5-Mavzu: interfaol metodlar va ularni ta’lim-tarbiya jarayonida qo’llash (4 soat) reja


Download 254.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/25
Sana10.11.2023
Hajmi254.38 Kb.
#1764383
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25
"Videotopishmoq" metodi 
 
So‘nggi yillarda pedagogik faoliyatda turli axborot vositalari (kompyu-ter, televideniye, radio, 
nusxa ko‘chiruvchi qurilma, slayd, video va au-diomagnitofonlar) yordamida ta’lim jarayoni 
tashkil etilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘qituvchilar oldida ta’lim jarayonida turli axborot 


vositalaridan o‘rinli va maqsadga muvofiq foydalanish vazifasi turibdi. Video-topishmoq 
metodidan foydalanishda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi: 
– o‘quvchi-talabalar o‘rganilayotgan mavzu mohiyatini tasviriy yori-tishga yordam beruvchi 
izohlarsiz bir nechta video lavha namoyish etiladi; 
– o‘quvchi-talabalar har bir lavhada qanday jarayon aks ettirilgan-ligini izohlaydilar; 
– jarayonlarning mohiyatini daftarlariga qayd etadilar; 
– o‘qituvchi tomonidan berilgan savollarga javob qaytaradilar. 
"Yumaloqlangan qor o‘yini" metodi 
Ushbu metod ham mavzuni muayyan qismlarga bo‘lgan holda o‘z-lashtirish imkonini 
beradi hamda o‘quvchi-talabalarda guruh va juftlikda ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga 
xizmat qiladi. Metodni qo‘llash jarayonida quyidagi harakatlar amalga oshiriladi: 
– tasvirli kartochkalar tayyorlanadi: 
– ularning orqa tomoniga mavzuni o‘zlashtirishga oid o‘nbesh va-riantdan iborat topshiriqlar 
yoziladi; 
– o‘quvchi-talabalar ikki yoki uch guruhga bo‘linadilar (guruhlarni hosil qilishda tasvirli 
kartochkalardan foydalaniladi); 
– har bir guruh a’zolari bir nechta juftliklarga biriktiriladi; 
– har bir juftlik bir variantdagi topshiriqni bajaradi; 
– jarayon yakunida umumiy xulosalar chiqariladi. 
“Yumaloqlangan qor o‘yini” metodidan muayyan bo‘lim yoki bob-lar bo‘yicha 
o‘zlashtirilgan nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash maqsadida foydalanish nihoyatda 
qulay. 

Download 254.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling