5-Mavzu: interfaol metodlar va ularni ta’lim-tarbiya jarayonida qo’llash (4 soat) reja


Download 254.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/25
Sana10.11.2023
Hajmi254.38 Kb.
#1764383
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25
 
“Klaster” metodi 
 
“Klaster” (g‘uncha, bog‘lam) metodi pedagogik, didaktik strategiya-ning muayyan shakli 
bo‘lib, u o‘quvchi-talabalarga ixtiyoriy muammo (mavzu)lar xususida erkin, ochiq o‘ylash va 
shaxsiy fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. Mazkur metod 
turli xil g‘oyalar o‘rtasidagi aloqalar to‘g‘risida fikrlash imkoniyatini beruv-chi tuzilma 
aniqlanishini talab etadi. “Klasster” metodi aniq obyektga yo‘naltirilmagan fikrlash shakli 
sanaladi. Undan foydalanish inson miya faoliyatining ishlash tamoyili bilan bog‘liq ravishda 
amalga oshadi. Ush-bu metod muayyan mavzuning o‘quvchi-talabalar tomonidan chuqur hamda 


puxta o‘zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda bo‘lishini ta’minlashga xizmat 
qiladi. 
Stil g‘oyasiga muvofiq ishlab chiqilgan “Klaster” metodi puxta o‘y-langan strategiya 
bo‘lib, undan o‘quvchi-talabalar bilan yakka tartibda yoki guruh asosida tashkil etiladigan 
mashg‘ulotlar jarayonida foydala-nish mumkin. Metod guruh asosida tashkil etilayotgan 
mashg‘ulotlarda o‘quvchi-talabalar tomonidan bildirilayotgan g‘oyalarning majmuyi tar-zida 
namoyon bo‘ladi. Bu esa ilgari surilgan g‘oyalarni umumlashtirish va ular o‘rtasidagi aloqalarni 
topish imkoniyatini yaratadi. 
“Klaster” metodidan foydalanishda quyidagi shartlarga rioya qilish talab etiladi (13-shakl). 
13-shakl. “Klaster” metodining qoidalari. 
 
“Qarorlar shajarasi” (qarorlar qabul qilish
texnologiyasi) metodi 
“Qarorlar shajarasi” metodi muayyan fan asoslari borasidagi bir qa-dar murakkab 
mavzularni o‘zlashtirish, ma’lum masalalarda har tomon-lama, puxta tahlil etish asosida ular 
yuzasidan muayyan xulosalarga ke-lish, bir muammo xususida bildirilayotgan bir necha 
xulosalar orasidan eng maqbul hamda to‘g‘risini topishga yo‘naltirilgan texnik yondashuv-lar. 
Ushbu metod, shuningdek, avvalgi vaziyatlarda qabul qilingan qaror (xulosa)lar mohiyatini yana bir 
bora tahlil etish va uni mukammal tushu-nishga xizmat qiladi.
Guruh o‘quvchi-talabalari ishtirokida qo‘llaniladigan "Qarorlar sha-jarasi" bir necha o‘n 
nafar o‘quvchi-talabalarning bilimlari darajasini aniqlash, ularning fikrlarini jamlash va baholash 
imkonini beradi. Ta’lim jarayonida mazkur metodning qo‘llanilishi muayyan muammo yuzasi-
dan oqilona qaror qabul qilish (xulosaga kelish)da o‘quvchi-talabalar to-monidan bildirilayotgan 
har bir variant, ularning maqbul hamda nomaq-bul jihatlarini mufassal tahlil etish imkoniyatini 
yaratadi. Mashg‘ulot jarayonida o‘quvchi-talabalar quyidagi chizma asosida tuzilgan jadvalni 
to‘ldiradilar (yoki ushbu tartibdagi faoliyatni olib borishda yozuv taxta-sidan foydalanadilar): 

Download 254.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling