5-Mavzu: interfaol metodlar va ularni ta’lim-tarbiya jarayonida qo’llash (4 soat) reja
“Rasmlarni to‘g‘ri joylashtiring” metodi
Download 254.38 Kb. Pdf ko'rish
|
“Rasmlarni to‘g‘ri joylashtiring” metodi Kichik guruhlarda ishlashda ushbu metoddan foydalanish ham ijo-biy natijalarni kafolatlaydi. Metodni qo‘llashda quyidagi harakatlar amal-ga oshiriladi: – o‘qituvchi tomonidan o‘rganilayotgan mavzuning mohiyatini manti-qiy ketma-ketlikda yoritishga xizmat qiluvchi tushunchalarni ifoda etgan maxsus kartochkalar majmuyi tayyorlanadi (har bir kartochkaning orqa to-moniga mavzu mohiyatini yorituvchi “yadro” tushunchaning bittadan harfi joylashtiriladi va maxsus qoplama bilan berkitiladi); – har bir guruhga maxsus kartochkalarning alohida majmuasi topshiri-ladi va kartochkalarni ulardagi tushunchalarga asosan, mantiqiy ketma-ket-likda joylashtirish vazifasi yuklanadi; – guruhlar tomonidan topshiriq bajarilib bo‘lingach, kartochkalarning orqa tomoni o‘giriladi va maxsus qoplama ochilib, topshiriqning qay dara-jada to‘g‘ri bajarilganligi aniqlanadi. Agar topshiriq guruhlar tomonidan to‘g‘ri bajarilgan bo‘lsa, yaku-niy jarayonda kartochkalar orqa tomonga o‘girilganda mavzuning mohi-yatini yorituvchi "yadro" tushuncha hosil bo‘ladi. Metoddan foydalanishning afzalligi shundaki, bu jarayonda o‘quv-chi-talabalarda mavzuni muayyan qismlarga bo‘lib o‘rganish va qismlar o‘rtasidagi mantiqiy bog‘liqlik hamda aloqadorlikni analiz va sintez aso-sida aniqlash ko‘nikmalari hosil qilinadi. "Qizil va yashil rangli kartochkalar bilan ishlash" metodi O‘quvchi-talabalar bilan ommaviy va guruh shaklida ishlashda ush-bu metodni qo‘llash nihoyatda qulay. Metoddan mashg‘ulotlar so‘nggida mavzuni mustahkamlashga oid tezkor savol-javobni tashkil etishda foy-dalanish mumkin. Metod quyidagi harakatlarni tashkil etish asosida qo‘llaniladi: – o‘qituvchi tomonidan o‘rganilayotgan mavzuning mohiyatini manti-qiy ketma-ketlikda yoritishga xizmat qiluvchi tushunchalarni ifoda etgan maxsus kartochkalar majmuyi tayyorlanadi (har bir kartochkaning orqa to-moniga mavzu mohiyatini yorituvchi «yadro» tushunchaning bittadan harfi joylashtiriladi va maxsus qoplama bilan berkitiladi); – har bir guruhga maxsus kartochkalarning alohida majmuasi topshi-riladi va kartochkalarni ulardagi tushunchalarga asosan, mantiqiy ketma-ketlikda joylashtirish vazifasi yuklanadi; – guruhlar tomonidan topshiriq bajarilib bo‘lingach, kartochkalarning orqa tomoni o‘giriladi va maxsus qoplama ochilib, topshiriqning qay da-rajada to‘g‘ri bajarilganligi aniqlanadi. Maktab, akademik litsey, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida “Iq-tisodiy nazariya” va “Iqtisodiy bilim asoslari” fanlari bo‘yicha tashkil etilgan mashg‘ulot jarayonida “Qizil va yashil rangli kartochkalar bilan ishlash” metodini qo‘llashda o‘quvchi-talabalarga quyidagi savollarni berish mumkin. 1. Inson ehtiyojlarini qondirish uchun unga turli xil ne’matlar (re-surslar) zarur bo‘ladimi? 2. Havo, suv, quyosh nuri va issiqligi, shuningdek, foydali qazilmalarni inson kuchi bilan hosil qilish mumkinmi? 3. Inson mehnati, u tomonidan tashkil etilayotgan iqtisodiy faoliyatning mahsuli mahsulot deb ataladimi? 4. Mahsulotlar faqat moddiy ne’matlardangina iboratmi? 5. Xizmat ko‘rsatishning muayyan ko‘rinishi mahsulot bo‘la oladimi? 6. Moddiy ne’mat yaratmaydigan, biroq natijasi insonlar ehtiyojini qondirishga qaratilgan iqtisodiy faoliyat xizmatlar deb ataladimi? 7. Mahsulot ishlab chiqarish uchun iqtisodiy resurslar (xomashyo, in-sonning jismoniy va aqliy kuchi, turli mexanizm, mashina va asbob-usku-nalar, ishlab chiqarish korxonalari)ning bo‘lishi shartmi? 8. Iqtisodiy resurslar miqdorining "cheklangan deb hisoblanishi" to‘g‘-rimi? 9. Jamiyatda iqtisodiy cheklanganlik muammosi mavjudmi? 10. Iqtisodiy cheklanganlik muammosining iqtisodiyotning asosiy (bosh, yetakchi) muammosi deb hisoblanishi to‘g‘rimi? Download 254.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling