomoni-dan topshiriqning bajarilishini tekshiradilar; – topshiriqni to‘g‘ri bajargan guruhning bir a’zosi o‘qituvchi rolini bajaradi va topshiriqning yechimini yozuv taxtasiga yozadi; – o‘quvchi-talabalar yozuv taxtasida qayd etilgan fikrni sharhlay-dilar (tayanch so‘zlar, sanalar, raqamlar, belgilar qanday ma’noni ang-latishini aytadilar); Download 254.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling