"Zig-zag” metodi
Metod talaba-o‘quvchilar bilan guruh asosida ishlash, mavzuni tez-kor va puxta
o‘zlashtirishga xizmat qiladi. Metodning afzalligi quyidagi jihatlar bilan belgilanadi:
1. O‘quvchi-talabalarda jamoa bo‘lib ishlash ko‘nikmasi shakllanadi;
2. Mavzuni o‘zlashtirishga sarflanadigan vaqt tejaladi
“Zig-zag” yoki “Boshqalarni o‘qitish” metodi
“Zig-zag” metodining qo‘llanish qoidasi quyidagicha:
1-bosqich. Kichik guruhlar tashkil etiladi.
2-bosqich. Har bir guruh ishtirokchilariga 1, 2, 3 raqamlari yozil-gan qog‘ozlar
(topshiriqlar soniga qarab) tarqatiladi.
3-bosqich. Har bir guruhdagi ishtirokchilar alohida stol atrofida birlashadi (1,1,1,1),
(2,2,2,2), (3,3,3,3) va ushbu guruhlarning har biri-ga alohida topshiriqlar beriladi (misol uchun
1-guruhga metodik, 2-gu-ruhga ilmiy, 3-guruhga didaktik tahlil).
4-bosqich. Guruh ishtirokchilari belgilangan vaqt oralig‘ida beril-gan tahlil turlarini
puxta o‘rganadilar va har bir ishtirokchi “o‘qituv-chi” darajasiga ko‘tariladi.
5-bosqich. Har bir ishtirokchi avvalgi o‘rniga qaytadi va o‘zining puxta o‘rganib kelgan
materialini (dars tahlili turini) sheriklariga gal-ma-galdan tushuntirishi kerak. Mana shu
tartibda dars tahlili turlari ta-labalar tomonidan mustaqil o‘rganiladi. Va bu ishlarning
taqdimoti o‘t-kaziladi.
Dars tahlilining qaysi turi bo‘yicha taqdimot qilish o‘qituvchi to-monidan belgilanadi,
ya’ni guruhlar taqdimot qilib beradilar. Har bir guruhlar taqdimotini qolgan guruhlar
baholaydi.
Baholash mezoni maksimal – 10 ball. Mazmun – 6 ball, taqdimot – 2 ball. G‘olib guruh
o‘qituvchi tomonidan rag‘batlantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |