5-Mavzu: interfaol metodlar va ularni ta’lim-tarbiya jarayonida qo’llash (4 soat) reja


Download 254.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/25
Sana10.11.2023
Hajmi254.38 Kb.
#1764383
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25
 
Rеflеktiv kuzаtish 
Аbstrаkt хulоsаlаsh 
(kоnsеptuаllаsh) 
Tаjribа vоsitаsidа 
o‘qitish sikli 
Fаоl tаjribа оlib 
bоrishgа 
tаyyorlаnish 
Аniq tаjribа 
o‘tkаzish 


– to‘g‘ri javob bergan talaba-o‘quvchi o‘qituvchi rolini bajarib, juftliklarga mavzu 
mohiyatini yorituvchi shakl, jadval yoki tasvir yara-tishni topshiradi va o‘qituvchi yordamida 
topshiriqning bajarilishini tekshiradi. 
 
"Beshinchisi (oltinchisi, yettinchisi, ...) ortiqcha" metodi 
 
O‘quvchi-talabalarning mantiqiy tafakkur yuritish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlarida ushbu 
metod alohida ahamiyatga ega. Uni qo‘llashda quyi-dagi harakatlar amalga oshiriladi: 
– o‘rganilayotgan mavzu mohiyatini ochib berishga xizmat qiluvchi tushunchalar tizimini 
shakllantirish; 
– hosil bo‘lgan tizimdan mavzuga taalluqli bo‘lgan to‘rtta (beshta, oltita, ... ) 
tushunchaning o‘rin olishiga erishish; 
– o‘quvchi-talabalarga mavzuga taalluqli bo‘lmagan tushunchani aniqlash va uni tizimdan 
chiqarish vazifasini topshirish; 
– o‘quvchi-talabalarni o‘z harakatlari mohiyatini sharhlashga un-dash (mavzuni 
mustahkamlash maqsadida o‘quvchi-talabalardan tizim-da saqlanib qolgan tushunchalarga ham 
izoh berib o‘tishlari hamda ular o‘rtasidagi mantiqiy bog‘liqlikni asoslashlarini talab etish 
lozim). 
Mavzu mohiyatini yorituvchi tushunchalar o‘rtasidagi mantiqiy bog‘-liqlikni ko‘rsata va asoslay 
olish o‘quvchi-talabalarda mustaqil fikrlash, shaxsiy yondashuvlarni asoslay olish, shuningdek
tengdoshlarining fikrlari bilan shaxsiy mulohazalarini o‘zaro taqqoslash ko‘nikmalarini ham shakl-
lantiradi. 
“3/3” (“4/4”, “5/5”, ....) METODI 
 
Mazkur metod ham yuqorida qayd etilgan metodlarning muqobili hisoblanib, o‘quvchi-
talabalardan o‘rganilayotgan mavzu (yoki bo‘lim, bob) yuzasidan tahliliy mulohaza yuritish, 
shuningdek, eng muhim ta-yanch tushunchalarni ifodalay olishni talab etadi. Unga ko‘ra, 
o‘qituvchi mavzu (bo‘lim, bob) yuzasidan uchta (to‘rtta, beshta va hokazo) to‘g‘ri va unga teng 
nisbatda (uchta, to‘rtta, beshta) bo‘lgan va noo‘rin qo‘lla-nilgan tushunchalar (so‘zlar, belgilar, 
tasvirlar va boshqalar) dan iborat tizimni shakllantiradi. O‘quvchi-talaba ushbu tizimdan mavzu 
(bo‘lim, bob)ga taalluqli bo‘lmagan tushunchalarni ajratadi va harakatlarining mohiyatini 
izohlaydi. 
Metodni qo‘llashda quyidagi harakatlar tashkil etiladi: 
– o‘qituvchi o‘zaro teng nisbatda mavzu (bo‘lim, bob)ga oid va oid bo‘l-magan asosiy 
tushunchalar tizimini yaratadi; 
– o‘quvchi-talabalar mavzu (bo‘lim, bob)ga oid va oid bo‘lmagan aso-siy tushunchalarni 
aniqlaydilar va daxldor bo‘lmagan asosiy tushunchalar-ni tizimdan chiqaradilar; 
– o‘quvchi-talabalar o‘z harakatlarining mohiyatini izohlaydilar. 
Metoddan individual, guruhli va ommaviy shaklda o‘quvchi-talaba-lar tomonidan 
mavzuning puxta o‘zlashtirilishini ta’minlash hamda ular-ning bilimlarini aniqlash maqsadida 
foydalanish mumkin. 

Download 254.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling